Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


18
 
 
 
 
 
 
Mavzu: 10. Jismoniy tarbiya va sport muassasalari 
Re j a:
1.Jismoniy tarbiya va sportning asosiy vazifalari 
2. Xalq o’yinlari va milliy sport turlari
3. Bolalar, o’quvchi va talaba yoshlar sporti 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatda jismoniy tarbiya va 
sportni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik vazifa etib belgilandi. 1992 yilda (2000 yil 
yangi tahrirda) “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qonunning qabul qilinishi, 1993 
yilda Sog’lom avlod davlat dasturi ishlab chiqilishi, xususan 1999 yilda “O’zbekistonda 
jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu 
borada muhim ahamiyat ega. Istiqlol davrida O’zbekiston sportchilarining xalqaro 
musobaqalarda muntazam ishtirok etishi ta’minlandi. 
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida O’zbekistonda olib borilayotgan 
ishlar Xalqaro Olimpiada qo’mitasi tomonidan yuqori baholandi. 1996 yil 6-fevralda 
sog’lom avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, olimpiya 
g’oyalarini rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimovga Lozannada (Shveytsariya) Xalqaro Olimpiada qo’mitasining oltin ordeni 
topshirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda zamonaviy sport inshootlari barpo etildi.
Respublikada 387 ta stadion, 6411 ta sport zali, 208 ta suzish havzasi, 918 ta tennis 
korti, 8157 ta futbol, 8301 ta basketbol, 13775 ta voleybol, 5996 ta gandbol maydoni va 
boshqa sport maskanlari mavjud. (2006) Respublikada nogironlar o’rtasida sportni 
ommalashtirish, turli toifadagi musobaqalar o’tkazish va ularning xalqaro turnirlardagi 
ishtirokini ta’minlash maqsadida alohida sport federatsiyalari va jamiyatlari faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi 
madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiada qo’mitasi, sport turlari federatsiyalari 
hamda shu tarmoqqa aloqador vazirlik, tashkilotlar, sport jamiyatlari tamonidan amalga 
oshiriladi. Alohida sport turlarini rivojlantirish maqsadida Respublikada 56 ta sport turi 
federatsiyasi faoliyat ko’rsatayapti.
Insonning jismoniy kamolotida bolalikdagi o’yinlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yurtimiz xilma-xil xalq o’yinlariga boy o’lka hisoblanadi. Bu o’yinlar odamlar salomatligini 
mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga sport turlari paydo bo’lishiga zamin yaratgan. 
Istiqlol yillarida xalq o’yinlariga e’tibor yanada kuchaydi. 1991-1993 yillarda Jizzax 
viloyatining Forish tumanida Xalq o’yinlari sayili o’tkazildi. 1994 va 1996 yillarda shu 
maskanda xalq o’yinlari va milliy sport turlari bo’yicha respublika musobaqasi tashkil 
qilindi. Ularda unutilayotgan ommaviy o’yinlar va milliy sport turlari namoyish etildi, 
ayrimlari bo’yicha qiziqarli musobaqalar uyushtirildi. 
Qadimiy kurashning xalqaro andozalarga moslashtirilgan qoidasi ishlab chiqildi va 
shu qoida asosida musobaqa tashkil etildi. 1998 yil Toshkentda 28 davlat vakillari Kurash 
xalqaro assotsiatsiyasiga asos solishdi. Kurash bo’yicha jahon chempionati, qit’a 
chempionatlari va turli xalqaro musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda. Milliy kurashning yana 
bir turi –belbog’li kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati tashkil etildi. “Turon”yakka 
kurashi bo’yicha ham mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar o’tkazilayapti. Milliy 
sportning boshqa turlari ham yil sayin rivojlantirilmoqda. 
Mamlakatimizda sog’lom avlodni tarbiyalash, o’quvchi va talaba yoshlar 
salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportdan foydalanish davlat dasturlarida, 


19
normativ hujjatlarda belgilangan. Bu jarayon maktabgacha tarbiya muassisalarida jismoniy 
mashqlarni bajarish va harakatli o’yinlarni tashkil qilish, umumiy o’rta ta’lim maktablaridan 
boshlab o’quv dasturidagi jismoniy tarbiya darslarida shug’ullanish va bo’sh vaqtda sport 
to’garaklarida malakani oshirish, shunindek, xilma-xil musobaqalarni o’tkazish orqali 
amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish 
jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi (2002 y) farmoni va shu farmon asosida qabul qilingan 
qarorlar bolalar o’rtasida sportni ommaviylashtirish, bolalar shug’ullanadigan sport 
inshootlari moddiy-texnik negizini mustahkamlash, yangi zamonaviy sport inshootlari 
bunyod etilishiga zamin yaratdi. 
O’zbekistonda o’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida uch bo’g’inli ommaviy sport 
o’yinlari o’tkaziladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida “Umid 
nihollari”, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “Barkamol avlod” 
hamda oliy o’quv yurti talabalari o’rtasida “Universiada” sport musobaqalarini o’tkazish 
ta’lim-tarbiya tizimiga kiritildi. Bu sport musobaqalarning saralash bosqichlarida barcha 
o’quvchi va talaba yoshlar ishtirok etadi, respublika final bosqichi uch yilda bir marta bitta 
joyda tantanali ravishda tashkil qilinadi. 
Mamlakatda sport kadrlari O’zbekiston jismoniy tarbiya instituti, universitetlar, 
pedagogika institutlardagi jismoniy tarbiya fakultetlari va pedagogika kollej bo’limlarida 
tayyorlanadi. Yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni taqdirlash uchun bir 
qancha faxriy unvonlar ta’sis etilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Ommaviy sport targ’ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi (2003 y.) 
qarori mamlakatda sportni yanada rivojlantirish, uning mohiyati va ahamiyatini, bu borada 
amalga oshirilgan katta ishlar va yuksak natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish, targ’ibot 
ishlarini takomillashtirishda muhim rol o’ynadi.

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish