Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

Mavzu: 3. Nozogeografiya 
R e j a: 
1.Nozogeografiya - tibbiyot geografiyasining tarkibiy qismi 
2. Nozogeografik vaz’iyat 
3. Aholining salomatlik holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar 
Nozogeografiya – tibbiyot geografiyasining tarkibiy qismi bo’lib, geografik muhitda 
inson kasaliklarini tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi. Tibbiyot geografiyasining vujudga 
kelgan davrdan boshlab, to hozirga qadar bajarilgan tibbiy-geografik tatqiqotlarning 
aksariyatini bevosita nozogeografiya bilan tushintirish ham yetarli bo’lmaydi. 
Rus olimi A.A.Shoshinning fikri bo’yicha:” Nozogeografiyaning asosiy vazifasi inson 
kasaliklarini geografik tarqalishinining umumiy qonuniyatlarini ochib berish, alohida 
olingan kasaliklarning nozokomplekslari va nozoareallarini, hamda ularning tadrijiy 
o’zgarishlarini aniqlash bilan belgilanadi. Demak, tatqiqot ob’yektining o’ziga xosligiga 
bog’liq holda, nozogeografiya tibbiyot geografiyasining mustaqil bo’limi hisoblanadi.” 
Nozogeografiyaning mohiyati va vazifalarini tushuntirishda kasallikning kelib chiqish 
sabablari haqida aniq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Bu borada ko’pgina tatqiqotlarni 
amalga oshirgan olimlarning (I.Sechenov, S.Botkin, I.Pavlov va boshqalar) fikricha
insonning kasallanishi, avvalo o’ziga xos biologik jarayon bo’lib, insonni atrof-muhit bilan 
o’zaro ta’sirida uning hayot fa’oliyatini buzilishi yoki butunlay to’xtashi bilan bog’liqdir.
Inson kasalliklari kabi uning keltirib chiqaruvchi sabablari ham turlichadir. Shu 
sababdan ularni o’rganish, tatqiq etish kasalliklarning tarqalishini oldini olishda katta 
yordam beradi. Kasalliklarni kelib chiqish sabablari uning hududiy tarqalishi hamda 
kelajakda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan kasalliklarni areallarini aniqlash dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. Inson kasalliklarining kelib chiqishi ob’yektiv omillar bilan 
chambarchas bog’liq, avvalo insonni o’rab turgan atrof-muhitni rolini alohida ta’kidlash 
lozim.
Rus olimi Ye.N. Pavlovskiyning yuqumli kasalliklarning tabiiy o’choqlari haqidagi 
xulosasi, bir qator inson va hayvon kasalliklarining geografik tarqalishi va evolyutsiyasini 
aniqlashda asos bo’lib xizmat qilgan. Nozogeografik tatqiqotlarda nafaqat kasalliklarni kelib 
chiqishi yoki ularning tarqalishi qonuniyatlari, balki nozokomplekslar va nozoareallarini 
aniqlash va tatqiq etish ham muhim masalalardan biridir. Amalda nozoareallar va ayniqsa 
nozokomplekslarni aniqlash tatqiqotchidan chuqur bilim va ko’nikmalarni talab qiladi. 
Nozokompleks bu bir qator bo’g’inlarni (komponentlarni) o’z ichiga olgan bir butun 
tizim bo’lib, ular bevosita bir-biri bilan aloqador. Ularning birini o’zgarishi darhol 
boshqasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Inson kasaliklaridan birortasiga mansub bo’lgan 


7
nozokompleks bir tomondan, kasallikni vujudga keltiruvchi (chaqiruvchi) shart-sharoitlarni 
va ikkinchi tomondan, aynan shu kasallikni qabul qilishga moyil organizmni o’z ichiga 
qamrab oladi. Masalan, endemik buqoqqa xos bo’lgan nozokompleks, eng avvalo ushbu 
kasallikka moyil bo’lgan inson organizmi hamda suv va oziq-ovqat mahsulotlarida yod 
moddasini yetishmasligini o’z ichiga oladi.
Nozokomplekslarning komponentlari va ular orasidagi o’zaro aloqadorlik sodda(inson-
suv yoki oziq-ovqatda yodning yetishmasligi) yoki murakkab (atrof-muhitning ikki, uch va 
undan ortiq komponentlari va inson organizmi) ko’rinishga ega. Murakkab 
nozokomplekslarga ko’pincha inson yuqumli kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan (bezgak, 
leyshmanioz, kana ensifaliti va boshqalar) holatlarni kiritish mumkin. Muayyan hudud 
doirasida turli nozokomplekslar nozogeografik vaziyatni belgilaydi.
Nozogeografik vaziyatning asosiy mezon va ko’rsatkichlariga aholining o’rtacha umr 
ko’rishi, umumiy va bolalar o’limi darajasi, aholining kasallanishi, turli rayonlardagi 
ekologik, sanitariya-gigiyena va epidemiologik holatlar kiradi. Nozoareallar (tarqalish 
hududlari) – bu aholi orasida muayyan bir kasallik turi hisobga olinayotgan yoki paydo 
bo’lishi mumkin bo’lgan hududni o’z ichiga oladi. Ularning vujudga kelishi, maydoni, 
chegaralari tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida turlicha shakllanadi. 
Nozogeografik tatqiqotlar jumlasiga O’zbekistonda ilk bor N.Komilova tamonidan amalga 
oshirilgan nomzodlik dissertatsiya ishini ko’rsatish mumkin. 
Inson kasalliklarini kelib chiqishi va tarqalishida yoki nozokompleks va nozoareallarni 
vujudga kelishida kasaliklarning rivojlanishi bilan atrof-muhit omillari orasida uzviy 
aloqadorlik mavjud. Bunda atrof-muhitning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarini yetakchi 
rolini alohida ta’kidlash lozim. Inson kasalliklari va uning turlicha nozokomplekslari va 
nozoareallarini vujudga kelishi va tadrijiy o’zgarishlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga 
qo’yidagilar kiradi: 
1. Tabiiy-geografik omillar (iqlim, rel
ь
yef, suv, tuproq, flora va fauna, regionning 
ekologik ahvoli). Tabiiy - geografik omillar kasalliklarni paydo bo’lishida ta’sir ko’rsatadi 
va kasalliklarni hududiy tarqalishini belgilab, nozoareallarni vujudga kelishida katta rol 
o’ynaydi. 
2. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar (sog’liqni saqlash tizimini ahvoli, aholining joylashuvi, 
zichligi, jins-yosh va ijtimoiy tarkibi, ma’lumoti,migratsiya, yashash va mehnat sharoitlari, 
shahar va qishloqlar to’ri va tizimi, transportning rivojlanganlik darajasi, urbanizatsiya 
jarayonlari, hududning xo’jalik ixtisoslashuvi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma 
holati va boshqalar). Oxirgi yillarda kasalliklarni kelib chiqishi va nozoareallarni vujudga 
kelishida ijtimoiy-iqtisodiy omillarni ta’siri kuchayib bormoqda.


8

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish