Namuna uchun masalalar echish. 1 – masala. Aylanayotgan koptokning tezlanishi



Download 294,28 Kb.
Sana01.07.2021
Hajmi294,28 Kb.
#106389
Bog'liq
Masalalar echish. Kinematika (2) (1)


Namuna uchun masalalar echish.

1.1 – masala. Aylanayotgan koptokning tezlanishi. Ipning uchiga bog‘langan 150g massali koptok 0,600m radiusli aylana bo‘ylab tekis, 6 – rasmda ko‘rsatilgandek harakatlanmoqda. Koptok sekundiga 2,00 ta aylanadi. Uning markazga intilma tezlanishi qanday?

Yondashuv. Markazga intilma tezlanish an = 2/r. Bizga r berilgan va biz berilgan radius va chastotadan koptokning tezligini aniqlashimiz mumkin.

Yechim. Agar koptok sekundiga 2,00 ta to‘liq aylansa, u holda 0,500s vaqt intervalida, ya’ni T davrda bitta to‘liq aylanadi. Bunda bosib o‘tilgan masofa aylananing uzunligi 2r ga teng, bu yerda r – aylananing radiusi. U holda koptokning tezligi quyidagiga teng bo‘ladi
 = = 7,54m/s.
Markazga intilma tezlanish esa quyidagiga teng bo‘ladi
an = = 94,7 m/s2
1.2 – masala. Tezlanishning ikki tashkil etuvchisi. Poyga avtomobili garajdan harakatini boshlab, 500m radiusli aylanma trayektoriya bo‘ylab harakatlandi va tekis tezlashib 35m/s tezlikka 11s da erishdi. Tangensial tezlanishni doimiy deb faraz qilib, tezlik =15m/s bo‘lgan vaqt momentida (a) tangensial tezlanishni va (b) normal tezlanishni toping.

Yondashuv. Tangensial tezlanish avtomobil tezligining o‘zgarishiga bog‘liq va at = /t ifodadan topiladi. Normal tezlanish tezlik vektori yo‘nalishining o‘zgarishi bilan bog‘liq va an = 2/r ifodadan topiladi.

Yechim. (a) 11 sekundlik vaqt intervalida tangensial tezlanish at o‘zgarmas deb faraz qilamiz. Uning qiymati quyidagiga teng
at = /t = (35–0)/11 = 3,2m/s2.
(b) = 15m/s bo‘lganda markazga intilma tezlanish quyidagiga teng bo‘ladi:

an = 2/r = 152/500 = 0,45m/s2.
Izoh. Normal (markazga intilma) tezlanish uzliksiz ravishda o‘sib boradi, bu vaqtda esa tangensial tezlanish doimiy qoladi.

2 -1 – masala. Tennis koptogini tashlab berishdagi kuch. Eng yaxshi o‘yinchining koptokni uzatish vaqtida, koptok raketkadan 55m/s tezlik bilan sapchib ketishi mumkin (12 - rasm). Agar koptokning massasi 60g bo‘lib, u raketka bilan 4ms kontaktda bo‘lgan bo‘lsa, koptokka ta’sir etuvchi o‘rtacha kuchni baholang. Bu kuch yetarlicha katta bo‘lib 60kg li insonni ko‘tarishi mumkin.

Yondashuv. O‘rtacha kuch uchun Nyutonning ikkinchi qonunini quyidagicha yozishimiz mumkin
Fo‘r = p/t = ,
bu yerda mo va m lar boshlang‘ich va oxirgi impulslar. Tennis koptogini tashlab berish vaqtida urilgan holdagi boshlang‘ich tezligi vo nolga juda yaqin deb olamiz, o = 0 va = 55m/s bo‘lib, u gorizontal yo‘nalgan. Biz qisqa vaqt ichida koptokka ta’sir etuvchi boshqa kuchlarni hisobga olmaymiz, masalan, raketka tomonidan ta’sir etayotgan kuchga o‘girlik kuchining ta’sirini hisobga olmaymiz.

Yechim. Raketka tomonidan koptokka ta’sir etayotgan kuch
Fo‘r = p/t = =  800N.
Bu katta kuch bo‘lib, u 60kgli odamni ko‘tarish uchun kerak bo‘ladigan og‘irlik kuchidan katta (mg = 609,8N  600N).
2-2 – masala. Avtomobilni yuvish: impulsning ozgarishi va kuch. Shlangdan chiquvchi suv oqimining o‘zgarish tezligi 1,5kg/s, tezligi esa 20m/s ni tashkil etadi, u avtomobil tomonga yo‘nalgan bo‘lib, avtomobilda to‘xtaladi (13 - rasm). (Ya’ni biz suvning ixtiyoriy orqaga sachrashini hisobga olmaymiz). Avtomobilga suv tomonidan ta’sir etuvchi kuchni aniqlang.

Yondashuv. Shlangdan chiqayotgan suv gorizontal (x) yo‘nalishda po boshlang‘ich impulsga ega bo‘ladi va og‘irlik kuchi suvni pastga tomon sezilarli darajada tortmaydi, deb faraz qilamiz. Suv avtomobilga urilganda u o‘z impulsini yo‘qotadi (poxir = 0). Biz avtomobil tomonidan suvni to‘xtatish uchun ta’sir qilayotgan kuchni topish uchun impuls ko‘rinishidagi Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalanamiz ((6.7) ifoda). Nyutonning uchinchi qonuniga asosan suvga va avtomobilga ta’sir etayotgan kuchlar teng va qarama - qarshi yo‘nalgan. Biz uzluksiz jarayonga egamiz: shlangdan har 1,0s vaqt intervalida 1,5kg suv chiqadi. Unda biz quyidagini yozishimiz mumkin: F = p/t, bu yerda t = 1,0s va mo = 1,520 = 30kgm/s.

Yechim. Suvning impulsini o‘zgartirish uchun avtomobil tomonidan ta’sir etuvchi kuch doimiy deb faraz qilinib, uning qiymati quyidagiga teng
F = p/t = = = –30N.
Minus ishora shuni ko‘rsatadiki, suvga qo‘yilgan kuch suvning boshlang‘ich tezligiga teskari yo‘nalgan bo‘ladi. Suvni to‘xtatish uchun, avtomobil unga 30N kuch bilan ta’sir etadi; Nyutonning uchuinchi qonuniga asosan suv ham huddi shunday 30N kuch bilan avtomobilga ta‘sir ko‘rsatadi[1].
Download 294,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish