1-ma’ruza : tarixiy geografiyaning vazifalari, shakllanishi va taraqqiyoti



Download 160,66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.05.2023
Hajmi160,66 Kb.
#946137
Bog'liq
1 mavzu ma\'ruza



1-MA’RUZA

TARIXIY GEOGRAFIYANING VAZIFALARI, 
SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI

REJA: 
1. Tarixiy geografiya fanining bahs mavzusi.
2. Tarixiy geografiyaning bo`limlari va asosiy vazifalari 
3. Tarixiy geografiya fanining shakllanishi.
TAYANCH SO`ZLAR 
Tarixiy geografiyaning asosiy bo`limlari. Tabiiy tarixiy geografiya, aholi 
tarixiy geografiyasi. Xo`jalik (iqtisodiy) tarixiy geografiya, siyosiy tarixiy 
geografiya (shahar va o`lkalar joylashishi tarixiy voqealar geogra-fiyasi harbiy 
harakatlar 
yo`nalishlari 
janglarning 
karta-sxemalari 
xalq 
qo`zg`alonlari 
geografiyasi tarixiy geografiyani o`rganishda yordamchi tarixiy fanlar - geraldika 
arxeografiya metrologiya, xronologiya, tarixiy kartografiyaning o`rni tarixiy 
geografik tadqiqotlarlarning asosiy metodlari fan sifatida Al-Xorazmiy, Beruniy, 
Narshaxiy, Mirxond, Xondamir, Bobur va boshqa allomalarning asarlarining 
tarixiy geografiya fani uchun ahamiyati. Tarixiy geografiyani fan sifatida 
shakllanishida buyuk geografik kashiyotlarning ahamiyati A.Orteliyning tarixiy 
geografiya faning shakllanishiga qo`shgan hissasi F.Klyuverning tarixiy geografik 
manbalar va asarlarga oid tanqidiy tahlili Anvil va Frantsiyalik erudit maktabi 
boshqa vakillarining qadimgi va Markaziy asrlar tarixiy geografiyasini o`rganishi 
XIX asrning II-yarmida tarixiy geografiyaning yangi qirralari Rossiyada tarixiy 
geografiy fanining taraqqiyoti jihatlari tarixiy geografiyaning yangi davrda 
o`rganilishi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelalak yo`q. –T.: Sharq. 1998. 
2.
Hasanov M. Sayyoh olimlar. –T.: 1974. 
3.
Ahmedov E.A. O`zbekiston shaharlari. –T.: O`zberiston. 1991. 
4.
O`zberistonda etno-demografik jarayonlar. Xalqaro konferensiya materiallari. 
1-2-qismlar. T.: 2005. 
5.
Bobojonova D. O`zbekistonda demografik jarayonlar va ularning xususiyati. –
T.: Fan, 1995. 
6.
Xidirov A. Chag`oniyon tarixi. –T.: Islom universiteti.2001. 
7.
O`rolov A., Suvonqulov I. Allomalar olami. T.: O`bekiston, 1991. 
8.
Choriyev Z.U. Tarix atamalarining izohli lug`ati. T.: Akademiya. 2002. 
9.
Jo`rayev M. Ipak yo`li afsonalari. –T.: Fan. 1993. 
10.
Bolshaya (Sovetskaya) entsiklopediya T.19-M 1953g 
11.
Istoricheskaya entsiklopediya T6-M 1965g 
12.
Yatsunskiy V. K. "Istoricheskaya Geografiya" M-1958g 
13.
Istoricheskaya geografiya M 1960g 
14.
Yatsunskiy V. K. "Istoricheskaya geografiya kak nauchnaya distsiplina" 
"Voprosi geografii" M-1950 g 
15.
O`zekiston milliy ensiklopediyasi. T.-1-11. –T.: 2001-2006. 


O`zbekiston mustaqil davlat bo`lgach, uning xorijiy mamlakatlar bilan 
aloqalari kengayib, geografik bilimlarga bo`lgan ehtiyoj ortdi. Zero geografiyani 
yaxshi bilib borgan sari kishining atrof-muhit, jamiyat va olam haqidagi 
tushunchasi chuqurlashib, mukammallashib boradi. Inson yer, suv va havo, 
umuman tabiatdagi har bir narsaning o`rni, vazifasi hamda qadr-qiymatini to`laroq 
anglab etadi. Geografiya fani o`z navbatida qator kichik-kichik sohalardan tashkil 
topgan bo`lib, ulardan biri tarixiy geografiyadir. Tarixiy geografiya er yuzining 
o`tmishdagi tabiati, rel`efi, iqlimi, suvlari, tuprog`i, o`simligi, hayvonot dunyosi, 
axolisi va xyijaligidan iborat majmuani yiz ichiga oladi. Hozirgi vaqtda tabiatni, 
jumladan, uning tarixini umumiy tarzda yoki ma`lum yilkalar byiyicha inson 
faoliyati bilan bog`liq holda o’rganish qator muammolar - tabiatni muhofaza qilish 
atrof-muhitni sog`lomlashtirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ekologik 
va boshqa shu kabi muammolarni hal etishda ahamiyat kasb etmoqda. 
Boshqacha qilib aytganda, tarixiy geografik tadqiqotlar, tabiat va jamiyat 
taraqqiyotining o`tmishdagi holatini aniqlash hamda uni hozirgi jarayon bilan 
qiyoslab, tegishli nazariy xulosalar chiqarish, amaliy tadbirlar ishlab chiqarish va 
shu asosda ayrim mavjud muammolarni hal etish uchun zarur ma`lumotlar 
beraoladi. 
Masalan, Markaziy Osiyo tabiatini har tomonlama o’rganish bugungi kunda 
jahondagi dolzarb muammolar qatorida turibdi (Orol dengizining taqdiri, suvlardan 
oqilona foydalanish, xo’jalikni kompleks rivojlantirish va h.k ). 
Tarixiy geografiya tabiat va jamiyat taraqqiyotining o’tmishi bilan bog`liq 
keng tushuncha bo’lib, vaqt jihatdan uzoq davrni qamrab oladi va bu sohada 
tadqiqotlar turli manbalarga tayanadi. Agar ancha qadimgi davr uchun geologik 
o’rganishlar natijalari tarixiy davr uchun arxeologik topilmalar asosida qilingan 
xulosalar muhim bo’lsa, o’rta asrlar tarixi ko'proq yozma manbalardan o’rin olgan. 
Dastlabki yozma manbalar - bu turli joylardan topilgan tosh bitiklar va uzoq 
moziyda yozilib bizning davrimizgacha yetib kelgan kitoblardir. Ularda Markaziy 
Osiyoning milodgacha bo’lgan tabiati va xalqlari haqida xabarlar qayd etilgan 
(Axamoniylar davri bitiklari, Avesto, Maxabxarata va b.). Qadimgi Yunon 
olimlarining asarlarida va Xitoy solnomalarida ham bir muncha aniq muhim 
xabarlar bor. 
O’rta asrlar davri uchun esa boy yozma meros mavjud bo’lib, ular asosan 
arab-fors va turkiy tillarda yozilgan. Tabiiyki tarixiy-geografik ma`lumotlar 1-chi 
navbatda geografik va tarixiy-geografik asarlardan ko’proq o’rin olgan bo’ladi. 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning "Kitob sur`at al-arz", Abu Zayd Balxiy al-
Istaxriy va ibn Xavkal qalamiga mansub "Kitob al-masolik va-l mamolik",
muallifi noma`lum "Hudud ul-olam", Najib Bakronning "Jahonnoma", Sam`oniy-
ning "Kitob al-ansob", Xamdallox Mustavfiy Kazviniyning "Nuzxat al-kulub" 
(XI), Xofizi Abruning "Geografiya", Zahiriddin Muhammad Boburning "Bobur-
noma" (XVI), Ruzbixon Isfaxoniyning "Mehmonnomai Buxoro" (XI), Amin 
Ahmad Roziyning "Xaft iqlim" (XI), Sulton Muhammad Balxiyning "Majma` al-
g’aroyib" (XI), Abulg`oziyning "Shajarai tarokima" (XVI1) va "Shajarai turk" 
(XII) Muhammad Tohirning "Ajoyib at-tabakot" (XII) Mahmud ibn Valiyning 
"Baxr ul-asror" (XII) 


Xudoyberdi ibn Qushmuhammadning "Dil g`aroib" (XIX), Muhammad 
Soliqxo’janing "Tarixi jadidayi Toshkand" (XIX) kabi asarlari ana shular 
jumlasidandir. Qayd etilgan manbalarda O’rta Osiyoning keyingi ming yillikdagi 
tarixiy geografiyasi qamrab olingan va ulardan o’lkaning tog`, vodiy, dasht va 
cho’llari, ma`danlari, suvlari, o’simliklari, hayvonot olami, siyosiy-ma`muriy 
tarkibi, etnik holati, shahar va qishloqlari, xo’jaligi, xalqaro munosabatlari 
geografiyasi haqida ma`lumotlar olsa bo’ladi. Shu bilan birga tarixiy geografik 
tadqiqotlar uchun tarixiy va boshqa mavzularga oid asarlar ham foydalidir. 
Markaziy Osiyo sayoramizdagi tabiati murakkab va madaniyati qadimiy 
yilkalardan bo’lib, uning tarixiy geografiyasini bitta ilmiy tadqiqotda qamrab olish 
mushkuldir.
Biz hammamiz maktabda O`zbekistonning, dunyoning fizik, tarixiy 
geografiyasini o’rganamiz. Tarixiy geografiya nimasi bilan farqlanadi. Hatto 
nomidan ham bo’linib turibdiki, bu fan o’tgan davrlarning iqtisodiy va siyosiy 
geografiyasini o’rganuvchi fandir. Bu fan "Geografiya tarixi" fanidan farqli o’laroq 
(Geografiya tarixi fani geografiya fanining paydo bo’lishidan, to rivojlanishiga 
qadar o’rganadi) jamiyatning turli davrlarda rivojlanish sharoitini o’rganuvchi aniq 
geografiyani tashkil etadi. Tarixiy geografiya alohida tuman-lardagi ishlab 
chiqarishning turli davrlarda o’sish haqidagi ma`lumotlarni aniqlashtiradi. Yoki 
tarixiy muhim voqea-hodisalarning bo’lib o’tgan joylarini, geografik shart-
sharoitlarini o’rganadi. Tarixiy geografiya fani muammolarini tarix fani o’ganadi, 
ammo shu bilan birga uni geografiya fanidan ham ajratib bo’lmaydi, chunki 
geografiya fanida ochilayotgan yangi ilmiy ma`lumotlar tarixiy geografiya fani 
uchun juda muhimdir. 
Tarixiy geografiya fanining materiallari tarixiy kartografiya fanining asosi 
bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy geografiya fanining rivojlanishi esa, tarix fanining 
rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir.
Tarixiy geografiya tarixiy bilimlarning asosiy tarmog`i bo’lib qoldiki, usiz 
tarixiy jarayonlar geografiyasini o’rganib bo’lmaydi. Usiz tasavvurlarimiz to’liq va 
aniq bo’lmaydi, tarixiy geografiya bilan geografiya tarixini farqlay bilish kerak. 
Geografiya tarixiy geografiya fanining bo’limi bo’lib, geografiya fanining 
rivojlanishi tarixini, sayohatlar tarixini, yerning hududiy kashf etilishi bilan bog`liq 
holda o’rganadi. Geografiya fanining muammolari tarixiy geografiya fani oldida 
turgan muammolari bo‘lishi mumkin, o’tmishning aniq geografiyasi bo’lishi 
mumkin emas. Tarixiy geografiya o’tmish tarixning aniq geografiyasini o’rganadi. 
Demak, tarixiy geografiya fani tarix fanlari sirasiga kirib, insoniyat tarixini 
o’tgan davrlari geografiyasini o’rganadi, bo’lib o’tgan voqea-hodisalarning ta-
rixini haqiqiy baholash uchun o’sha davrning tarixiy geografiyasini yaxshi bilish 
kerak. Bu narsa O`zbekiston tarixini, O’rta Osiyo tarixini obyektiv, ilmiy asoslan-
gan holda o’rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy geografiya zamonaviy 
geografiya kabi o’z bo’limlariga ega: tabiiy tarixiy geografiya, aholishunoslik 
tarixiy geografiyasi, xo’jalik geografiyasi yoki tarixiy-iqtisodiy geografiya, 
siyosiy-tarixiy geografiya, so’nggi bo’limga ichki va tashki chegaralar 
geografiyasi, siyosiy-ma`muriy bo’linishlar, shaharlar va qal`alar joylashishi, 
shuningdek, tarixiy voqea-hodisalar, harbiy yurishlar yo’llari, muxorabalar 


xaritalari, milliy ozodlik harakatlari geografiyasi ham kiradi. Fizik geografiya 
o’tgan bir necha ming yilliklar davomida o’zgarishsiz qoldi.
Lekin, kishilik jamiyati insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishi uchun 
landshaftlar uzgarishini urganish muximdir,chunki daryolar yizanining yizgarishi, 
vodiylar-ning yukolib ketishi, sug`orish sistemalarining paydo byilishi, kyil va 
dengizlar chegaralarining uzgarishi, yir-monlarning va xayvonot dunyosi ba`zi 
turlari yyiq byilib ketishi, insoniyat tarixini yizgartiruvchi omillar byilib xizmat 
kiladi. Bu omillarning xammasi tarixiy fizik geografiya bulimiga kiradi. Agar 
kaysidir davlatning tarixiy geografiyasini urganmokchi bulsa, avvalo tari-xiy-
iktisodiy va xujalik geografiyasini urganishimiz kerak. Tarixiy geografiyani 
urganish mobaynida urga-nuvchi turli-xil muammolarga duch kelishi mumkin.
Ma-salan, Koraxoniylar davlati xududlarini X-XII asrlarda yizgarib turishi, XVII-
XVIII asrlarda Ashtarxoniylar davlati chegaralarining yizgarib turishi, XVIII 
asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi, Qyikon va 
Xiva xonligining asosiy savdo yul-larining xaritasi. Chor Rossiyasi mustamlakasi 
bulgan Turkiston siesiy-ma`muriy ishlari. Amir Temur dav-ridagi vokea-xodisalar 
joylari, Moskva knyazligining IX- X asrlardagi davlatning yisishi, XIII-XIX 
asrlarda AKShdagi axolining yoyilishi va joylashishi kabi muam-molardir. 
Qaysidir davlatning tarixiy-iktisodiy va tarixiy-siesiy geografiyasini 
urganishda avvalo, u davlatning iktisodiy va tarixiy geografiyasini davrlar 
davomida rivojlanishini kurib chikish darkor buladi. Masalan, Yirta Osiyo, AQSh, 
Rossiya imperiyasi, Frantsiya, Xitoy, Germaniya, Xindiston va boshka 
davlatlarning XVIII asrdan XX asr boshigacha byilgan davrdagi tarixiy 
geografiyasini urganishda, iktisodiy va siesiy geografiya elementlarini birinchi 
bulib urganib chikish kerak. 
Bu elementlar axoli soni, uning milliy tarkibi, axo-lining joylashishi, 
axolining kaysi davlatlarda yasha-ganligi, bu davlatlar chegarasi, bu geografik 
xududdagi ichki ma`muriy byilinishlar tashkil etadi. 
Muammoning eng qiyin tomoni, bu yirganilayotgan xu-dudning iktisodiy 
geografiyasida kyirsatgichlarning kayd qilinishi ya`ni ishlab chikarish kuchlarining 
rivojlani-shi va joylashishini kursatishdir. Shundan sying, iqtisodiy va siyosiy 
geografiya asosiy elementlarning uzgarishlari analizini kilish mumkin. Masalan, 
AKShda 1861-1865 yillardagi fukarolar urushi davri, Rossiya-dagi isloxotlargacha 
va isloxotlardan keyingi davrlar, Germaniyaning qyishilishdan oldingi va keyingi 
davrlari kabilar kiradi.
Yukorida qayd qilingan tarixiy geografiya predmeti xakidagi tushuncha 
zamonaviy tarixiy va geografik fan-larda kabul kilingan.
Tarixiy geografiya fanining muxim vazifalaridan biri, bu yitgan davrdagi 
mamlakatlar siyosiy chegaralarini aniklash, tarixiy vokea-xodisalar joyini aniklash, 
yirganilayotgan xudud yoki mamlakatdagi axoli joylashuvida byilib yitgan 
yizgarishlarni aniklash kabilardir.
Tarixiy geografiyaning bu qismi siyosiy vokea-xodisalar tarixini urganish 
bilan urushlar bayoni va ular davlatlar chegarasini uzgartirishni urganish bilan 
xuku-mat faoliyatini ba`zida xukmdorlar, vazirlar va boshqa xukmdor shaxslarni 
urganish bilan uzviy boglikdir. Bunday vokea-xodisalarni yaxshirok tushunish 


uchun ta-rixiy geografiya juda kerakdir. Masalan, urushlar va ularning okibatlarini 
tyilaroq tushunish uchun qyishinlar xarakati, jangning borishi va bulib utgan 
joylarni ur-ganish darkor. Bu planda tarixiy geografiya bir kator tarixiy fanlar-
paleografiya (qadimgi qyilyozmalarning xati va tashqi kyirinishlarini yirganuvchi 
fan), xronolo-giya(1-tarix fanining vokealar va xujjatlarning xro-nologik tartibdagi 
vaqtini aniqlash bilan shug`ullanuvchi yordamchi soxasi, 2-vokealarning sodir 
byilgan vaqti tar-tibidagi birin-ketin bayoni va ryiyxati), metrologiya (yilchovlar 
xaqidagi ta`limot), geral`dika (lotincha-jarchi Xeraldus, tarix fanining gerb 
(tamg`a) shunoslik byilimi, dastlabki gerblar quldorlik va feodalizm jamiyatida 
zadagonlar sulolasi, xunarmandchilik kastalari yoki alo-xida shaxarlarning ramziy 
nishoni sifatida vujudga kelgan va maxsus sur`atlar shartli belgilar bilan bir-biridan 
farq qilgan. Familiya yozilgan gerblar 12 asrda paydo bulgan. Feodal davlatlar 
saroyida gerblarni ruy-xatdan yitkazish,sistemalash va yangi xillarini ishlab chi-
kish uchun aloxida xodimlar-gerbchilar ishlab turgan. 14asrdan boshlab,gerbchilar 
ustaxonasi tashkil topib,unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora 
uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va xarbiy qurollarga gerb 
sur`atlarni tushurish odat tusiga kirgan) kabi fanlar katorida turadi. Shuningdek, 
tarixiy geo-grafiyaning mazmuni ayniksa, xozirgi zamon nuqtai-nazarida 
qaraganda kengroqdir. Tarixiy geografiya ij-timoiy-iktisodiy jaraenlarni, milliy 
ozodlik xara-katlarini kengroq yirganadi. 
Keng mazmunda tarixiy geografiyani tarixiy jaraen-ni yirganuvchi tarix 
fanining bir byilimi desak adash-maymiz. Yukorida kayd etilganidek, tarixiy 
geografik izlanishlar tarix fani asoslanadigan manbalarga asos-lanadi. Tarixiy 
geografiya uchun kimmatli bulgan man-balar bular axoli ruyxatlari, xujalik xisob-
kitob daftarlari, yilnomalar, kadimgi geografiyaga oid kitob-lar kabilardir Tarixiy 
geografiya uchun katta axamiyatga ega bulgan manbalar yana bu arxeologik 
(kadimshunos) manbalardir U utgan davr iktisodiy geografiyasi uchun aloxida 
muxim axamiyatga egadir. Shuningdek, toponomik va antropologik manbalar xam 
tarixiy geografiya uchun muxim manbalar xisoblanadi. Darelar, kullar, shaxarlar 
va boshka geografik ob`ektlar nomlari ayniksa, shu xu-dudda kachonlardir 
yashagan xalklar bergan nomlar, shu xalklar bu xududda turli sabablarga kura 
kuchib ketishsa xam, ular bergan nomlar saklanib koladi. Toponomika (joy 
nomlari) xalklarning kaysi millatga tegishli ekanligini aniklab beradi Xalklar turli 
joylarga kuchganlarida uz yashash joylariga nom beradilar. Odam-lar kuprok 
uzlari oldin yashagan joylarning nomlarini yangi yashash joylariga xam beradilar.
Bu xolni biz AKSh shaxarlarini turli Yevropa davlatlari shaxarlari nomi bilan 
nomlanganligida kurishimiz mumkin. Bu nomlar usha shaxarlar axolining kaerdan 
kuchib kelganligi xakida ma`lumot beradi. 
Tarixiy geografiya avvalo tarix fani kabi tarix me-todidan foydalanadi. Tarix 
fani metodologiyasi bu ob`ektivlik va tarixiylik metodlaridir. Arxeologiya, 
toponomika, antropologiya manbalari yukoridagi prin-tsiplar asosida kayta 
ishlanadi. Tarixiy geografiya fan sifatida XI asrda vujudga keldi. Uning vujudga 
keli-shida ikki yirik tarixiy xodisa ya`ni X-XI asrlarda gumanizmning paydo 
bulishi va buyuk geografik kashfi-etlar (Vaska da gamma(1469-1524y) 
boshchiligida 4ta ke-madan kichik bir flotiliya 1497 yil ezida Lissabondan chikib 


1498y baxorida Xindistonning garbiy kirgokla-riga borib etdi va Kalkutta sh ga 
tushdi, Genuyalik Xri-stofor Kolumb (1451-1506y) 1492yilda Ispaniyaning 
Ferdenant va Izobellaning xukumatiga Xindistonga garb tomondan saexat loixasini 
taklif kildi. Kolumb erning sharsimonligi xakidagi ta`limotga asoslanib, ish kurdi 3 
kemadan iborat kichkina eskadra 1492 yilning 3 avgustida Palos gavanida 
Atlantika okeaniga junab ketadi. 1492 yil 12 oktyabrda Kolumb Karib dengizida 
markaziy Am-nrikaga yakin joydagi Vagama orollaridan birini topdi. Tezda u katta 
kushni orollar Gaiti va Kuba orollarini kashf etdi. Kolumb ochgan kit`aga Amerika 
degan nom boshka bir Italiya Florentsiyalik Amerigo Vespuch-chi(1452-1512) 
nomidan olib berildi. Kartograflar Ko-lumb kashf etgan erlarni 1507 yildaek uz 
kartalarida "Amerigo erlari" degan umumiy nom bilan kursata bosh-ladi. Fernando 
Magellanning saexati geografik kashfi-etlar tarixida katta axamiyatga ega buldi. 
Geografik kashfietlar Yevropaning iktisodiy xaetiga goyat katta ta`sir kursatdi. Bu 
kashfietlar natijasida "Jaxon bo-zorining birdan kengayishi muomiladagi 
maxsulotlarning kupayishi Osie maxsulotlarini va Amerika xazinalarini kulga 
kiritishga intilgan evropalik millatlar urtasida rakobat paydo bulishi, 
mustamlakachilik sistemasi" yuz berdi. Savdo yullari butunlay uzgarib ketdi. Ilgari 
ev-ropa savdosida asosiy rol` uynagan urta dengiz geogra-fik kashfietlardan sung 
uz axamiyatini yukotadi. Asosiy savdo yullari Atlantika okeaniga va shimoliy 
(nemis) dengiziga kuchirilgan Ilgari evropadagi savdo-sotik ishlari eng tarakkiy 
kilgan Italiya urnini boshka mam-lakatlar Portugaliya, Niderlandiya va Angliya 
egalladi) ta`sir kildi. Uygonish davrida odamlarda antik davr-larga kizikish 
kuchaygan Antik (kadimgi) dunega kizikish antik davr geografiyasi bilan 
shugullanishga olib keldi. Tarixiy geografiya fanida birinchi bor yaratilgan asar-
kadimgi dune atlasi edi. Uni XI asrning ikkinchi yarmida aflamand geografi A 
Orteliy yaratgan edi. U uz asariga ilova tarzida zamonaviy dune atlasini keltirgan 
edi. A Orteliy uz kartalarini kadimgi dune xakidagi kiskacha ma`lumotlar bilan 
keltirar edi. A Orteliyning asaridan sung tarixiy geografiya ilmiy tartibot sifatida 
vujudga keldi. Aytib utish kerakki Orteliyning uzi antik av-torlar ma`lumotlarini 
tankidiy nazarsiz kabul kilgan va shu ma`lumotlar asosida uz xaritalarini
chizgan. A Orteliyning bu kamchiligini XII asrda Leyden (Gollandiya) 
universiteti professori Klyuver tugirladi. U tarixiy geografiya buyicha ikkita
nomdor asar - Kadimgi Italiya va kadimgi Germaniyaning tarixiy
geografiyasini ezdi. Tarixiy geografiyani rivojlanti-rish uchun XII-XIII asr 
Frantsuz tarixchilari va shu davr Frantsuz geografi J B Anvil` xam katta xissa
kushdilar. Ular kadimgi dune tarixiy geografiyasi bilan birga urta asrlar tarixiy 
geografiyasini xam urganadilar. XIX asrning ikkinchi yarmida umumtarixiy
ilmiy ishlar ijtimoiy-iktisodiy tarixni urganish xisobiga boyib boradi. Bu
yunalish buyicha kuzga kurinarli kilingan ishlardan biri bu- 1936 yilda
Kembridjda Darbi raxbarligidagi kollektiv tomoni-dan chikarilgan Angliyaning
tarixiy geografiyasi tug-risidagi asarini aytishimiz xam mumkin A Orteliy-
ning uzining aytishiga karaganda uning ishlari "Ta-rix nazarida geografiya"
edi. Bu asar Angliyaning 1800chi yilgacha bulgan tarixiy geografiyasi. 
Yevropada tarixiy geografiyasi asoschilari safiga A.Orteliy F.Klyuver
J.B.Anvil` Darbi kabi olimlarning Rossiyadan V.N.Tatiev N.N.Barsov


S.M.Sere-donin L.A.Svitsin N.K.Lyubavskiy M.N.Tixomirov A.N.Nasonov
I.A.Golubtsov (tarixiy geografiya asoschisi) Markaziy Osiyo tarixida tarixiy 
geografiya elementlarini A.R.Beruniy A.B.Narshaxiy Mirxond Xondamirning
tarixiy asarlarida Z.M.Boburning mashxur "Boburno-ma" sida kurishimiz
mumkin. 
Markaziy osiyo tarixiy geografiyasining muxim manba-lari antik davr
olimlari Gerodot Polien Diodot Kvint Kurtsiy Ruf asarlari urta asrlarga oid
R G Klavixo Ibn Batuta asarlarida zamonaviy olimlar A Berns Vitkevich P 
Demizov A Vamberi va boshkalar asarlarida aks etgan yana muxim
manbalardan biri bu Abulgozi Baxodirxonning "Shajarai turk" asaridir. Undan
tashkari XIX asr faylasufi va tarixchisi A Donish asarlarini xam kiritish
mumkin. Tarixiy geografiyaning asosiy kismini erdamchi fanlar tashkil etadi.

Download 160,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish