Microsoft Word Cаидов Лотин-new doc



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/52
Sana08.06.2022
Hajmi1,8 Mb.
#643260
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
Bog'liq
markaziy-osiyo-xalqlari-tarixi compress

Savol va topshiriqlar: 
1.
 
«Katta Xorazm» davlati to‘g‘risida qadimgi mualliflar qanday fikrlar 
yozib qoldirganlar? 
2.
 
Qadimgi Baqtriya va «Katta Xorazm» yerlari hozirgi paytda qaysi 
hududlarga to‘g‘ri keladi? 
3.
 
Nima sababdan antik olimlar Ktesiyning Baqtriya haqidagi fikrlariga 
qo‘shilmaganlar? 
4.
 
Qadimgi Baqtriya hududidan qanday yodgorliklar topilgan? 
 
 


36
2.2. Zardushtiylik : “Avesto” 
O’quv maqsadi: 
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning 
dinda aks etishi, yakka hudolikka ishonishning paydo bo’lishi, ijtimoiy-
iqtisodiy asoslarini yoritib berish va “Avesto” Zardushtiylikning muqad-
das kitobi, eramizdan oldingi bir minginchi yillikning birinchi yarmidagi 
ijtimoiy jarayonlarning “Avesto”da aks etishi., zardushtiylikning asosiy 
qoidalari, ya’ni fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi 
haqida talabalarga ma’lumot berish, tushunchalar hosil qilish. 
Tayanch tushunchalar: 
Zand, Denkart, Mitra, Yasht, Zaroastr, 
Axriman, Vata
 
Urug‘chilik jamoasi o‘z taraqqiyotida asosan ikki bosqichni bosib o‘tdi. 
Birinchi bosqich urug‘ ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan. Bu davrda 
mulk tub ma’noda jamoaniki edi. Ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish 
mo’tabar zotlar - oqsoqollar (nmanishilar) qo‘lida bo‘lib, ular jamoa hayoti 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni oqsoqollar kengashi (anjumani) orqali 
hal kilganlar. Oksoqollar kengashi qo‘lida diniy va dunyoviy hokimyat 
birlashgan, ya’ni ular jamoaning kundalik faoliyatidagi xo‘jalik masalalarini 
hal etganlar. Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o‘zida oila jamoasi 
uchun diniy va dunyoviy boshlik, piru ustoz va murabbiy bo‘lgan. Qabila-
qishloq oqsoqoli esa oliy kengashning boshlig‘i sifatida butun qishloq 
ahlining ana shunday boshlig‘i hisoblangan. Mo’tabar shaxslarning topshiriq 
va buyruqlari jamoa a’zolari uchun qonun edi. 
"Avesto"da bayon etilishicha, eramizdan oldingi II mingyillik 
o‘rtalarida yashagan turkiylar, forsiylar, hindular, saklar, debriklar, oslar, 
toxarlar, daxlar, massagetlar, baqtriyaliklar, parkanaliklar, chochliklar va 
boshqa qavmlarning aksariyat ko‘pchiligi chorvador ko‘chmanchilikdan 
o‘troq hayotga o‘tib, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullana 
boshlashgan. 
«Avesto» Markaziy Osiyoning tarixan ajralmas qismi bo‘lgan Turon 
zamin hududlarida shakllangan eng qadimiy din - zardushtiylikning muqad-
das kitobidir. Unda o‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg‘on va boshqa 
xalqlarning ibtidoiy va qadimiy iloxiy tasavvurlari, koinot va Yerdagi dun-
yoning yaratilishi bilan bog‘liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-
axloqiy qarashlar o‘z aksini topgan. Davlatni qavm yani muhim ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarni o‘zida mujassamlashtirgan shoh 
boshqargan. "Kavi"ning davlatni boshqarish huquqining belgilanishida "farr" 
("Avesto" tilida "xvarno") prinsipiga qonuniy asos sifatida amal qilingan. 
"Avesto"da "Xvarno" shoh hokimiyati ramzini bildirib, shohlik ulug‘vorligi 
bilan bog‘lanib ketadi. U "Kavi"ga iloxiy farog‘atni va xukmronlik uchun 
qonuniy huquqni ta’minlaydi. «Avesto»la aks etgan asosiy qonun qoidalar, 
diniy e’tiqodning yetakchi tushunchalari tarixiy shaxs Zaratushtra nomi bilan 
45
ayrimlarida Kir II Araks daryosidan o‘tib, To‘maris boshchiligidagi mas-
sagetlar bilan urushgan deb yoziladi. Uchinchi bir manbalarda esa Kir 
derbiklar bilan va nihoyat, ayrimlarida dayolar bilan jang qilgan deyiladi. Bu 
yurish va uning natijalari hakidagi hikoyalar Gerodotda, Trog, Yustinda va 
boshka mualliflarda berilgan. Lekin Kir P yurishining aniq yunalishi masalasi 
hozircha o‘z yechimini topgani yo‘q. 
Ba’zi olimlar Araks daryosini Sirdaryo, Amudaryo yoki O‘zboy dar-
yolari bilan bog‘lashadi. Miloddan avvalgi 530 yil iyun oyi oxiri - avgust oyi 
boshlarida Kirning Markaziy Osiyo ko‘chmanchilari tomonidan tor-mor 
etilishi Markaziy Osiyo xalqlari tarixidan eng qadimgi, aniq belgilangan sana 
hisoblanadi. Bu aniq vaqt Vavilon hujjatlaridan kelib chiqadi. 
Ma’lumki, ular ichida Kir II nomidan chiqarilgan oxirgi hujjat miloddan 
avvalgi 530 yil 12 avgust bilan belgilangan bo‘lsa, Kir II vafotidan so‘ng 
o‘sish o‘rniga kelgan Kambiz nomidan berilgan hujjat miloddan avvalgi 522 
yil 31 avgust bilan belgilanadi. Demak, Kir II ko‘chmanchilar tomonidan 
avgust oyining boshlarida o‘ldirilgan. Ahamoniylar bosqichni mahalliy 
davlatchilik shakllanish jarayonini to‘xtatib qo‘ygan bo‘lsada, Markaziy 
Osiyoning bu yirik imperiya tarkibiga qo‘shilishi bu yerdagi xalqlar ijtimoiy 
rivojlanishini tezlashtiradi. Bu hol Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati, 
urf-odatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mahalliy boylar (aslzodalar) 
Ahamoniylar davlati hukmdorlari bilan tezda til topishib, ularning yordamida 
jamiyatdagi o‘z mavqeini kuchaytiradilar. Mehnatkash xalq esa bu davrda 
ikki tomonlama – ham mahalliy boylar, ham Ahamoniylar bosqichilari zulmi 
ostida qoladi. 
Natijada miloddan avvalgi VI asrning 20 - yillarida Marg‘iyona va 
Parfiya qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tadi. Ayniqsa, Marg‘iyona qo‘zg‘oloni keng 
tarqaladi. Bu haqida Bexustun yozuvlarida Doro I tomonidan shunday 
yoziladi: «...Marg‘iyona mamlakati ko‘zg‘olon ko‘tardi. Frada ismli bir 
kishini ular boshliq etdilar. Shundan keyin men Baqtriya satrapi, mening 
qulim Dadarshish ismli forsni yuborib, unga shunday dedim: «Bor, meni tan 
olmayotgan qo‘shinni tormor qil». Shundan keyin Dadarshish jo‘nab ketdi va 
marg‘yonaliklar bilan jang qildi. Axura-Mazda inoyati ila mening ko‘shinim 
ko‘zg‘olon ko‘targan qo‘shinni yengdi. Mamlakat meniki bo‘ldi». Bexustun 
yozuvidagi bu hakidagi sana miloddan avvalgi 522 yilning 10 dekabriga 
to‘g‘ri keladi va Kir II ning ko‘chmanchilar tomonidan tor-mor etilgan vaqti 
bilan birga Markaziy Osiyo tarixidagi eng qadimgi, aniq belgilangan sanalar 
hisoblanadi. Ahamoniylar davlati satrapliklarga bo‘lingan. Ularni satraplar 
boshqargan. Doro I davrila 20 ta satraplik bo‘lgan. Markaziy Osiyo to‘rtta 
satraplikka bo‘lingan. Gerodotning yozishicha, Kaspiy dengizi qirg‘oqlari 
bo‘ylab hayot kechirgan ko‘chmanchi qabilalar XI satraplik tarkibiga 


44

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish