18
1.4. Markaziy Osiyoda eneolit davri
O’quv maqsadi:
Markaziy Osiyoda eneolit va bronza davri yod-
gorliklari, ilk shaharsozlik, Markaziy Osiyoda eneolit davriga o’tishning
boshlanishi, eneolit davrining o’ziga xos xususiyatlari, eneolit davri
yodgorliklari xususida tushunchalar berish va ko’nikmalar hosil qilish.
Tayanch tushunchalar:
Eneolit, Sarazm, Lavlakon,
Beshbuloq,
Anov, Nomozgohtepa, metallurgiya, xumdon, sug‘orma dehqonchilik,
ko‘p xonali uylar,
misgarlik, degrezlik, kulba, xilxona, terrakota.
Miloddan avvalgi IV–III ming yilliklarga kelib Markaziy Osiyo
sharoitida bir necha yuz ming yillar davom etgan kishilik tarixining tosh davri
tugadi. Uning o‘rnini eneolit egalladi. Ibtidoiy jamoalar mehnat qurollarini
yasashda dastlab misdan foydalanishdi. Shuning uchun ham bu davr eneolit
mis-tosh davri deb ataladi. Eneolit yer sharining
barcha mintaqalarida bir
vaqtda boshlanmay, balki har bir hududning tabiiy-ekologik imkoniyatlariga
mos ravishda turli davrlarda boshlangan. Masalan, Osiyo va Afrikaning
qadimgi dehqonchilik mintaqalarida ibtidoiy jamoalar metall bilan avvalroq,
boshqa mintaqalarda esa ancha keyinroq tanishishgan.
Ayrim
tadqiqotchilarning fikricha, mis eritib olish san’ati – metal-
lurgiya mil. avv. VIII-VII va VII-VI ming yilliklar atrofida Yaqin Sharqda
vujudga kelgan. Mis Mesopatamiyaning tog‘li hududlarida mil. avv. IV
minginchi yilliklardan ishlatila boshlanganligi fanda ma’lum.
Insonlar tomonidan metall qazib olish va uni o‘zlashtirishni kashf
qilinishi kishilik tarixidagi buyuk voqealardandir. Metall jahonning deyarli
barcha qit’alarida mavjud. Insoniyat tarixida odam
avvalam bor qaysi metall
bilan dastlab tanish bo‘lgan ekanligi masalasi olimlar orasida munozara
bo‘lib kelindi. Ularning ayrimlari. avval mis kashf qilingan desalar, boshqalar
esa qalay ekanligi haqida fikr bildirishadilar. Aslida, mis ruda tarkibida
hamda alohida sof holda uchrashi mumkin. Qalay
esa tabiatda ruda tarkibida
uchraydi. Bularning qaysi biri dastlab kashf qilinganligi masalasi hozircha
jumboq. Sof mis ochiq tabiatda uchraydi va undan qadimda bolg‘alash yo‘li
bilan buyum yasash mumkin edi. To‘g‘ri, ayrim holatlarda mis boshqa ruda
va metall tarkibida yashirin ravishda ham uchrashi mumkin. Mis bo‘laklari
sof holda uchratilsa-da, ammo uni mis rudasidan ajratib olish ancha murak-
kab edi. Qadimgi davrlarda kishilar dastlab
mis eritmasidan foydalangan
bo‘lsa kerak degan taxminlar ham xaqiqatga yaqinroq ko‘rinadi. Kishilar
ko‘p holatlarda gulxan - o‘choq atroflaridagi ayrim toshlarning yumshoq ho-
latga aylanganliklarini, toshni toshga urganda uning sinmasdan pachoqlan-
ganligini
kuzatgan, albatta. Xullas, kishilar ayrim tosh (misli tosh) jinslarining
issiq harorat tufayli yumshashi yoki erishini payqab olishganlar. Mis rudasi
31
Do'stlaringiz bilan baham: