• Finlandiya tizimi standart sinovlarni rag'batlantirmaydi



Download 19,15 Kb.
Sana16.04.2022
Hajmi19,15 Kb.
#557122
Bog'liq
Finlyandiyaning intellektual va ta


Finlyandiyaning intellektual va ta`lim sohasidagi islohotlari fin ta`lim tizimini o'zgartirib yuborib, uni dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biriga aylantira oldi. Fin ta`lim tizimi bugun dunyoning ko'plab rivojlangan mamlakatlaridagi tizimlardan farq qiladi. Jumladan,
• Finlandiya tizimi standart sinovlarni rag'batlantirmaydi;
• Finlyandiyada odatiy fikrlash amaliyoti va o'qitishning yaxlit muhitiga e`tibor qaratiladi.
Solishtirish uchun, dunyoning eng rivojlangan mamlakati hisoblanmish Amerika talabalarining matematika va fan sohasidagi yutuqlari haqida gap ketganda, ular doimo rivojlangan davlatlar orasida juda past ko'rsatgichlarni qayd etganlari aytiladi. Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OESD) bilan muntazam ravishda amerikaliklarning ta`lim samaradorligini baholashda jiddiy ravishda ortda qolayotganligini ko'rsatuvchi ma`lumotlarni muntazam ravishda e`lon qilib boradi.
Amerikada ta`lim tizimini isloh qilishga bo'lgan zaruratga qaramay, bu borada deyarli hech narsa qilinmayapti. Amerikada ko'pgina xususiy va davlat maktablari bir vaqtlar agrar jamiyat uchun qulay bo'lgan qadimgi tizim va jadvallar asosida ishlaydi. Shu nuqtai nazardan, Amerika ta`limi tizimini birinchi darajadan boshlab falsafa faniga qadar butunlay qayta ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ko'pchilik Sharqiy Osiyo tadqiqotlari va ish etikasining mehnatsevarlik va sermahsullik stereotipi bilan tanish. Ushbu mamlakatlarning aksariyati, masalan, Xitoy, Singapur va Yaponiya kabilar matematikada ham, fanda ham muntazam ravishda birinchi o'rinni band etib kelmoqdalar.
Albatta, bunday natijalar ta`lim tizimining muvofaqqiyatli tashkil etilganligi bilan izohlandi. Bugun dunyoning ko'plab mamlakatlaridagi o'qish tizimi murakkab imtihonlarga to'la ekanligi va talabalarning ham xuddi shu imtihonda yuqoriroq natijalar qayd etishga bo'lgan intilishlari bilan xarakterlanadi. Bunday vaziyatda talabalar ko'pincha shunchaki imtihon topshirishni o'rganadilar va o'qituvchilar faqat o'quvchilarni imtihon topshirish uchun o'qitadilar. O'z kelajagi uchun yangi narsalarni o'rgnish esa tabiiy ravishda mazkur tenglamadan chiqarib tashlanadi.
Finlyandiyada bo'lsa standart sinovlar yo'q. Ularning yagona istisnosi bu Milliy Matritulyasiya Imtihoni deb nomlanadigan narsa, bu o'rta maktabni tugatgan talabalar uchun ixtiyoriy imtihondir. Finlyandiya bo'ylab barcha bolalar o'qituvchi tomonidan individual baholovchi tizim asosida baholanadi.
Finlandiyada o'qituvchilik kasbi juda talabgir kasb hisoblanib, ularning ijtimoiy mavqesi juda baland hisoblanadi. Bunga sabab ishga kirishdagi shaffof va murakkab tizimning mavjudligi, muallimning malakasi hamda bilim darajasi chuqur sinovdan o'tkazilishidadir.
Jumladan, ishga kirishdan oldin barcha o'qituvchilar magistr darajasiga ega bo'lishlari shart. Agar darslar davomida o'qituvchi yaxshi natijalar qayd qilolmasa, bu masala bilan maktab direktorining o'zi shug'ullanadi.
Shuningdek, bir vaqtlar shogirdlar tayyorlashda ustuvor bo'lgan o'quvchi-o'qituvchi dinamikasi konsepsiyasini bir nechta byurokratik tekshiruvlar va standartlashtirilgan test choralari bilangina muvofiqlashtirib bo'lmaydi. Buni individual ravishda hal qilish kerak.
Aksariyat amerikaliklar va boshqa mamlakatlar ta`lim tizimini bitta yirik Darviniya musobaqasi sifatida ko'rishadi, Finlar esa bunga boshqacha qarashadi. Sahlberg Samuli Paronen ismli yozuvchi bu borada shunday degan edi:
«Ajablanarlisi shundaki, doimiy raqobat muhitida tashkillashtirilgan tizimlardan ko'ra, fin ta`lim tizimi ko'proq muvofaqqiyat keltirmoqda. Mazkur tizimda eng yaxshi ishlaydigan maktablar yoki o'qituvchilar ro'yxati bo'lmaydi. Bu erda raqobat muhiti mavjud emas – uning o'rniga hamkorlikka urg'u beriladi».
Ko'pgina maktab tizimlari test natijalarini oshirish va matematika va tabiiy fanlardan bilimlarni oshirishga e`tibor qaratadilar. Ular uchun talabaning yakuniy imtixonlarda qayd etadigan natijalari muhimroq. Ko'p yillar oldin fin maktablari ham shunday edi. Undn keyin jiddiy isohotlar davri boshlandi. Finlandiyada a`lo baholarga ega bo'lish katta ahamiyat kasb etmaydi. Buning o'rniga ular maktab muhitini yanada adolatli tashkil qilishga harakat qilishdi.
O'tgan asrning 80-yillaridan beri Finlyandiya o'qituvchilari ushbu asoslarni ustuvor ahamiyat qartib kelmoqdalar:
 Ta`lim ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bo'lishi kerak.
 Barcha talabalar maktabda bepul ovqatlanishadi.
 Sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish qulay bo'mog'i darkor.
 Maktabda o'ziga xos psixologik maslahatlar berib boriladi.
 Kollektiv tenglik muhitini shaxs bilan boshlash Finlyandiya ta`lim tizimi tomonidan tanlangan yo'ldir.
Finlandiyada o'quvchilar etti yoshdan maktabga bora boshlashadi. Majburiy ta`lim 9 yil davom etadi, undan keyin o'qishni davom ettirish yo ettirmaslikni bolaning o'zi tanlaydi.
Bu narsa bolalarga o'zini muayyan fikrlar qafasiga solmasdan, hayotga tayyorlashni osonlashtiradi. Finlandiyada qarorni o'quvchining o'ziga qo'yib berishadi, bu esa har tomonlama samarali usul hisoblanadi.
Amerikada ta`lim olish uchun mavjud bo'lgan tizim nihoyatda turg'un va o'zgarmasdir. O'quvchilar hayotda nimagadir erishish uchun o'qishni kollejlarda davom ettirishlari, imtixonlardan o'tishlari, murakkab bir tizim ichida bo'lishlari kerak. Bu esa ularni psixologik qafasga solib qo'yadi.
Finlyandiyada esa ushbu dilemma boshqacharoq hal qilinadi. Maktab bitiruvchilariga o'z hayotlarini davom ettirish uchun kollejlar bilan birga bir xil foydali bo'lgan boshqa imkoniyatlar taklif qilinadi.
Kasb hunar kollejlari va kurslari xuddi shu jumladandir. Bu fin o'quvchilariga o'z iqtidorini istaganicha yo'naltirish imkoniyatini beradi.
Finlyandiyada uch yillik o'quv dasturi bo'lgan Yuqori O'rta Maktab mavjud bo'lib, u o'quvchilarni universitetga kirishini belgilaydigan Matritasiya Testiga tayyorlaydi. Odatda bu erda o'qitiladigan narsalar o'quvchilarning «o'rta maktab» da o'qigan vaqtlarida olgan mutaxassisliklariga asoslanadi.
Mamlakatda yana kasb-hunar ta`limi ham mavjud bo'lib, bu uch yillik dastur bo'lib, talabalarni turli sohalar bo'yicha o'qitadi. Agar ular universitetga hujjat topshirishni istasalar, Matritasiya testidan o'tishlari ham mumkin.
Erta uyg'onish, avtobusga chiqib olish uchun shoshilish, ertalab va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda qatnashish talaba uchun juda ko'p vaqt talab etadi. Ba`zi darslar ertalab soat 6 dan ertalab 8 gacha boshlangani bu sizning sinfingizda darslarga umuman qiziqmagan uykuga to'ymagan o'spirinlar borligidan dalolat.
Finlyandiyada darslar soat 9:00 – 9:45dan boshlanadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, darslarning juda vaqtli qo'yilishi talabalarning farovonligi, salomatligi va etukligiga zarar etkazadi. Fin maktablari kun chiqqandan keyin boshlanadi va odatda soat kunduzgi 2:00 dan 2:45 gacha tugaydi. Dasrlar orasida ko'proq tanaffuslar qo'yilgan. Umumiy tizim ularga o'quvchilariga faqat ma`lumotlar taqdim etish emas, balki yaxlit ta`lim olish uchun ham munosib muhit yaratishga xizmat qiladi.
Fin maktablarida o'qituvchilar juda ko'p emas. Jumladan, ta`limning dastlabgi 6 yilida sinflarga faqat bitta o'qituvchi dars beradi. Bu vaqt davomida o'qituvchi murabbiy yoki hatto oila a`zosi rolini o'z zimmasiga olishi mumkin. O'sha yillarda o'zaro ishonch va rishtalar shu tarzda qurilganki, ikkala tomon ham bir-birini taniydilar va hurmat qiladi.
Finlyandiya o'z maktablari bilan qanday ish olib borishi haqida umumiy tendensiya mavjud. Kamroq stress, kamroq keraksiz regimentasiya va ko'proq g'amxo'rlik. Odatda talabalar kuniga atigi bir necha darsga qatnashishadi, xolos. Ular bir necha marta ovqatlanishlari, dam olishlari mumkin. Kun davomida darslar oralig'ida 15-20 daqiqali intervallar bo'lib, bunda bolalar biroz dam olishlari, toza havoda sayr qilishlari mumkin.
Bunday muhit o'qituvchilarga ham kerak. Finlyandiya maktablarida o'qituvchilar xonalari bo'lib, ularda dam olish, darsga tayyorgarlik ko'rish yoki shunchaki suhbatlashib o'tirish mumkin. Chunki, o'qtuvchi ham odam, unga ortiqcha ruhiy-jismoniy bosim o'tkazib bo'lmaydi. Finlandiyada o'qituvchilar faoliyatini samarali tashkil qilish uchun ularning zimmasidagi keraksiz topshiriqlarni kamaytirishga urg'u beradilar.
OECD tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga ko'ra, Finlyandiyada talabalar dunyodagi boshqa talabalarga qaraganda eng kam mustaqil ish va uy vazifalrini bajaradilar. Ular har kuni uyda atigi yarim soat davomida maktabdagi narsalar ustida ishlashadi. Fin talabalarida darsdan qo'shimcha o'qitadigan repititorlar ham yo'q.
Fin o'quvchilari maktabda bajarilishi uchun zarur bo'lgan hamma narsani, biron bir mavzuning zavqini keltiradigan qo'shimcha bosim o'tkazmasdan olishmoqda. Baholar va bandlik haqida tashvishlanmasdan ular eng muhim masalaga o'rganish va mutaxasislar malakasini oshirishga e`tibor qaratmoqdalar. Bu esa mazkur ta`lim tizimining butun dunyodagi eng yaxshi tizim deya tan olinishiga sababchi bo'ldi.

Download 19,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish