Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi


Mavzu: 4. Rekreatsiya geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

Mavzu: 4. Rekreatsiya geografiyasi 
R e j a: 
1. Rekreatsiya geografiyasining tatqiqot ob’yekti va vazifalari 
2. Hududiy rekreatsiya tizimlarining tiplari 
3. Hududiy rekreatsiya tizimlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Rekreatsiya geografiyasi – ijtimoiy–iqtisodiy geografiyaning muhim tarmoqlaridan 
biridir. U inson sog’lig’ini mustahkamlash, garmonik jihatdan rivojlanish va kamol 
topishiga xizmat qiladi. Aslida rekreatsion faoliyat inson organizimini tabiiy-psixologik 
funksiyalarini qayta tiklashga yo’naltirilgan. Bu maqsadda insonlarning turli xil 
kasalliklarini davolash va dam olishini to’g’ri tashkil etish uchun kerakli o’ziga xos turli 
tabiiy, kimyoviy xususiyatlarga ega bo’lgan tabiat omillaridan foydalaniladi.
Rekreatsiya geografiyasining oldida hududiy rekratsion tizimlardan samarali 
foidalangan holda odamlarni dam olishi, sog’lig’ini tiklashi va davolanishini to’g’ri tashkil 
etishdek mas’uliyatli vazifa turibdi. Dam olish muassisalarida kasallik turlariga qarab iqlim, 
havo, rel
ь
yef, suv va boshqa tabiiy omillardan foidalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rekreatsiya geografiyasining ob’yekti aynan hududiy rekreatsion tizimlarning 
shakllanishi va rivojlanishini tatqiq etishdan iborat. (V.S. Preobrajenskiy, 1975) Olimlar 
tamonidan hududiy rekreatsion tizimlar to’rtta asosiy tipga ajratilgan: 
davolash 
sog’lomlashtirish 
sport 
ma’rifiy (poznovatel
ь
niy) 
Mazkur tiplarning har biriga muayyan vazifalar yuklatilib, ular yordamida aholi 
salomatligiga oid, tibbiy-biologik va ijtimoiy masalalar hal etiladi. Hududiy rekreatsion 
tizimlarning davolash tipida davolanish asosan tabiiy omillarga tayanadi, mineral suvlar, 
davolovchi balchiq, toza havo, qulay iqlim sharoiti shular jumlasidandir. Hududiy 
rekreatsion tizimining bu tipi tabiiy-bal
ь
neologik resurslarga tayangan holda hududning 
obodligi, xizmat ko’rsatish darajasining yuqoriligiga ham katta e’tibor qaratadi. Bu tipga 
respublikamiz va viloyatimiz hududidagi ko’pgina davolash maskanlarini (Marjonsuv, 
Birlashgan, Gagarin va boshqalar) kiritish mumkin.
Hududiy rekreatsion tizimlarning sog’lomlashtirish tipi insonni ruhiy, ma’naviy va 
jismoniy quvvatini qayta tiklash va barqarorlashtirishga qaratilgan. Jismoniy, ruhiy va 
ma’naviy sog’lomlashtirish funksiyasi ikkinchi darajali tarzda saqlanib kelinayotgan 
bo’lsada, biroq hozirda sezilarli ahamiyat kasb etmoqda. Tartib bilan jismoniy mashg’ulotlar 
olib borish bu tip uchun alohida ahamiyatga ega. 
Hududiy rekreatsion tizimlarning aynan shu tipi hududning obodligi, tabiiy, madaniy, 
tarixiy majmualarning darajasiga, dam oluvchilarga ko’rsatilayotgan xizmat holatiga juda 
katta zarurat sezadi. Turli xil ekskursiyalar, sport o’yinlarni tashkil etish, cho’milish 
mashg’ulotlari va boshqalar hududiy rekreatsion tizimlarning sog’lomlashtirish tipiga misol 
bo’ladi.
Hududiy rekreatsion tizimlarning sport tipi jismoniy mashqlar yordamida insonda 
mehnat qobiliyatini qayta tiklashdan iborat. Jismoniy mashqlar, tabiiy to’siqlar, al
ь
pinizm 
mashg’ulotlari inson organizmini qayta tiklanishiga ko’mak beradi.


9
Hududiy rekreatsion tizimlarning sport tipini rivojlantirish uchun sport maydonchalari, 
turli xil sport anjomlari va malakali mutaxassislar bilan ta’minganlik muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Hududiy rekreatsion tizimlarning anglash (poznovatel
ь
niy) tipining asosiy maqsadi 
mavjud tabiiy, tarixiy, madaniy boyliklardan foidalanib inson organizmini 
sog’lomlashtirishdan iborat. Arxitektura va tarixiy yodgorliklar, muzey, qo’riqxona va 
boshqa tabiiy yodgorliklarni tamosha qilish, ularni anglab olish asosiy vazifadir.
Bu tip tarixiy-madaniy yodgorliklari mavjud bo’lgan, hamda san’at festivallari, sport 
musobaqalari o’tkaziladigan joylar bilan bog’liq. Respublikamizning Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Qo’qon, Shahrisabz va boshqa bir qator qadimiy shaharlarimizda hududiy rekreatsion 
tizimlarning bu tipini rivojlantirishga qulay imkoniyatlar mavjud. 
Tabiatni anglash uchun tatiat hodisalari bilan tanishish va qiziqarli manzaralarni 
tamosha qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan shu tip uchun tabiiy komplekslarni 
o’zgartirmaslik, ularni asl holatida saqlash va ekoturizmni rivojlantirish dolzarb masaladir.
Ma’lumki, dam oluvchi hududiy rekreatsion tizimlarning har biriga alohida talab 
qo’yishi mumkin. Ba’zan tabiat komplekslari bilan bevosita aloqador bo’lmagan holda 
xizmat ko’rsatilsa, ayrim insonlar tabiat yoki qiziqarli tarixiy yodgorlik bilan tanishishni 
afzal ko’radi. Hududiy rekreatsiya tizimlari o’z tarkibi bo’yicha o’zaro bog’liq 
tizimchalardan, ya’ni dam oluvchilar, tabiiy va madaniy majmualar, injenerlik 
kommunikatsiyalar, xizmat ko’rsatuvchilar, boshqaruv organi va boshqalardan tashkil 
topgan.
Rekreatsiya geografiyasining muhim vazifalaridan biri hududiy rekratsion 
tizimlarning shakllanish va rivojlanish qonuuiyatlarini tatqiq qilishdan iborat. Rekreatsiya 
geografiyasi o’zining ob’yektini o’rganishda nafaqat geografiya fanlari bilan, balki 
psixologiya, iqtisod, sotsiologiya va boshqa bir qator fanlar bilan ham hamkorlik qiladi.
Hududiy rekreatsion tizimlarni shakllanishida aholining rekreatsiyaga ehtiyoji, 
davlatning kuchli ijtimoiy siyosati, iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi, aholi 
daromadlari va bo’sh vaqtining o’sishi, mamlakatning tabiiy sharoiti, madaniy hamda tarixiy 
–arxeologik boyliklarini joylashishi va boshqa bir qator omillar inobatga olinadi.
Hududiy rekreatsion tizimlarni shakllantiruvchi omillar xilma-xil, ularning har biri 
o’ziga xos ahamiyatga ega, shu sababdan ularning har biri alohida e’tiborga molikdir. 
Hududiy rekreatsion tizimlarni shakllanishi va rivojlanishida iqtisodiy-geografik omillar 
ham muhim rol o’ynaydi. 
Rus olimi N.S.Mironenko fikricha hududiy rekreatsion tizimlarni shakllanishi va 
ixtisoslashuvida boshqa rayonlar bilan o’zaro bog’liqligi aniqlash ham muhimdir. Iqtisodiy-
geografik o’rin dam oluvchining rekreatsion rayonnini tanlashida alohida ahamiyat kasb 
etadi. Aholining joylashish tizimi, rekreatsiya infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi, 
rekreatsiya xizmatinig boshqa xo’jalik tarmoqlari bilan aloqadorligi ham iqtisodiy-geografik 
omillar qatoriga kiradi.
Olimlar (A.P.Dubnov,1970)barcha turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ikkita 
asosiy guruhga ajratishni taklif qilganlar. Birinchi guruh: jalb etuvchi omillar, bularga tabiiy 
sharoit, madaniy hayot, hudud tarixi va boshqalar. 
Ikkinchi guruh: xizmat qiluvchi omillar, bularga turizm resurslari, xizmat ko’rsatishni 
hajmi va darajasi, transport xizmati, reklama va boshqalar kiradi.
Boshqa olim M.Nazarov hududiy rekreatsion tizimlarni shakllanishiga ta’sir etuvchi 
omillarni ikki qismga, ya’ni hududiy rekreatsion tizimlarni yaratish talabini vujudga 
keltiruvchi va bu ehtiyojni amalga oshiruvchiga bo’lishni maqsadga muvofiq deb 
hisoblaydi.

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish