Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi


Mavzu: 2. Tibbiyot geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

Mavzu: 2. Tibbiyot geografiyasi 
Reja: 
1.Tibbiyot georafiyasining predmeti va vazifalari 
2.Tibbiyot geografiyasining rivojlanish bosqichlari 
3.Tibbiyot georafiyasining hozirgi zamon dolzarb muammolari 
Tibbiyot geografiyasi geografiya hamda tibbiyot fanlari orasida vujudga kelgan fandir. 
Uning rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning ijtimoiylashuvi jarayonlari yanada 
jadallashdi. Tibbiyot geografiyasi fan sifatida shakllanib iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiyaning ijtimoiy qanotidan o’gin egallab, uni yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. 


5
Ko’pchilik olimlar tibbiyot geografiyasini mustaqil fan tarmog’i sifatida vujudga 
kelishi vaqtini 19-chi asrning o’rtalari deb hisoblaydilar. Tibbiyot geografiyasining tatqiqot 
ob’yekti va predmeti borasida o’tgan davr ichida olimlar tamonidan turli fikrlar bildirildi va 
u doimo takomillashib bordi. Olimlarning fikricha tibbiyot geografiyasining ob’yekti ko’p 
qirrali va murakkab bo’lib, o’z ichiga aholining salomatlik holati va uni o’zgarishlarini, 
kasalliklar hamda sog’liqni saqlash sohasini qamrab oladi. 
Tibbiyot geografiyasining ko’pchilikka tushunarli bo’lgan ta’rifini rus olimi 
A.A.Keller qo’yidagicha ta’riflagan: «Tibbiyot geografiyasi, geografik muhitning kompleks 
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni aholining salomatlik holatiga, inson kasalliklarining 
vujudga kelishi va tarqalishiga ta’siri qonuniyatlarini o’rganadi». (Meditsinskaya geografiya 
i zdorov
ь
ye. Moskva, Nauka, 1989) 
Tibbiyot geografiyasi boshqa fanlar bilan ham o’zaro aloqador bo’lib, qamrovi keng 
va turlichadir. Avvalo u aholi geografiyasi bilan chambarchas bog’langan, so’ngra 
demografiya, sotsiologiya, kartografiya, etnografiya, ekologiya, biogeografiya, 
kurortalogiya, epidemiologiya, gigiyena va boshqa bir qator fanlar bilan mustahkam 
aloqalarga ega. 
Tibbiyot geografiyasiga oid masalalar qadimgi Sharq olimlarining asarlarida ham 
yoritilgan. Masalan, o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida, tabobat ilmida o’lkan yutuqlarga 
erishilganligi hammaga ma’lum. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlari mashhur 
bo’lib, jahon tabobatida uzoq davrlar mobaynida asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Abu Ali ibn 
Sino davolashning yangi usullarini qo’llab, tabib sifatida o’z davrida juda mashhur bo’lgan.
Tibbiyot geografiyasining rivojlanishida xorijiy olimlardan Finke, Rayt, Ratsel
ь
va 
boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar. Sobiq Ittifoqda tibbiyot geografiyasining nazariy va 
metodologik asoslari, aholining salomatlik holati va nozogeografik tatqiqotlar, tibbiyot 
kartografiyasi hamda tibbiy-geografik rayonlashtirish masalalari Ye.N.Pavlovskiy 
A.A.Shoshin, A.I. Vinogradov, B.B. Proxorov, B.V.Vershinskiy va boshqalarning ilmiy-
tatqiqot ishlarida ochib berilgan.
O’zbekistonda aholini salomatligi, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash masalalari 
bevosita tibbiyot nuqtai nazaridan bajarilgan ishlar mavjud. Ammo, ushbu masalalarni 
tibbiyot geografiyasi doirasida o’rganilgan maxsus tatqiqotlar amalga oshirilmagan. O’tgan 
asrning 90-chi yillaridan boshlab, O’zbekiston va regionlar bo’yicha tibbiyot muassisalarini 
hududiy tashkil etish masalalari M.I.Nazarov (1996), nozogeografik vaziyat esa 
N.Komilovalar (1999) tamonidan ilk bor o’rganilgan. O’zbekiston fanlar akademiyasi
geografiya bo’limi tamonidan 90 - chi yillarda respublikaning tibbiy - geografik atlasiga oid 
ishlar olib borilgan.
Tibbiyot geografiyasining predmeti turli davrlarda olimlar tamonidan turlicha 
ifodalandi. Ko’pchilik tatqiqotchilar tabiiy – geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga katta 
ahamiyat bergan holda, tibbiyot geografiyasini geografiya fanlari qatoriga qo’shsa 
(Ye.P.Pavlovskiy, B.B.Proxorov, Ye.L.Rayx), boshqalari tibbiy omillarning ustuvorligini 
ta’kidlab, tibbiyot geografiyasini tibbiyot fanining bir tarmog’i deb biladilar.
Tibbiyot geografiyasining mohiyati va vazifalarini ilk bor o’rgangan N.I.Toropov 
(1864): «Har qanday kasallikni yer yuzasi bo’yicha tarqalishi masalalarini tibbiyot 
geografiyasi o’rganadi», deb ta’kidlagan. Ye.I. Ignat
ь
yev «Tibbiyot geografiyasi geografik 
muhitning inson tanasiga ta’sirini o’rganuvchi geografiyaning bir tarmog’idir» deb 
ta’kidlaydi. 
Tibbiyot geografiyasining hozirgi rivojlanish bosqichida olimlar tamonidan uning 
nozogeografiya, salomatlik geografiyasi va sog’liqni saqlash geografiyasi kabi bo’limlari 
ajratiladi. Olimlar tamonidan tibbiyot geografiyasining qo’yidagi asosiy yo’nalishlari 
ajratilgan: 
- tabiiy va sotsial-iqtisodiy omillarni tibbiy-geografik baholash 
- tibbiyot landshaftshunosligi 
- tibbiyot mamlakatshunosligi
- nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi) 


6
- tibbiyot kartografiyasi 
Zamonaviy tibbiy-geografik tatqiqotlarga, avvalo mazkur fanga doir nazariy-
metodologik tatqiqotlarni tez rivojlanishi, natijalarini amaliyotga qo’llanishini kuchaytirish, 
mintaqaviy tibbiy-geografik tatqiqotlarni avj olishi hamda tibbiyot kartografiyasini tez 
rivojlanayotganligi xosdir.
Tibbiy-geografik tatqiqotlar va ularga bo’lgan amaliy talab va ehtiyojlar hozirda 
tibbiyot geografiyasi oldiga qo’yidagi vazifalarni qo’yadi: 
tabiiy sharoit (omillar) yoki ularning majmualarini aholi salomatligiga ta’sirini 
o’rganish. 
kompleks tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning inson kasalliklarini vujudga kelishi 
va tarqalishidagi rolini aniqlash.
landshaftlar va alohida olingan davlatlarda inson kasalliklarining vujudga kelishi va 
tarqalishi qonuniyatlarini aniqlash. 
tibbiy-geografik ishlanmalarni amaliy tadbiqi masalalarini kuchaytirish. 

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish