Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

 
 
Mavzu: 6. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari 
R e j a:
1. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini vazifalari 
2. Xizmat ko’rsatish sohalarining tarkibi va tarmoqlari
3. Hozirgi zamon aholiga xizmat ko’rsatish turlari 
Aholining shaxsiy iste’molini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatning bir turi 
bo’lgan xizmatlar har bir mamlakat iqtisodiyotida tovarlar bilan bir qatorda yalpi ichki 
mahsulotning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Xizmatlar mehnatning o’ziga xos, 
maxsus mahsuloti. Jamiyat, ishlab chiqaruvchi kuchlarning hozirgi taraqqiyoti darajasida 
xizmatlar sohasi, uning miqyosi va rivojlanganlik darajasi mamlakatning iqtisodiy ahvolini 
baholashda muhim o’rin egallaydi. Rivojlangan mamlakatlarda xizmatlar sektori ayrim 
hollarda ishlab chiqarish sektoriga qaraganda aholining ish bilan bandligini ko’proq 
ta’minlaydi, yalpi ichki mahsulotning kattagina qismi shu sohada yaratiladi. Hozirgi davrda 
mamlakatlarda aholi turmush darajasi faqat moddiy ishlab chiqarish mahsulotlari bilan 
emas, balki xizmatlar iste’moli darajasi bilan ham belgilanadi. 
Aholining turmush sharoitlarini yaxshilashda xizmat ko’rsatish sohalarini ahamiyati 
katta. Xizmat ko’rsatish sohalari aholining har xil moddiy, ma’naviy va boshqa ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiluvchi sohalar va ularning muassasalarini qamrab oladi. Har bir 
xizmat ko’rsatish sohasi o’z navbatida bir qancha turli xususiyat va ko’rinishga ega bo’lgan 
xizmat turlaridan tashkil topgan. Binobarin, ularni tasniflash, hududiy tashkil etilishi, 
zamonaviy holati hamda kelajakda rivojlanish masalalarini tatqiq etish katta ilmiy va amaliy 
ahamiyatga ega. Keyingi yillarda O’zbekistonda aholining turmush darajasini yaxshilash, 
ayniqsa mamlakat aholisining asosiy qismi joylashgan, qishloq joylarning ijtimoiy va 
iqtisodiy infratuzilma sharoitlarini yuksaltirishga katta e’tibor berilmoqda. Xizmat ko’rsatish 
sohalarini geografik jihatdan o’rganishning zarurligi o’tgan asrning oltmishinchi yillarida 
rus olimlari V.V.Pokshishevskiy va S.A Kovalevlar tamonidan ta’kidlangan. Xuddi shu 
davrdan boshlab sobiq Ittifoqning bir qator universitetlarida, jumladan ToshDU (hozirgi 
O’zMU) da “Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi” kursi o’qitila boshlandi. 
Mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohalarini geografik jihatdan tatqiq etish ishlari o’tgan 
asrning to’qsoninchi yillarida boshlandi. Shunday qilib, o’tgan asrning yetmishinchi 
yillaridan boshlab iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlari tizimida aholiga xizmat ko’rsatish 
sohalari geografiyasi vujudga keldi. Uning geografiya fanlar tizimida tutgan o’rni va 
predmeti to’g’risida rus olimi A.I. Alekseyev qo’yidagi fikrni bildirgan:”Aholiga xizmat 
ko’rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning o’ziga xos tarmog’i bo’lib, 
xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlar va ularning qondirilishi darajasidagi hududiy tafovutlar 
hamda aholi joylashuvi shakllarida uning hududiy tashkil etilishi masalalarini o’rganadi”. 
Xizmat – bu aholi yoki shaxsni muayyan bir xizmat turiga bo’lgan ehtiyojini qondirishga 


12
qaratilgan mehnat natijasidir. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini ularning o’ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqib ikki turga bo’lish mumkin
- aholining moddiy talab va ehtiyojlariga xizmat qiluvchi sohalar 
Aholining moddiy talab va ehtiyojlariga xizmat qiluvchi sohalarga savdo, umumiy 
ovqatlanish, maishiy xizmat, uy-joy kommunal xo’jalik, yo’lovchi transporti, aloqa, ijtimoiy 
ta’minot, kredit, sug’urta va boshqalar kiradi.
Aholining nomoddiy talab va ehtiyojlariga xizmat qiluvchi sohalarga ta’lim, 
sog’liqni saqlash, madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sport, rekreatsiya xizmati va 
boshqalar kiradi.
Ilmiy adabiyotlarda xizmat ko’rsatish sohalarining muassasalari va korxonalarining 
yig’indisi ijtimoiy infratuzilma deb yuritiladi, bular sinonim so’zlardir. Moddiy ishlab 
chiqarishga bevosita bog’liq bo’lmagan, ammo, ishlab chiqarish jarayonining normal 
kechishini ta’minlovchi shart-sharoitlar yig’indisi ishlab chiqarish infratuzilmasi (transport, 
aloqa, energiya, suv ta’minoti va boshqalar) deyilsa,aholining kundalik turmush sharoitlarini 
ta’minlab turuvchi shart-sharoitlar yig’indisi esa ijtimoiy infratuzilma (sog’liqni saqlash, 
maorif, madaniy, maishiy xizmatlar va boshqalar) deb yuritiladi.
Xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishida aholining xizmatlarga bo’lgan 
ehtiyojlari muhim ahamiyatga ega. Ularning shakllanishiga tabiiy-geografik, demografik, 
ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sir ko’rsatadi. Aholining xizmat ko’rsatish sohalarini geografik 
o’rganishda ularning hududiy tashkil etilishi masalalariga asosiy e’tiborni qaratish lozim.
Xizmat ko’rsatish sohalarining hududiy tashkil etish, bu eng avvalo xizmat 
ko’rsatish muassisalari, markazlari va majmualarini muayyan shart-sharoitlarga bog’liq 
holda joylashuvi va hududiy pog’onalashuvidan iborat. Xizmat ko’rsatish muassisalari 
o’zining ta’sir doirasi bilan birgalikda xizmat ko’rsatishning hududiy tizimlarini tashkil 
etadi. Ular esa muayyan xizmat turini doimiy iste’mol qiluvchi barcha aholi manzilgohlari 
va shu xizmat turining uncha katta bo’lmagan muassisalarini o’z ichiga oladi. Aholiga
xizmat ko’rsatish muassisalarini joylashtirishda qo’yidagi tamoyillar muhim rol o’ynaydi; 
aholi uchun qulayligi, iste’molchi va xizmat ko’rsatuvchining mavjudligi, aholi 
manzilgohlari va ularning katta-kichikligi, xizmatlarga bo’lgan aholining ehtiyojlari, xizmat 
ko’rsatish ob’yektlarning majmualigi va ixtisoslashuvi, xizmat ko’rsatishning davriyligi, 
aholi manzilgohlarining rivojlanish istiqbollari va boshqalar. Zamonaviy xizmat ko’rsatish 
tizimining muassisalari xizmat ko’rsatishning tashkiliy shakllariga ko’ra masofa va vaqtni 
hisobga olgan holda; epizodlik (yil davomida bir necha marta), davriy (oyda bir necha 
marta), kundalik (har kuni) xizmat ko’rsatish muassisalariga ajratiladi. Xizmat 
ko’rsatishning pag’onalashuvi avvalo aholi manzilgohlarining katta-kichikligi, funksiyalari 
bilan chambarchas bog’liq. Aholi manzilgohlarinig kattalashib borishi bilan ulardagi 
xizmatlar turi va muassasalari ham ko’payib boradi va shunday qilib, ushbu aholi 
manzilgohlarining region xizmat ko’rsatish tizimida tutgan mavqei oshib boradi.

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish