Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

 
 
Mavzu: 11. Qishloq joylarni geografik tatqiq qilish masalalari 
R e j a: 
1.Qishloq joylar geografiyasining vujudga kelishi
2.Qishloq joylar geografik tatqiqotlarning ob’yekti
sifatida 
3.Qishloq joylarning geografik xususiyatlari 
Keyingi o’n yilliklar mobaynida qishloq joylar bir qator fanlarning muhim tatqiqot 
ob’yektiga aylandi. Ularni geografik jihatdan o’rganishda rus olimlari 
A.I.Alekseyev,S.A.Kovalev, V.A.Maksimovlarning xizmatlari katta. Qishloq joylarni tatqiq 
etishda A.I.Alekseyev qishloq aholisi, ularning yashash joylari, turmush tarzi, joylardagi 
ijtimoiy sohalarning rivojlanishi masalalariga e’tiborni qaratgan bo’lsa, V.A.Maksimovning 
ishlarida qishloq joylarning ishlab chiqarish masalalari ko’proq yoritilgan.
Qishloq joylar geograflar uchun kompleks tatqiqot ob’yektlaridan biri hisoblanadi. 
Ular iqtisodchilar, sotsiologlar, ekologlar va boshqa bir qator fanlar uchun ham o’rganish 
ob’yektidir. Geograflar eng avvalo qishloq joylarni, ularning komponentlarini (tabiat, aholi, 
xo’jalik) alohida olingan holda, hamda bir butunlikda, ya’ni majmuali tarzda 
rivojlanishining hududiy qonuniyatlarini o’rganishga asosiy e’tiborni qaratadi.
Qishloq joylar ilmiy-tatqiqotlarning kompleks va o’ziga xos ob’yekti bo’lib, ular 
katta-katta maydonlarni, muayyan tabiiy sharoit va mineral xom ash
ь
yo salohiyatini, aholi, 
uning joylashuv tizimi va ijtimoiy tuzilmalarini, xos ijtimoiy hamda ishlab chiqarish 
salohiyatini o’zida mujassamlashtirgan hududlar yig’indisidan iborat. Hozirgi davrda 
qishloq joylar bir butun, kompleks tarzda o’rganilgan tatqiqotlarni yetarli deb bo’lmaydi. 
Rus olimi S.A.Kovalevning ta’rificha qishloq joylar –bu shahardan tashqaridagi aholi 
yashaydigan barcha joylardir. Qishloq joylarga berilgan bunday qisqa va lo’nda ta’rifni V.A. 
Maksimov uni tabiiy sharoit va resurslar, qishloq aholisi va uning o’ziga xos turmush tarzi, 


20
odamlar mehnati natijasi bo’lgan asosiy fondlar, qishloq aholisining ishlab chiqarish 
faoliyati kabilar bilan to’ldirgan.
Qishloq joylar mavjud barcha belgilari va rivojlanish xususiyatlariga ko’ra 
mintaqaviy tafovutlarga ham ega. Qishloq joylarning birlamchi ijtimoiy vazifalaridan biri 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishdan va qisman uni qayta ishlashdan iborat. Ushbu 
vazifa boshqa joylarga ko’ra ko’proq qishloq joylarga xosligi bilan ajralib turadi. Qishloq 
joylarning ikkinchi ijtimoiy vazifasi ma’lum ma’noda rekreatsiya funksiyasi hisoblanadi va 
ko’proq shahar aholisi uchun xizmat qiladi. Qishloq joylar shaharliklar uchun dam olish 
maskanlari hisoblanadi. Hozirda xizmat ko’rsatish sohasini muhim tarmog’iga aylanayotgan 
rekreatsiya xizmatining ko’plab muassisalari (dam olish zonalari, bolalar oromgohlari, 
turbazalar, sanatoriya, pansionat va boshqalar) qishloq joylarda barpo etilmoqda. Qishloq 
joylarning uchinchi vazifasi kommunikatsiya tarmoqlariga koridor sifatida xizmat qilishidir. 
Bir qator transport turlari (avtomobil, temir yo’l, quvur, suv transporti, elektr uzatish 
liniyalari va boshqalar) qishloq joylardan o’tadi. Qishloq joylar shaharlarni mehnat 
resurslari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shaharlardagi mavjud bo’sh ish 
o’rinlarini qishloq joylardan borgan mehnat resurslari bilan to’ldiriladi. Bu qishloq 
joylarning to’rtinchi vazifasidir. Qishloq joylarda shahar korxonalarining ayrim yordamchi 
xo’jaliklari joylashgan. Masalan, qishloq joylarning beshinchi vazifasi sifatida qurilish 
materiallari qazib oluvchi kar
ь
yerlar, konlar va qayta ishlovchi sanoatning ayrim kichik 
korxonalarini ko’rsatish mumkin. Bundan tashqari qishloq joylarning yana bir qancha o’ziga 
xos vazifalari mavjud. Chunonchi, o’rmon xo’jaligi va yog’och tayyorlash, tabiatni 
muhofaza qilish, ovchililik va baliqchilik xo’jaliklarini rivojlantirish, tarixiy-madaniy va 
boshqa bir qator vazifalarini ta’kidlash mumkin. 
Qishloq joylar hududi va unda mujassam bo’lgan barcha voqea-hodisalar muayyan 
bir sharoitlarda vujudga kelgan, shakllangan va o’zining rivojlanish qonuniyatlariga ega. 
Ularning qududiy qirralarini ochib berish, qonuniyatlarini aniqlash va xulosa chiqarish eng 
avvalo geograflarning vazifasidir. Qishloq joylarni geografik jihatdan tatqiq qilish asosan 
uchta yo’nalishda olib borilmoqda: - iqtisodiy yo’nalish, moddiy ishlab chiqarishning 
iqtisodiy samaradorligiga katta e’tibor qaratiladi. Mavjud tabiiy sharoit va resurslarning 
moddiy ishlab chiqarishga ta’siri iqtisodiy jihatdan baholanadi. Oxirgi yillarda qishloq 
joylarni tatqiq etishda ikkinchi yo’nalish hisoblangan ijtimoiy-geografik jihatlarga ko’proq 
e’tibor berilmoqda. Ularning asosiy mazmuni qishloq joylarning barcha qirralarini aholi va 
uning turmush sharoitlari, faoliyatini baholashga qaratilgan. Bugungi kunga kelib, qishloq 
joylarni tatqiq etishning yangi ekologik-geografik yo’nalishi shakllanmoqda. Bunday 
tatqiqotlarning markazida xo’jalik va aholining tabiiy muhit bilan o’zaro aloqadorligi va 
uning o’zgarishlari, landshaftlarning inson ta’siriga chidamligi va boshqa masalalar yotadi.
Qishloq joylar va ayniqsa qishloq aholisining turmush sharoitlari va hayot tarzi, 
qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari geografik jihatdan yaxshi o’rganilmagan. Turdosh fan 
sohalari vakillari bilan hamjihatlikda qishloq joylarni murakkab tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy 
tizim sifatida geografik jihatdan o’rganishning metodologik masalalariga qo’yidagilar 
kiradi: qishloq joylarning tarkibi va chegaralarini aniqlash; qishloq va shaharning o’zaro 
aloqadorligi, funksiyalarini hozir va kelajakda o’zaro bir-birini to’ldirishi; qishloq joylarni 
turlarga ajratish; turli tipga mansub qishloq joylarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
jarayonlarini tahlil qilish va kelajagini aniqlash. Ko’rsatilgan muammolar qishloq joylarni 
kompleks ilmiy jihatdan tatqiq etishning muhim jabhalarini qamrab oladi.

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish