Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

 


14
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu: 8. Ta’lim geografiyasi 
R e j a:
1.Ta’lim geografiyasi ob’yekti va predmeti
2. Ta’lim tizimining turlari
3. Ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islahotlar 
Ta’lim geografiyasi aholining ma’rifiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirib, u 
insonning yuksalishi va jamiyatning taraqqiyoti uchun tabiiy zaruriyat bo’lgan ma’rifiy 
salohiyatning turlari, tarkibi, tuzilishi va ularning hududiy tashkil etilishi hamda 
rivojlanishini o’rganadi.
Ta’lim geografiyasining o’rganish ob’yekti muayyan bir hududdagi ta’lim tizimi 
bo’lsa, uning predmeti ta’lim tizimidagi maktabgacha, maktab, akademik litsey, o’rta-
maxsus va kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim muassisalarining 
faoliyati, hududiy o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
Ta’limni geografik jihatdan ikkita tarmoqqa ajratish mumkin, birinchisi ta’lim tizimi 
va to’ri, ikkinchisi uning hududiy joylashuvidir. Ta’lim tizimining aynan joylardagi vaziyati 
ko’p jihatdan hududlar tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi bilan chambarchas 
bog’liqligini inkor etib bo’lmaydi. Shu o’rinda avvalambor ta’lim tizimining turlari bir-
biridan farq qilishini ko’rsatish lozim.
Respublikamizning mustaqillikka erishuvi ta’lim tizimi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatdi. Milliy pedagogik tafakkur ta’sirida ta’limni sog’lomlashtirish jarayoni boshlandi. 
Uzoq vaqt mobaynida tashqi dunyodan uzib qo’yilgan, o’zga mamlakatlar tarixiy 
tajribasidan ham, milliy-ma’rifiy-pedagogik merosdan ham bahramand bo’lmagan milliy 
pedagogika jahon maydoniga chiqdi. Erishilgan natijalarni o’zgalarniki bilan qiyoslash, 
boshqalardagi ijobiy jihatlarni o’zlashtirish imkoni paydo bo’ldi. 1992 yil 8-dekabrda qabul 
qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jamiyatda hukmron mafkura 
bo’lishi mumkin emasligi belgilandi va xalq ta’limi oldiga barkamol hamda e’tiqodi, milliy 
ongi shakllangan, millati, o’z tarixini biladigan va undan faxrlanadigan shaxsni 
shakllantirish vazifasi qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to’g’risida”gi qonuni (1992 yil 2 iyul
ь
) xalq 
ta’limi tizimi faoliyati yo’nalishini belgilab beruvchi hujjat bo’ldi. Mazkur qonun to’plangan 
ijobiy jihatlarni saqlab qoldi, illatlarni anglab olishga xizmat qildi, eski tizimdan yangisiga 
o’tishda ko’prik vazifasini o’tadi. 1992 yildagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun o’z vaqtida 
muhim bo’lgan bo’lsa-da, ammo ta’lim tizimini isloh qilishning amaliy chora-tadbirlari, 
ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, 
ya’ni uzluksizlikni ta’minlash muammolarini yecha olmadi. Jumladan, ilmiy asoslanmagan
11-yillik umumiy o’rta ta’limga o’tilganligi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Eng asosiy 
kamchilik bu-o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlashga o’rgatmaslik, mehnat faoliyatiga 
tayyorlamaslik muammosining paydo bo’lganligi edi. 
Yuqorida ta’kidlangan qator kamchilik va muammolarni tugatish istagi 1997 yil 29 
avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi yangi qonuni 
va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga sabab bo’ldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to’g’risida”gi qonuni qoidalariga muvofiq holda, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimida 
jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo’lib, yuksak umumiy hamda kasb-hunar 


15
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda 
mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal 
etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirgandir. Milliy dastur 
muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari, milliy dasturning 
maqsadi, vazifalari va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning milliy 
modeli, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari, milliy dasturning 
ro’yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar kabi bo’limlardan iborat.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunining mohiyatini o’zida 
aks ettirgan bu dastur respublika ta’lim tizimining istiqboli va munavvar kelajagini o’zida 
aks ettirib, uni kompleks rivojlantirishga qaratilgan. O’zbekistonda ta’lim tizimini 
rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 19 fevraldagi “2004-2008 
yillarda maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 
2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy 
dasturi to’g’risida”gi farmoni, 2006 yil 31 maydagi “Umumta’lim maktablari o’quvchilarini 
darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi qarori katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi 
sog’lom milliy g’oyalarga, umuminsoniy qarashlarga asoslangan holda taraqqiy etmoqda. 
Xalq ta’limini barcha bo’g’inlari o’z faoliyatining muayyan yo’nalishiga ega va o’quv-
tarbiya ishlariga doir barcha pedagogik hujjatlar shu yo’nalishga asoslangan holda 
tayyorlanadi. Shu boisdan, ta’lim geografiyasining mohiyati va mazmuni respublikamiz 
hamda ba’zi rivojlangan mamlakatlar ta’lim jarayonidagi ahvol, davlatning bu boradagi olib 
borayotgan siyosati, asosiy yo’nalishlari hamda hududiy tafovutlari doirasida o’z aksini 
topadi.

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish