Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi


Mavzu: 5. O’zbekistonda hududiy rekreatsiya tizimlari



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

Mavzu: 5. O’zbekistonda hududiy rekreatsiya tizimlari 
R e j a: 
1.O’zbekistonda hududiy rekreatsiya tizimlarining shakllanishi 


10
2. O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning manfaatlari 
3. Turizmni rivojlantirish istiqbollari 
Qadimdan O’zbekiston zaminining so’lim tabiati, ko’hna shaharlardagi osori-atiqalar, 
dunyo tamadduniga katta hissa qo’shgan allomalarni voyaga yetkazgan maskanlar jahon 
ahlini, sayyohlarni o’ziga chorlab kelgan. Har bir mamlakat o’zining hududida hududiy 
rekreatsion tizimlarning barcha tiplarini rivojlantirishni xohlaydi, ammo barchasida ham 
bunday imkoniyatlar mavjud emas. Sayohatchilar uchun barcha joyni, Arktika yoki 
Antarktida hatto Oyni ham kelajakda qiziqarli rekreatsiya ob’yektiga aylantirish mumkin. 
Bu uchun faqat xohish va istak kamlik qiladi, unga yetarli moddiy va moliyaviy asos 
bo’lishi kerak. Ekologik vaziyat va infratuzilma holati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Rekratsion vazifani bajaradigan hudud, yashash uchun barcha qulayliklarga ega 
bo’lgan uy-joy, qulay transport va aloqa tizimi, rivojlangan infratuzilma, madaniy, maishiy 
inshaotlar majmuasi va yana bir qator qulayliklarga ega bo’lishi lozim. Bularning barchasi 
butunligicha hududiy rekreatsiya tizimini tashkil qiladi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda bu sohaga davlat siyosati darajasida e’tibor 
qaratilmoqda. Respublikamizda hududiy rekreatsion tizimlarning barcha tiplarini yaratish 
uchun hamma imkoniyatlar mavjud. O’zbekistonda qadimiy tarixiy yodgorliklar, me’moriy 
obidalarni borligi va ular aynan respublikani infratuzilma sharoitlari yaxshi yo’lga qo’yilgan 
yirik shaharlarda joylashganligi turizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir. 
Qolaversa, ushbu tarmoqni kelgusida taraqqiy ettirish O’zbekistonni jahon 
hamjamiyatiga chiqishi va mamlakat iqtisodiyotini yanada tezroq rivojlantirish uchun 
salmoqli hissa qo’shishi mumkin. Turizm rivojlangan mamlakatlar (Italiya, Fransiya, 
Ispaniya, AQSh va boshq.) tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, turistlarni qabul qilish va ularga 
yuqori darajali xizmat ko’rsatish mamlakatga katta daromad keltiradi. O’zbekistonda bu 
sohada rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib bir qancha loyihalar (Sharq 
marvaridi)qabul qilinib, turizmni turizmni tez rivojlanishiga davlat miqyosida alohida 
e’tibor berilmoqda.
O’zbekistonda turizmni rivojlanishi qanday manfaatlar keltiradi: 
Birinchi manfaat - yangi ish joylari yaratiladi. «O’zbekturizm» milliy 
kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunda sohada ellik mingdan ko’proq kishi 
mehnat qiladi.
Ikkinchi manfaat – davlat xazinasiga katta miqdorda valyuta (dollar, yevro va 
boshqalar) keltiradi. Mutaxassislarning fikricha dunyoda bitta sayohatchining o’rtacha 
xarajati 900 -1000 AQSh dollarini tashkil qiladi. O’zbekistonga kelgan turistlarning har 
biridan o’rtacha 1,3–1,5 ming AQSh dollariga teng daromad olinadi. Turizmdan ko’proq 
daromad olish narxlarni ko’tarish hisobidan emas, balki qo’shimcha xizmat turlarini joriy 
qilish orqali olinishi kerak. Turizm rivojlangan mamlakatlar shu orqali katta samara 
ko’rmoqdalar.
Uchinchi manfaat – ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlar uchun yangi bozorlar 
paydo bo’ladi. Bu esa mahalliy sanoatni ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish va 
mahsulot sifatini yaxshilashni talab etadi. To’rtinchi manfaat – mahalliy infratuzilma va 
kommunal xo’jaligi ob’yektlarini rekonstruksiya qilish, ko’rsatadigan xizmatlarni 
zamonaviylashtirish, turlarini ko’paytirish va xizmat ko’rsatish darajasini ko’tarishdan 
iborat.
Beshinchi manfaat – turizm sohasida xizmat qiladigan yetuk mutaxassislarni
tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlar va oliy ma’lumotli soha rahbar kadrlarni tayyorlashni 
yo’lga qo’yish. 
Oltinchi manfaat – jamiyatdagi atrof–muhit va ekologik muammolarni, madaniy 
merosni, tarixiy va arxitektura yodgorliklarni himoya qilish zarurligini chuqurroq 
anglashdan iborat.
Yettinchi manfaat – turizm sohasida foidalanilayotgan yer resurslardan to’g’ri va 
oqilona foydalanish kerakligiga yangicha yondoshish.


11
Hududiy rekreatsion tizimlarni ixtisoslashuvi hududdagi mavjud rekreatsion 
resurslarga bog’liq. Masalan, Samarqand, Buxoro, Xivada tarixiy, arxitektura va madaniy 
yodgorliklarning mavjudligi o’sha joylarda madaniy merosimizni anglash, diniy turizmni, 
Jizzax viloyatidagi tabiat zonalari landshaft va ekologik turizimni, ilmiy axborotlar 
to’plangan Toshkentda ilmiy turizmni yo’lga qo’yish imkoniyatini beradi. 
Respublikamizdagi mavjud rekreatsion resurslarga alohida e’tibor berib, mamlakatimiz 
iqtisodiyotini yanada yuksaltirish manbai bo’lgan hududiy rekreatsion tizimlarning barcha 
tiplarini rivojlantirish davr talabidir. Qolaversa rekreatsion resurslardan oqilona foidalanish 
orqali aholining jismoniy, ma’naviy sog’lom bo’lishiga mintaqalarni moliyaviy, ijtimoiy 
ahvolini yaxshilashga erishish mumkin.

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish