26
imkonini ham yaratdi.
Shaharlarning tashkil topishi va rivojlanishi sivilizatsiyaning tarkibiy
qismidir. Ma’lumki, sivilizatsiya kishilik jamiyati rivojining ma’lum
davrida paydo bo‘ladi. Sivilizatsiyaning yuzaga kelishida va rivojlanishida
shahar yetakchi rol o‘ynaydi.
Sababi
,
shaharlar sivilizatsiya paydo bo‘lishi
va rivojlanishini ta’minlagan barcha jarayonlar kechgan markaz rolini
bajargan. Shu sababli sivilizatsiya iqtisodiy, madaniy asoslarining va ilk
tabaqaviy jamiyatlarning tashkil topishi shahar tipidagi aholi punktlarining
tashkil topishi va rivojlanish bilan birga bog‘liq jarayon sifatida qaraladi.
Bu jarayon fanda «shahar inqilobi» deb ataladi.
Hunarmandchilikning ajralish jarayoni bilan shaharlarning paydo
bo‘lishi jarayoni bir vaqtda borgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki,
dastlab
shahar tipidagi aholi punktlarida aholi hunarmandchilikdan ko‘ra ko‘proq
dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan. Shaharlarning asta-sekin rivojlanib bo-
rishi bilan hunarmandchilik shahar hayotida tobora muhim mavke’ o‘ynay
boshlagan. Hunarmandchilikning yangi sohalari paydo bo‘lgan. Umuman,
shahar va hunarmandchilik bir-birlarining yuksalishiga sharoit yaratgan.
Markaziy Osiyoda qadimgi shahar tipidagi aholi punktlarida hunarmand-
chilikning metalurgiya va kulolchilik kabi tarmoqlari rivojlangan.
Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqalpog‘iston
hududlaridan ham topilib o‘rganilgan. Amudaryo etaklaridagi Tozabog‘yob
kanali yaqinidan topilgan Tozabog‘yob madaniyati, Amirobod kanali etakla-
ridan topilib o‘rganilgan Amirobod madaniyati shular jumlasiga kiradi. Bu
manzilgohda yashagan odamlar o‘troq holda urug‘ jamoa bo‘lib yashaganligi
sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganligi aniqlandi.
Mamlakatimizning shimolidagi cho‘l va dasht joylarida chorvador
urug‘ jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo‘jalikning
asosiy tarmog‘i bo‘lgan. Otliqlar-cho‘ponlar qoramol, ko‘y, echkilardan
iborat podalarii uzoq joydagi yavlovlarga haydab borganlar.
Bronza davri oxirlarida chorvador qabilalarning o‘z
podalarini haydab
o‘troq dehqon jamoalari yashaydigan vohalarga tinch yoki zo‘rlik bilan
kirib borganligi ham kuzatiladi. Natijada etnik jarayonlar kuchayib shimol
va janub qabillarining dastlabki aralashuvi yuz berib, hozirgi zamon o‘zbek
va tojiklarining dastlabki etnik qatlami shakllana boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: