Urganch Davlat Universiteti Xorijiy Filologiya Fakulteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta'lim yo’nalishi
184-guruh talabasi Otaboyeva Rajabbibining
2019-2020 o'quv yili bahorgi semestrdagi
Malakaviy amaliyoti davriga oid
HISOBOTI
Men 188-xorijiy guruh talabasi Otaboyeva Rajabbibi 09.03.2020 dan Xorazm viloyati Urganch shahridagi 13-son umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotni boshladim.
Amaliyotning birinchi xaftaligini maktabda o’tadim.
9-mart kuni biz amaliyot rahbari Atadjanova Surayyo Rahimbaevna bilan amaliyot o’tashimiz kerak bo’lgan 13-son umumiy o’rta ta’lim maktabiga bordik.
Maktab direktori : Masharipova Gulasal
O’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari: Samandarova Dilshoda
Reja bo'yich amaliyotning 1-xaftaligida amaliyot muassasasi, muassasa rahbariyati bilan tanishdim. Bizga texnika xavfsizlik qoidalari tushuntirildi. Biz malakaviy amaliyot to’g’risidagi nizom bilan tanishib chiqdik. Sinf rahbarlari va tajribali o’qituvchilar ish faoliyati bilan tanishdik. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta'lim to'g'risidagi qonunlarini; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirih chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorini (PQ-1845-son) va Vazirlar Mahkamasining 610-qarori; maktabga oid hujjatlar mazmunini o'rganishga kirishdik.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonuni Ta’lim To’g’risida
Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir .
Ta’lim O’zbekiston Respublikasida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy . ma’naviy va madaniy rivojlanishining ustuvor sohasi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Ta’lim sohasidagi davlat siyosatini umuminsoniy qadriyatlarni , xalqning tarixiy tajribasini, madaniy va fan bobidagi an’analarini, jamiyatning istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda yurgizadi.
Ta’lim ilm berish va tarbiyani o’z ichiga oladi , u respublikaning zakovot va ilm borasidagi kuch-quvvqtini rivojlantirish , jamiyat, oila oldidagi o’z mas’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol shakllamtirish maqsadini ko’zlaydi.
1BO’LIM . UMUMIY QOIDALAR
1-modda
O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonunlari
Ta’lim Konstitutsiyaga , “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga , ushbu Qonunga va ularga muvofiq holda chiqariladigan boshqa hujjatlariga muvofiq ro’yobga chiqariladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasia ta’limga doir masalalar Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlar bilan tartibga solib boriladi.
2-modda
Ta’lim to’g’risidagi qonunlarning vazifalari
Ta’lim to’g’risidagi qonunlar fuqarolarning ilm olish sohasidagi konstititsuyaviy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, jismoniy va yuridik shaxslarning ta’limsohasidagi o’zaro munosabatlarining prinsiplarini,huquq vakolatlari va mas’uliyatlarini, O’zbekiston Respublikasida ta’lim erkin rivojlanishining huquqiy kafolatlarini belgilab beradi.
3-modda
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat;
Ta’lim –tarbiyaning uzluksizligi va izchilligi ;
Davlat ta’lim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;
Davlat ta’lim standartlari doirasida hamaning ta’limolishi uchun imkoniyat yaratilganligi;
Ta’lim , ma’naviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgn yondashuv;
Bilimdonlik va iste’dodni rag’batlantirish;
Ta’lim muassasalarida chet tillarni o’rganish, din tarixi va jamiyat madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish;
Ta’lim muassasalarida siyosiy partiyalar va ijtimoiy –siyosiy harakatlarning ta’siridan holi bo’lishi;
4-modda .Ilm olish huquqi
O’zbekiston Respublikasida kelib chiqishi , jinsi, tili , yoshi , irqi , millati , e’tiqodi va dinga munosabatidan , ijtimoiy ahvoli , mashg’ulotining turi , turar joyi, respublika hdudida qnchadan beri yashayotganligidan qat’iy nazar , barchaning ta’lim olishi uchun teng huquqlarni kafolatlaydi.
5-modda ,ta’lim tillari
Ta;lim muassasalarida ta’lim berishda qaysi tildan foydalanish O’zbekjston Respublikasi ning davlat tili to’g’risida’’gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
6-modda .Ta’imning davlat standartlari
O’zbekiston Respublikasida mulkchilikning barcha shaklidagi o’quv yurtlari uchun majburiy bo’lgan ma’lumotlar saviyasi va o’quv dasturi hajmlariga nisbatan qo’yiladigan asosiy talablarni belgilab beruvchi, ta’limning jahon tajribasi mezonlariga mos davlat standartlarini belgilaydi.
Ta’limning davlat standartlarini belgilash va joriy etish , O’zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi.
II BO’LIM. TA’LIM TIZIMI .
7-modda . O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi
O’zbekiston Respublikasida ta’limning yagona tizimiga amal qilib , u quyidagilarni o’z ichiga oladi;
Maktabgacha tarbiaya
Umumiy ta’lim
Maktabdan tashqari ta’lim
Hunar-texnik ta’limi
O’rta maxsus ta’lim ‘
Oily ta’lim
Ilmiy va pedagogic xodimlarni tayyorlash
Kadrlarning kasbkor malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Oiladagi ta’lim
Mustaqil ta’lim .
8-modda . maktabgacha ta’lim
9-modda, Umumiy ta’lim
10maktabdan tashqari ta’lim
11-modda. Hunar-texnik ta’limi
12-modda. O’rta maxsus ta’lim
13- modda , Oliy ta’lim
14-modda Ilmiy va ilmiy pedagogic xodimlar tayyorlash
15- modda. Kadrlarning malakasini oshirish
16-modda,.Oiladagi ta’lim
17-modda . Mustaqil ta’lim
18-modda . Ta’lim to’g’risidagi hijjatlar
19-modda . ta’lim tizimini boshqarishning davlat –ijtimoiy xususiyat
20-modda. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi vakolatlari.
Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Samandarova Dilshoda biz talabalarni alohida sinflarga berkitdi va men 3,,B’’ sinfga berkitildim. Men o’zim berkitilgan sinf dars jadvali bilan tanishib chiqdim. Bundan tashqari 1-xaftada maktab axborot resurs markazi bilan tanishish ham rejaga kiritilgan edi va men maktab kutubxonasi bilan yaqindan tanishib chiqdim. Yana amaliyotning birinchi xaftaligida men dars rejasi, dars konspekti va sinf jurnallarini yuritilishi haqida ham o’rganib oldim.
Amaliyotning birinchi xaftasidan darslarni kuzatishni boshladik va men o’zim berkitilgan sinfda amaliyotning birinchi xaftasidanoq ingliz tili fan to’garagini ham boshladim. Bunda darsdan keyin o’quvchilar bilan qiziqarli ingliz tili mashg’ulotlarini olib bordim.
Amaliyotning ikkinchi xaftaligi boshlanish arafasida mamlakatimizda COVID-19 sababli karantin e’lon qilindi va biz 2-apreldan boshlab amaliyotimizni online tarzda amalga oshirdik. Bunda kerakli ma’lumotlar va ko’rsatmalar amaliyot rahbarimiz tomonidan ko’rsatib borildi. Zoom video konferensiyalari orqali muloqot qildik. Online amaliyot davrimizda televizorda olib borilayotgan online darslarni kuzatdim. Bunda har bir sinf darslarini kuzatib bordim va tahlil qildim.
Internetdan metodikaga doir ma’lumotlarni o’qib tanishdin va asosan Sh.Alimov va A.Ismoilovning “Chet tili o’qitish metodikasi” kitobidan kerakli ma’lumotlarni olib daftarimga konspekt qilib bordim. Bunda men chet tillarini o’qitishda zamonaviy metodlar, chet tili o’qitishning boshlang’ich, o’rta va yuqori bosqichlari, darsni rejalashtirish o’quvchini o’qishga o’rgatish, o’quvchilar bilimiva xosil qilgan nutq ko’nikmalarini nazorat qilish, chet tilini o’qitishda mashqlardan foydalanish, maktabda olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar haqida o’qib o’rganib oldim.
Maktab o’quvchilari uchun darslik kitoblarni ham electron shaklida o’qib o’rganib tahlil qildim.
Bundan tashqari maktab o’quvchilari bilan 5ta muhim tashabbus doirasida qanday ishlar amalga oshirilishi haqida organdim.
--------------------5 tashabbus-------------------------------
Talabalar amaliyot davomida 34 ta dars taxlil qildim va shundan 13 ta dars ingliz tili darsi taxlili va qolgan 21 ta dars boshqa fannlar taxlilidir.
Amaliyotchi talaba: Otaboyeva Rajabbibi
Amaliyot rahbari: AtadjanovaSurayyo Rahimbaevna
Dars jarayoni: 5 -sinf ingliz tili darsi.
Maktab kutubxonasi bilan tanishuv:
Do'stlaringiz bilan baham: |