Microsoft Word noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi



Download 214,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana03.02.2022
Hajmi214,72 Kb.
#427936
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasi

 
 
 
 
 
 
 


21
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu: 12. Madaniy-ma’rifiy muassasalar 
R e j a:
1.Ommaviy axborot vositalari va axborot-resurs markazlari
2.Madaniyat va istirohat bog’lari 
3. Muzeylar 
Istiqlol tufayli O’zbekiston Respublikasi matbuoti va ommaviy axborot vositalari 
taraqqiyotida sifat jihatdan butunlay yangi rivojlanish bosqichi boshlandi. Davriy 
matbuotning rivojlanish tendensiyalari gazetaxonning ehtiyojiga qarab o’zgarib turibti. 
O’zbekistonda matbuot ishiga O’zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi 
umumiy rahbarlik qiladi. Viloyatlarda uning hududiy boshqarmalari mavjud. O’zbekiston 
Respublikasida jami 676 ta gazeta (302 tasi nodavlat), 189 jurnal (93 tasi nodavlat) va 
byulletenlar chiqadi (2006).
O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida ommaviy axborot 
vositalari ichida televideniye va radioning alohida o’rni bor. Istiqloldan so’ng teleko’rsatuv 
va radioeshtirishlarning mazmun-mundarijasi tubdan o’zgardi. Mustaqil teleradiokanalarni 
yanada rivojlantirish va isloh qilish, aholi hamda jamiyatning har tamonlama xolis 
axborotga bo’lgan talab-ehtiyojlarini qondirishda mamlakatimizning elektron ommaviy 
axborot vositalari rolini oshirish maqsadida O’zbekiston milliy teleradiokaipaniyasi 
(O’zbekiston MTRK) tashkil etildi.
O’zbekistonda Yevropa turidagi kutubxonalar 19–asrning oxirida tashkil etildi. 20-
asrda kutubxonalar tarmog’i kengaydi va rivojlandi. 1917 yili 14 ta ommaviy shahar 
kutubxonasi ishlagan bo’lsa, 1934 yilda ikki mingdan ortiq turli yo’nalishdagi kutubxonalar 
faoliyat ko’rsatgan. 2006 yil yanvarigacha bo’lgan ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistonda 17 
mingga yaqin ommaviy va maxsus kutubxonalar mavjud. Ularning umumiy fondi 140 
million nusxadan ortiq. O’zbekistondagi yirik kutubxonalar: Alisher Navoiy nomidagi 
O’zbekiston Milliy kutubxonasi (1870), O’zbekiston Milliy universitetining kutubxonasi 
(1921), O’zbekiston Faning asosiy kutubxonasi (1933) va boshqalar. Viloyat markazlarida 
ham yirik kutubxonalar mavjud. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat 
milliy kutubxonasi – respublikadagi eng yirik kutubxona, kutubxonashunoslik va 
bibliografiya bo’yicha O’zbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy markazi. Fondida 6,5 
mln.ga yaqin kitob bor (2005).
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini 
axborot-kutubxona bilan ta’minlash to’g’risida»gi qaroriga ko’ra aholiga kutubxona xizmati 
ko’rsatishni sifat jihatdan yangi darajaga ko’taradigan zamonaviy axborot-resurs markazlari 
va axborot–kutubxona markazlari tashkil etish, yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini 
qondirishga, madaniy, milliy-ma’naviy, ma’rifiy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga, 
jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridanfoydalanish, milliy va xorijiy nashrlar fondlarini 
shakllantirish yuzaga keladi.
O’rta Osiyo xalqlari qadimdan bog’ tuzish san’ti an’analariga ega. Xalq 
dostonlarida, miniatura rasmlarida jannatmakon bog’lar, ular takibidagi ko’shk, hovuz, 
favvora, turli xil mevali daraxtlar, chamanzorlar ta’riflangan. Boshqa yurtlardan kelgan 
sayyohlar O’rta Osiyo shaharlari bog’larga burkanganligini ko’rib hayratga qolganlar. 
Olamga dong taratgan Amir Temur bog’lari Samarqand atrofida bunyod etilgan. Amir 
Temurning sayrgoh bog’lari asosan ikki xil usulda – chorbog’ va qo’riqxona tarzida tashkil 


22
etilgan. Temuriylardan Shohrux Mirzo, Ulug’bek, Bobur va boshqalar bog’lar tuzish 
an’anasini davom ettirishgan. 
Bog’ maydoni bir nechta daraxtzor, tokzor va gulzorlarga bo’lingan. Ekilgan gullar 
shunday tanlab olinganki, ular erta bahordan kuzgacha navbat bilan almashinib turli vaqtda 
gullagan. Sobiq Ittifoq davrida tashkil etilgan madaniyat istirohat bog’lari uzoq yashaydigan 
manzarali daraxtzorlardan iborat bo’lib, ularga yozgi sahna va kinoteatr, turli attraksion
qahvaxona, bolalar maydonchalari joylashgan. Shu yerda ommaviy-siyosiy, madaniy-
ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish ishlari olib borilgan.
Mustaqillik davrida madaniyat va istirohat bog’lari maxsus loyihalar asosida qayta 
ta’mirlandi. Bularda iqlimi, manzarasi, shaharsozlik va iqtisodiy sharoiti hisobga olinib, 
qadimiy milliy an’analarni rivojlantirgan holda manzarali va mevali daraxtzorlar, gulzorlar, 
sun’iy havzalar, kanal va favvoralar, sersoya so’lim xiyobonlar barpo etildi. Madaniyat va 
istirohat bog’larida aholining tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lishi shaklida, bo’sh 
vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ko’ngilli hordiq chiqarishga imkoniyatlar yaratilgan, 
madaniy-ommaviy tadbirlar, professional, milliy va umumxalq bayramlar o’tkaziladi.
O’zbekistonda tarixiy, moddiy, ma’naviy va madaniy yodgorliklarni to’plash, 
saqlash, o’rganish va tashviq qilish bilan shug’ullanuvchi ilmiy-ma’rifiy muassasalar - 
muzeylar paydo bo’lishi 19-asrning oxiriga borib taqaladi. Dastlabki muzeylarni tashkil 
etish va boyitishda taniqli rus olimlari V.Oshanin, V.Vyatkin, N.Seversov va Mirza Abdulla 
Buxoriy, Abu Said Maxzum kabi mahalliy ixlosmandlarning xizmati katta. Ular o’lkaning 
mineralogiya, numizmatika, etnografiyasi, flora va fauna dunyosiga oid ajoyib boy 
kolleksiyalar to’plagan.
1876 yili Toshkent, 1896 yili Samarqand, 1899 yili Farg’onada o’lkashunoslik 
muzeylari ochilgan. Keyinchalik muzeylarning davlat boshqaruvi tizimi shakllandi, tarixiy 
yodgorliklar va san’at obidalarini muhofaza etish komissiyalari tashkil etildi. Bular 
mamlakat bo’ylab ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirib, muzeylar uchun materiallar to’pladilar. 
1940-1970 yillarda O’zbekistonda muzeylarning keng tarmog’i yaratilgan. Mustaqillik 
davrida asrlar davomida yaratilgan bebaho ulkan ma’naviy va madaniy merosni tiklash 
davlat siyosatining eng muhim vazifasi qilib qo’yildi.
O’zbekiston hukumati tamonidan bu sohaga oid maxsus qarorlar qabul qilindi. Bu 
davrda bir nechta yangi muzeylar (Temuriylar tarixi davlat muzeyi, 1996 y; Olimpiya shon-
shuhrati muzeyi, 1996 y; Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi, 2002 y; va boshqalar) barpo 
etildi. Barcha oldin faoliyat ko’rsatgan muzeylarda ekspozitsiyalar (ko’rgazmalar) qayta 
tashkil etildi. Mustaqillik tufayli muzeylar Sharq san’ati va madaniyatining nodir 
namunalarini jahonga ko’z-ko’z qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Download 214,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish