Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


23
 
 
 
 
 
 
Mavzu: 13. Aloqa va axborotlashtirish 
R e j a:
1.Aloqa va axborotlashtirish tizimini shakllanishi
2.Pochta, telegraf va telefon aloqasi
3. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
Aloqa O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligi va ijtimoiy infratuzilmasining 
tarkibiy qismi bo’lib, aholi, xo’jalik sub’yektlari, davlat idoralarining pochta, telefon, 
telegraf, radio va axborotning o’zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmog’i 
orqali jo’natilayotgan ashyolarning yetkazib berilishi ta’minlaydi. O’zbekistonda aloqa 
pochta aloqasi, telefon aloqasi, telegraf aloqasi, ma’lumotlar uzatish, axborotlashtirish, 
radioeshittirish, televideniye, matbuot tarqatish kabi sohalarga bo’linadi. Aloqa majmuasi – 
matbuot tarqatish, fel
ь
degerlik aloqasi, maxsus aloqa, uyali aloqa, elektr aloqa, kosmik 
yo’ldoshlar orqali aloqa respublika hayotida katta rol
ь
o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab bozor 
iqtisodiyotiga o’tish jarayonida milliy telekommunikatsiya tarmog’ining barqaror ishlashini 
ta’minlash va uni rivojlantirish muhim vazifaga aylandi. Tarmoqni yanada rivojlantirish 
uchun qonunchilik va normativ bazani yaratish, katta hajmda investitsiyalar jalb qilgan 
holda raqamli texnologiyalar asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya 
qilishni boshlash, shunindek, pochta aloqasi sohasida islohatlar o’tkazishga doir chora-
tadbirlar amalga oshirildi. 1992 yil 13 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Aloqa 
to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi.
Keyingi yillarda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda axborotlashtirish va axborot 
hamjamiyatiga muvafaqiyatli kirib borishning muhim omillaridan biri 
telekommunikatsiyalarning rivojlanishi, axborotlashtirish va axborot texnologiyalari 
jarayonlarining o’zaro hamkorligidir. Bu jarayonlarning global xususiyati mamlakatimizni 
jahon axborot hamjamiyatiga kirishini taqozo etadi.
Aloqa tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya, 
Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan olib borilayotgan xalqaro hamkorlik 
samarali bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati bilan ajratilgan 
kreditlar hisobiga Koreyaning “DEU”, Indoneziyaning “Bank Kommunikeyshn 
Korporeyshn”, Shvetsiyaning “Erikson”, Italiyaning “Italtel”, Germaniyaning “Simens”, 
“Alkatel
ь
”, Yaponiyaning “Mitsui”, “NEK” kabi ilg’or kompaniyalari ishtirokida katta 
quvvatli, raqamli mahalliy va xalqaro kommutatsiya stansiyalari, minglab kilometr optik-
tolali aloqa liniyalari, mobil aloqa stansiyalari foydalanishga topshirildi. 
Pochta aloqasi respublika aholisiga xat, gazeta va jurnallar, jo’natma, pul 
o’tkazmalari, nafaqa to’lovlarini yetkazib beradi. Pochta aloqasida pochta xizmatlarining 
to’lov belgisi bo’lgan pochta markalarini chiqarish dunyoda davlat mustaqilligining 
atributlaridan biri sifatida tan olindi. O’zbekistonning birinchi pochta markalari 1992 yilning 
may-noyabr
ь
oylarida chiqarildi. Pochta muassisalarida internet xizmatlarini ko’rsatish, 
kitoblar, davriy va bosma nashrlarga buyurtmalar tashkil qilish; elektron pul o’tkazmalari 
uchun zamonaviy AKT joriy etildi. 
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritishiga qadar respublikaning jahon 
mamlakatlari bilan cheklangan darajadagi telefon aloqasi Moskva orqali amalga oshirilgan. 
Mustaqillikni dastlabki davridayoq xalqaro telefon aloqasini rivojlantirishga alohida e’tibor 
berildi. 1992 yil Toshkentda Yaponiyaning “NEK” firmasi yetkazib bergan asbob-
uskunalardan abonentlarning jahon telefon tarmog’iga chiqishini hamda ikki tomonlama 


24
xalqaro teleko’rsatuvlarni ta’minlaydigan 150 kanalli raqamli xalqaro kosmik (fazoviy) 
telefon stansiyasi qurildi va foydalanishga topshirildi.
O’zbekistonda uyali(mobil) aloqa 1992 yildan rivojlana boshladi. So’ngi yillar 
davomida uyali aloqa tarmoqlarining rivojlanishi jadal xususiyat kasb etdi. Uyali aloqa 
xizmatlari bozorida sakkizta operator ishlamoqda.“O’zdonrobita” (hozirda MTS) qo’shma
korxonasi 1992 yilda eng birinchilardan bo’lib, respublika hududida umumiy 
foidalanishdagi uyali ko’chma radioaloqa xizmatlarini taqdim etishni boshlagan. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va xizmatlar konvergensiyasining 
darajasi, axborotlashtirishni rivojlantirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot 
hamjamiyatiga qo’shilishning tayanch omilidir. Axborotlashtirishning mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishdagi muhim ahamiyatini 
hisobga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tamonidan AKT ni jadal 
rivojlantirish strategik ustuvor vazifa sifatida belgilangan. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Komp
ь
yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi farmoniga muvofiq, 
AKT ni rivojlantirish va joriy etishning muhim vazifalari belgilandi hamda 2002-2010 
yillarga mo’ljallangan dastur qabul qilindi. Respublikada AKT ni rivojlantirishni 
muvofiqlashtiruvchi oliy organ - komp
ь
yuterlashtirish va AKT ni rivojlantirish bo’yicha 
muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.
Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, xususan, davlat boshqaruvi
bank ishi va ayniqsa, ta’lim sohalarida komp
ь
yuterlashtirish va axborot–kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foidalanish jarayoni jadal olib borilmoqda. Oliy o’quv yurtlarning 
hammasi, akademik litseylarning 76 foizi, kasb-hunar kollejlarining 19 foizi va o’rta 
umumta’lim maktablarining 5 foizi internet tarmog’idan foydalanish imkoniyatiga ega. 
(2006 y.)
 
 
 

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish