Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


3
 
 
 
 
 
Mavzu: 1. Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining 
geografik fanlar tizimida tutgan o’rni. 
Re j a: 
1.Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining predmeti va
vazifalari. 
2.Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining geografik
fanlar tizimida tutgan o’rni. 
3.Ijtimoiy - geografik tatqiqotlar. 
O’tgan asrning 80-chi yillaridan boshlab ijtimoiy va iqtisodiy geografiyaning 
ijtimoiy qanoti jadal rivojlanib boshladi. Bunga jamiyat va aholi ijtimoiy rivojlanishining 
hududiy muammolarini, qonuniyatlarini o’rganish zaruriyati paydo bo’lganligi sabab 
bo’lgan. Oxirgi o’n yilliklar xususan mustaqillik yillaridagi tatqiqotlar ijtimoiy va iqtisodiy 
geografiyaning ob’yekti va predmeti doirasi ijtimoiy tamonga kengaydi. Mazkur fan 
rivojlanishining markazida inson va uninig ijtimoiy hayoti bilan bog’liq qirralarini o’rganish 
masalalari yotadi. 
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi, geografiya fanlar tizimidagi aholi va u 
bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarnining hududiy qonuniyatlarini 
tatqiq etuvchi, yangi va tez rivojlanayotgan fandir. Olimlarning fikricha, hozirgi davrda 
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasini mustaqil fan tarmog’i sifatida to’la 
shakllanmagan va bu borada hozirgacha bahs-munozaralar mavjud. Uning shakllanishi 
jarayonlari davom etmoqda. Ayniqsa, noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasinining 
tatqiqot ob’yekti, tuzilishi, fanlar tizimida tutgan o’rni masalalariga yanada oydinlik kiritish 
zarur. 
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi tatqiqotlarining diqqat markazida doimo 
inson omili yotadi. Shuning uchun uning shakllanishi bevosita aholi geografiyasi bilan 
bog’liqdir. Turli davrlarda bevosita aholi, ya’ni uning yashash, mehnat qilish, dam olish, 
sog’liqni saqlash va boshqa ijtimoiy, madaniy–ma’naviy–ma’rifiy fa’oliyati bilan bog’liq 
masalalar xorijda va shunindek, sobiq Ittifoq iqtisodiy geografiyasi doirasida ham 
o’rganilgan. 
Hozirgi kunda noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi professor A.S.Soliyevning 
fikricha bevosita inson hayoti bilan bog’liq masalalarning hududiy jihatlarini, uning o’zi 
yashab turgan muhiti bilan munosibatini, insonning ijtimoiy hayot tarzi, madaniy, ma’naviy, 
ruhiy rivojlanishi masalalarining hududiy qirralarini o’rganuvchi fandir. 
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining fan sifatida shakllanishida Yevropa 
olimlarinig hissasi kattadir. U sotsial (ijtimoiy) geografiya tushunchasi bilan 19-chi asrning 
ikkinchi yarimida fransuz olimi Le-Ple asarlarida uchraydi. Keyincha bu sohada Germaniya 
(E.Reklyu)va Niderlandiyada (D.Bartel
ь
s) muayyan ishlar qilindi. Hozirgi noishlab 
chiqarish tarmoqlari geografiyasining vujudga kelishi va rivojlanishiga sobiq Ittifoq geograf 
olim va tatqiqotchilari ham munosib hissa qo’shganlar. Bu davrda noishlab chiqarish 
tarmoqlari geografiyasining rivojlanishida uch bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin: 
Birinchi bosqich – o’tgan asrning 50 – chi yillarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga 
oladi. Bu bosqichga xos xususiyatlardan biri ijtimoiy hodisa va jarayonlarning ayrimlari 
iqtisodiy va etnogeografik tatqiqotlar doirasida o’rganildi. Shularga qaramay aholining 
turmush sharoitlari, madaniy, maishiy xususiyatlarini o’rganishining zarurligi sobiq sovet 
geografiya fanining dastlabki yillaridayoq ta’kidlangan edi. 


4
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi aholi geografiyasi asosida shakllandi. 
Barcha aholi yoki muayyan bir ijtimoiy guruhning ijtimoiy rivojlanishidagi hududiy 
tafovutlarni tatqiq etish faqatgina ijtimoiy geografiyaning predmeti bo’lmay, balki 
mintaqaviy sotsiologiyaga ham xosdir. Ammo sotsiologik tatqiqotlarning hududiy 
qamrovini yetarli darajada deb bo’lmaydi. 
Ikkinchi bosqich – bu qisqa davr, ya’ni o’tgan asrning 50 -80 yillarni o’z ichiga 
oladi. Bu bosqichda aholi geografiyasi tez rivojlandi va shu bilan birga, geografik 
tatqiqotlarda sotsiologiya kategoriyalari va tushunchalari keng qo’llanila boshlandi. 
Uchinchi bosqich – keyingi bir necha o’n yillarni o’z ichiga oladi va noishlab 
chiqarish tarmoqlari geografiyasi aynan shu davrda rasman tasdiqlandi. Ushbu bosqichda 
bevosita noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasiga xos ishlarning ko’lamini yetarli deb 
bo’lmasada, avvallariga nisbatan e’tiborga molik ishlar bajarildi. Bu bosqichda bajarilgan 
ilmiy tatqiqot ishlari sohaviy hamda mintaqaviy jihatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa 
aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi bo’yicha salmoqli ishlar e’lon qilindi. 
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining O’zbekistonda shakllanishi va 
rivojlanishiga olimlarimizdan A.S.Soliyev, M.I.Nazarov va boshqalar o’z hissalarini 
qo’shdilar. Jumladan A.S.Soliyev o’tgan asrning so’ngi o’n yilligida e’lon qilingan qator 
risola va o’quv qo’llanmalarida noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining rivojlanish 
yo’nalishlarini ochib bergan. 
Shunday qilib noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi – bu geografiya fanlari 
tizimi va ijtimoiy fanlar o’rtasidagi integratsiya jarayonlarida vujudga kelayotgan geografik 
fandir. Hozirgi davrda ushbu tizimda fanlarning uyg’unlashuvi (sintezi) ro’y bermoqda va 
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining umumiy nazariyasi tez shakllanmoqda. 
Demak, noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi shakllanish bosqichini boshidan 
kechirmoqda va shuning uchun ham uning mustaqilligi va bir butunligi istiqbolidan dalolat 
beradi. 
Noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining mustaqilligi birinchi navbatda, 
mazkur fan nazariyasini vujudga keltirilishi bilan va ikkinchidan, uning atrofida 
integratsiyalashgan turli fanlarning shakllanishi bilan ta’minlanadi.
Hozirgi vaqtda noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining muhim va dolzarb 
muammolari jumlasiga qo’yidagilar kiradi: 
Ijtimoiy-geografik rayonlashtirish (prinsiplari, mezonlari, ko’rsatgichlar tizimi, 
tatqiqot usullari va boshqalar). 
Aholinig turmush tarzi va darajalaridagi, ijtimoiy tuzilmalar va ularning hududiy 
tashkil etishdagi rayonlararo tafovutlar. 
Umumlashtiruvchi va maxsus ijtimoiy-geografik tipoldogiyalar (geodemografik 
vaziyat, shaharlar va aholi joylashuvi tizimlari, qishloq joylar va boshqalar). 
Tibbiy-geografik tatqiqotlar va ularning dolzarbligini yetarlicha baholash va boshqalar.
Mazkur muammolarning har biri noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining to’la 
shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish