24
fazasida qo‘llana boshlangan. Umuman, bu davr uchun muhtasham ibodat-
xona va saroy tipidagi monumental inshootlar qurilishi xarakterlidir.
O‘zbekiston hududida ham bronza davriga oid juda ko‘plab manzilgoh-
lar aniqlangan. Ayniqsa, qadimiy So‘g‘diyona mintaqasida ilk shahar mada-
niyatining ildizlarini o‘zida aks ettirgan yodgorliklar arxeologlar tomonidan
keng o‘rganilgan. Shuni qayd qilish kerakki, qadimgi So‘g‘diyona haqida gap
ketganda ko‘z o‘ngimizda vatanimizning to‘rt viloyati -Samarqand, Navoiy,
Buxoro va Qashqadaryo gavdalanadi. So‘g‘diyonaning o‘ziga xos tarixiy
madaniy o‘lka sifatida tarkib topishi, rivojlanishi va gullashida Zarafshon
daryosining ahamiyati beqiyosdir. Zarafshon daryosi tufayli So‘g‘dlik bobo-
dehqonlar bronza davridayoq o‘troq manzilgohlari, ya’ni qishloqlarga asos
solishgan. Mazkur qishloqlarning qoldiqlari endilikda
Zamonbobo va Sarazm
madaniyatlari nomi bilan fanga kirtilgan.
Yaqin kunlargacha So‘g‘dning bosh shaharlari bo‘lgan Samarqand va
Buxoroning XXV asrlik tarixining ildizlari qaysi davrga borib taqalishini
bilmas edik. Shuning uchun ham chet ellik ayrim tarixchilar o‘rtasida Sa-
marqand va Buxoroga shahar madaniyati Eron ahamoniylari yoki yuno-
nistonlik ellinlar tomonidan keltirilgan degan tasavvur paydo bo‘ldi.
Zamonbobo va Sarazm yodgorliklarining topilishi ana shu g‘ayri ilmiy
fikrlarga nuqta qo‘ydi va So‘g‘dning shahar madaniyati aynan shu o‘l-
kaning eneolit va bronza davri yodgorliklari - Sarazm va Zamonbobo
madaniyatlari asosida kelib chiqqanligini isbotladi.
Zamonbobo Zarafshonning quyi oqimi havzasida, uning qurib bora-
yotgan o‘zanlaridan birining yoqasida hosil bo‘lgan ko‘lning nomidir.
1950 yilda akademik Ya.G‘.G‘ulomov ana shu ko‘lning shimoliy sohilida
qadimgi qabristonga duch kelgan. Shuningdek, u ko‘l yoqasida, cho‘l
shamoli uchirib ketgan taqirlikda, usti ochilib qolgan bir necha qabrlarni
uchratadi. Eneolit va ilk bronza davriga oid bo‘lgan
bu yodgorliklarda
avval Ya.G‘.G‘ulomov, so‘ngra A.Asqarov qazishmalar olib bordi. Za-
monboboda o‘tkazilgan qazishmalar davrida 45 ta qadimgi mozor qoldiq-
lari topib o‘rganildi. Qabrlar hozirgidek lahad shaklida bo‘lib, skeletlar
o‘ng va chap yoni bilan huddi ona qornida yotgan chaqaloq singari
g‘ujanak bo‘lib yotganligi aniqlandi.
So‘g‘diyonada ilk dehqonchilik madaniyatining boshqa bir buyuk
yodgorligi qadimgi Sarazm qishlog‘i hisoblanadi. Hozirgi Sarazm qishlog‘i
Samarqandning Tojikiston bilan chegaradosh tumanida joylashgan.
Sarazmda qadimdan o‘zbeklari yashab kelgan. Shu qishloqning Avazali
uchastkasida istiqomat qiluvchi Ashurali Toyloqov 1976 yilning kuzida o‘z
tomorqasi va qo‘shnilari hovlisidan topilgan sopol siniqlari, bronza bolta
va pichoqlaridan iborat ashyoviy dalillar bilan Panjikent muzeyiga
murojaat qilgan. Bu yodgolikda 1977 yildan buyon panjikentlik arxeolog
Abdullo Isaqov arxeologik qazishmalar olib bormoqda.
25
Kulbalar va xilxonalarni qazish vaqtida arxeologlar sirtiga rangli
bezak solingan sopol parchalari, mis oyna,
oltin va kumushdan yasalgan
taqinchoqlar, qimmatbaho toshlar bronza, lazurit va serdalikdan yasalgan
munchoqlar topganlar. Sarazmning birinchi bosqichga oid materiallar ko‘p
jihatdan Janubiy Turkmanistonda topilgan va eneolit davriga oid yodgor-
liklarga aynan o‘xshab ketadi. Sarazmning ikkinchi boskichidan boshlab
uy-joy qurulishida alohida xonalar o‘rtasida doira va to‘rtburchak shaklida
ishlangan muqaddas otashkadalar (altarlar)ning paydo bo‘lishi qadimgi
sarazmliklarning olovga sig‘inishidan darak beradi. Keyinchalik bu yerda
ibodatxonalar qurila boshlagan.
Bronza davrida dehqonchilik vohalarida alohida-alohida aholining
joylashish tuzumi shakllandi. Aynan shu narsa shahar tipidagi aholi punkt-
larining shakllanishiga shart-sharoitlarni yaratdi. Shahar tipidagi aholi
punktlari yuzaga kelish omillarini bilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Birinchi omil - aholi zichligi va konsentratsiyalashuviga olib kelgan
oziq-ovqat yetishtirish usulidir.Dehqonchilik vohalarida aholi zichligi
ovchilik va termachilik davriga karaganda deyarli 100
barobar zichroq
bo‘lgan. Shu sababli dehqonchilik jamiyatlarining ilk bosqichliridagiga
nisbatan yirik aholi markazlari paydo bo‘ladi. Masalan, Turkmaniston
miloddan avvalgi 4-3ming yillardayoq aholisi 2000 yoki undan ortiq
dehqonchilik qishloqlari mavjud bo‘lgan .
Ikkinchi omil - hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi.
Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ayrim aholi punktlari asosan
maxsus ishlab chikarish, ya’ni hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan
aholi to‘plana boshladi. Hunarmandchilikning ajralishi jarayoni bilan
shaharlarning paydo bo‘lishi jarayoni bir vaqtda borgan. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, dastlabki shahar tipidagi aholi punktlarida aholi
hunarmandchilikdan ko‘ra ko‘proq dehqonchilik bilan shug‘ulanganlar.
Shaharlarning asta sekin rivojlanib borishi bilan hunarmanchilik shahar
hayotida toboro muhim mavqe’ uynay boshlagan. Hunarmanchilikning
yangi sohalar paydo bo‘la boshlagan. Umuman shahar va hunarmandchilik
bir birlarining yuksalishiga sharoit yaratgan.
Uchinchi omil - jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish va shakllanib
borgan boshqaruv organlaridir.
To‘rtinchi omil - o‘zaro aloqalarning rivojlanishidir.
Beshinchi omil - esa diniy tushunchadir.
Sababi turli ilohlarga atab
qurilgan ibodatxonalar hamma aholi punktlari uchun markaz bo‘lgan
shaharlarda qad ko‘targan.
Miloddan avvalgi IV – III ming yilliklarda janubiy Turkmanistonda
birinchi loydan ishlangan g‘ildiraklar paydo bo‘lgan. Transportning rivoj-
lanishi shaharlarga qishloq xo‘jaligi tumanining markazi, qo‘shimcha
mahsulot to‘planadigan va taqsimlanadigan markaz vazifasini o‘tash
48
yunonlik yana bir tarixchi Pliniy esa Baqtriya g‘allasini tilga oladi.
Baqtriyada dehqonchilik lalmikor va sun’iy sug‘orish asosida tashkil
etilgan bo‘lgan. Mil. avv. I ming yillik o‘rtalariga taalluqli ekanligi ma’lum
bo‘ldi. Arxeolog M.M.Dyakonovning Qal’ai Mir shahar - kal’asida olib bor-
gan tadqiqot ishlari natijasida Shimoliy Baqtriya madaniyatiga doir noyob
materiallar topildi. Shahar qal’aning tashqi devori boshqalariga qaraganda
qalinroq edi. Bu yerdan ham huddi Samarqand va Marvdagi kabi turli idishlar
topildi. Jumladan, ular sirasiga bronzadan yasalgan o‘q - yoy uchlari (mil.
avv. VII - VI asrlarga taalluqli) va temir buyumlar (pichok, igna)ni kiritish
mumkin. Bu yerning aholisi kulolchilik , tikuvchilik,
temirchilik, bronzaga
ishlov berish, hamda qishloq xo‘jaligi - sug‘orma dehqonchilik va chorva-
chilik bilan shug‘ullanishgan. Mil. avv. V - IV asrlarga tegishli yana bir
yodgorlik Qo‘rg‘ontepa yaqinidagi Bo‘ldoytepa yodgorligi bo‘lib, u
T.I.Zeymal tomonidan Vaxsh vodiysida topib o‘rganilgan.
Baqtriyada badiiy hunarmandchilik juda rivojlangan edi. Buni "Amu-
daryo hazinasi" nomi ostiga kirgan yirik san’at namunalari to‘plamidan ham
bilish mumkin. "Amudaryo hazinasi" jami 180 ta oltin va kumushdan ishlan-
gan buyum va ko‘plab tilla va kumush tangalardan iborat bo‘lgan. Bu buyum-
larning barchasini 1877 yilda Qabodiyonda Buxoro savdogari mahalliy
aholidan sotib olishgan. So‘ngra ular bu narsalarni Hindistonga olib ketish-
gan. Keyinchalik "Amudaryo hazinasi" nomi ostidagi bu qimmatbaho
buyumlar olimlar qo‘liga kelib tushgan. Ingliz tarixchisi A. Kenningem:
"...bu boy Baqtriyalik xonadoniga tegishli xususiy xazina" degan.
Markaziy Osiyo xalqlarining Ahamoniylar armiyasidagi o‘rni ham
katta edi. Yunon - Eron urushi Marafon jangida ham fors piyodalaridan sak
chavandozlari ajralib turgan va afinaliklar qo‘shinining markaziy chizig‘ini
chekinishga majbur qilgan.
Shunday qilib, Ahamoniylar davrida ko‘pchilik Markaziy Osiyo
xalqlarining jahon sivilizatsiyasining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi
o‘rni juda katta bo‘lgan. Ajdodlarimiz shu davrlardanoq chet el bosqin-
chilariga qarshi mardona kurash olib borishgan. Shu bilan birgalikda o‘z-
larining madaniy xususiyatlariini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: