6-laboratoriya mashg’uloti mavzu: 11-guruh elementlari. Мis va uning birikmalari



Download 19,35 Kb.
Sana28.09.2021
Hajmi19,35 Kb.
#187463
Bog'liq
2 5348564804258761388


6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI

MAVZU: 11-GURUH ELEMENTLARI. МIS VA UNING BIRIKMALARI

1 – tajriba. Mis (II) gidroksidning olinishi va xossalari

Probirkaga 2 ml 2 n mis (II) sulfat eritmasidan solib, ustiga havo rang iviq cho‘kma-Cu(OH)2 hosil bo‘lguncha o‘yuvchi natriyning 2 n eritmasidan tomchilatib qo‘shing. Probirkani chayqatib ko‘ring, cho‘kma erimasligi kerak. Reaksiya tenglamasini yozing.

Cho‘kmani chayqatib, 3 ta probirkaga teng bo‘ling. Birinchisiga suyultirilgan 2 n H2SO4, ikkinchisiga konsentrlangan issiq NaOH, uchinchisiga esa konsentrlangan ammiak eritmasidan cho‘kma erib ketguncha tomchilatib qo‘shing. Hosil bo‘lgan eritmalarning rangiga e’tibor berib, reaksiya tenglamalarini yozing.

Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________

Xulosa: __________________________________________________________

2 – tajriba. Mis (I) yodidning olinishi

Probirkaga 5-6 tomchi 2n CuSO4 eritmasidan solib, shuncha hajmdagi 2 n KI eritmasidan qo‘shing. Cho‘kma hosil bo‘lib, probirkadagi aralashmaning sariq rangga o‘tishini kuzating. Probirkadagi sariq rang yod rangi ekanligini isbotlash uchun boshqa probirkaga 5-6 tomchi kraxmal kleystri tomizib, unga oldingi sariq rangli aralashmadan shisha tayoqcha yordamida bir tomchi olib tekkizing. Kraxmal kleystrining ko‘karishi yod hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi:



Cho‘kmadagi mis (I) yodid rangini aniqlash uchun aralash­maga konsentrlangan kaliy sulfit (Na2SO3) eritmasidan bir necha tomchi qo‘shing. Bunda yod qaytarilib, yodid ioniga o‘tishi sababli uning rangi yo‘qoladi. Cho‘kmada oq rangli mis (I) yodid qoladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini tenglashtiring:



Mis (I) yodid cho‘kmasini keyingi tajriba uchun saqlab qo‘ying.



Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________

Xulosa: __________________________________________________________

3 – tajriba. Mis (I) ning tiosulfat kompleks tuzini hosil qilish

3-tajribada olingan mis (I) yodid cho‘kmasining ustiga, cho‘kma erib ketguncha natriy tiosulfat eritmasidan tomizing. Bu reaksiyada mis (I) ionining koordinatsion soni 4 ga tengligini hisobga olib, reaksiya tenglamasini yozing.



Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________

Xulosa: __________________________________________________________

4 – tajriba. Kumush galogenidlarni hosil qilish

Uchta probirka olib, ularning har biriga 2-3 tomchi AgNO3 eritmasidan soling. Birinchi probirkaga KCl eritmasidan tomcxilab qo‘shilganda oq, ikkinchisiga KBr eritmasidan qo‘shilganda sarg‘ish, uchinchisiga esa KI eritmasi tomizilganda sariq cho‘kmalar hosil bo‘lishini kuzatib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarni keyingi tajriba uchun saqlab qo‘ying.



Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________

Xulosa: __________________________________________________________
Download 19,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish