10-sinf fizika
1. Jismning tezlik vektori bilan tezlanish vektori orasidagi burchak =60° ga teng bo’lsa, jismning harakat turi qanday bo’lishini aniqlang.
A) aylana bo’ylab tekis harakat
B) to’g’ri chiziqli sekinlanuvchan harakat
C) to’g’ri chiziqli tezlanuvchan harakat
D) aylana bo’ylab notekis harakat ☑
2. Jism butun yo’lning 1-yarmini 4m/s tezlikda 2- yarmini 6m/s da bosib o’tsa, o’rtacha tezligini toping.
A) 2,4m/s B) 4,8 m/s ☑ C) 10m/s D) 24m/s
3. v =18 km/h tezlik bilan harakatlanayot gan m = 600 kg massali avtomobil motor o’chirilgach yana s =100 m yo’l yurib to’xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi F qanday (N)? A) 192 B) 147 C) 75 ☑ D) 108
4. Aylana trayektoriya bo’ylab harakatlanayotgan jism aylanani 20 s ichida 5 marta bosib o’tdi. 8 s davomida jism chiziqli tezligi vektori o’zgarishining modulini aniqlang.
A) 2 m/s B) 1.4 m/s C) 0 ☑ D) 1 m/s
5. Aylanayotgan disk ustida markazdan uzoqligi 4 cm farq qiladigan nuqtalar tezliklarining farqi 0.2πm/s bo’lsa diskning aylanish chastotasi qanday (Hz)?
A) 6.28 B) 4 C) 0.4 ☑ D) 1 6. 20 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 300 m uzunlikdagi yo’lovchilar poyezdi undan 2 marta sekinroq harakatlanayotgan 4 marta uzun yuk poyezdini qancha vaqtda quvib o’tadi (s)?
A) 60 B) 90 C) 120 D) 150 ☑ 7. Jism x=-5+t2 qonuniyatga asosan harakatlanmoqda. U dastlabki 5 s davomida qancha yo’l o’tadi (m)?
A) 15 B) 25 ☑ C) 20 D) 35 8. Zambarakdan gorizontga 53o burchak ostida o’q otildi. O’qning boshlang’ich tezligi 100 m/s. Qancha vaqtdan keyin o’qning tezlik vektori gorizont bilan 45o burchak hosil qiladi (s)? cos53o=0.6, sin53o=0.8 g=10 m/s2 A) 0.8 B) 3.2 C) 4 D) 2 ☑ 9. Mars uchun birinchi kosmik tezlikni hisoblang. Planetaning radiusi 3380 km .Erkin tushish tezlanishi 3,86 m/s2 A) 3,6 km/s ☑ B) 5 km/s C) 2,8 km/s D) 4 km/s
10. Bikrligi 300 N/m bo’lgan elastic purjina uzunliklarining nisbati 1:4 bo;lgan ikkita qismga bo’lindi va shu bo’laklar parallel ulandi. Yangi prujinalar sistemasining bikrligini toping?
A) 1500 N/m B) 1875 N/m ☑ C) 1225 N/m D) 2025 N/m
11. Aylanma harakat radiusi 1m bo’lgan g’ildirakdan radiusi 4 m bo’lgan g’ildirakka tasma orqali uzatildi. Agar kichik g’ildirakning burchak tezligi 8 П rad/s bo’lsa. Katta g’ildirak 1 daqiqa mobaynida necha marta aylanadi?
A) 60 ☑ B) 240 C) 120 D) 180
12. 10 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan 1 kg massali jism 1,8 m balandlikdagi gorizontal to'siq bilan mutlaq elastik to'qnashib qaytdi. To'qnashishdagi kuch impulsini toping (N-s).
A) 16 ☑ B) 18 C) 1,8 D) 0,8
13. 10 g massali sharcha 2 m balandlikdan tinch turgan aravachaning gorizont bilan 45° burchak hosil qiluvchi orqa sirtiga tushib urildi va undan elastik qaytdi. Bunda aravachaning olgan tezligi aniqlansin (m/s). Aravachaning massasi 90 g. Ishqalanish kuchi hisobga olinmasin.
A) 0 B) 0,1 C) 0,7 ☑ D) 7
14. Massasi 500 g bo'lgan jism 30 m balandlikdan 20 m/s tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otilgan. Harakatning ikkinchi sekundi oxirida jismning kinetik energiyasi qanday bo'ladi?
A) 20 J B) 20 kJ C) 0,2 kJ ☑ D) 2 kJ
15. Yer sirtidan Yer radiusiga teng baiandlikda sun’iy yo'ldoshga qanday gorizontal tezlik berilganda, u Yer atrofida aylana bo'ylab harakatlanadi (km/s)? Birinchi kosmik tezlikni 8 km/s deb hisoblang.
A) 4,6 B) 5,7 ☑ С) 9,3 D) 11,2
16. Vaznsiz qo'zg'almas blok orqali o'tkazilgan chilvirga massalari 6 va 4 kg bo'lgan yuklar osilgan. Yuklarning harakati vaqtida chilvirning taranglik kuchi qanday (N) bo'ladi?
A) 64 В) 48 ☑ С) 40 D) 32
17. Massasi m bo'lgan moddiy nuqta aylana bo'ylab v tezlik bilan tekis harakat qilmoqda. Aylanish davrining chorak (1/4) qismida impuls o'zgarishining moduli qanday bo'ladi?
A) 2mv B) mv ☑ C) mv D) 0
18. Garmonik tebranishiar amplitudasi 15 cm, boshlang'ich fazasi π/3, tebranishlar soni minutiga 90 marta bo'lsa, shu tebranishning tenglamasi qanday ko'rinishda bo'ladi?
A) x=1,5cos(3πt+π/3) B) x=15cos(6πt+π/3) C) x=0,15cos(3πt+π/3) ☑ D) x=1,5cos(6πt+π/3)
19. Oyda mayatnikli soat orqada qolmasligi uchun uning uzunligini necha marta o'zgartirish kerak? gOy=1.65 m/s2.
A) B) 3 C) 6 ☑ D) 3
20. Yo'lovchi 1020 m uzoqlikdagi radiodan berilgan aniq vaqt signalidan foydaianib, soatini to'g'riladi. Bunda uning soati necha sekund orqada bo'ladi? Tovushning havodagi tezligi 340 m/s.
A) 60 В) 30 С) 15 D) 3 ☑