34
birida mahalliy hokimliklarning o‘rdasi bo‘lgan. Qadimgi Baktriya pod-
sholigi esa ana shu tuman va viloyatlarni birlashtiruvchi harbiy-demokratik
tipdagi konfederatsiya edi.
Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda bir butun yirik madaniyat markazi
sifatida shakllangan yurtlardan biri Baqtriyadir. Uning hududini
O‘zbekistonning
Surxondaryo viloyati, Janubiy- G‘arbiy Tojikiston yerlari,
Shimoliy Afg‘oniston tashkil etadi. Bu yurt o‘z vaqtida Eron ahamoniylar
davlatiga tobe sifatida katta jarima to‘lardi.
Shunday davlat uyushmalaridan yana biri Qadimgi Baqtriya saltanati
bo‘lgan. «Avesto»da Baqtriya «go‘zal, tog‘lari yuksak ko‘tarilgan» deb
tasvirlanadi. Baqtriya haqida eng qadimgi ma’lumotlar ahamoniylar bitik-
larida, xususan, dunyoga mashhur Naqshi Rustam maqbarisi va Bexustun
qoyasida uchraydi.
Persepolda saroyidagi ganchkor rasmlarda baqtriyaliklar o‘n beshinchi
qatorda idish ko‘targan holda va ikki o‘rkachli Baqtriya tuyalari bilan
tasvirlangan. Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Ahamoniylar imperiyasining
iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan. U haqidagi xilma xil
malumotlar qadimgi yunon tarixchilari – Gerodot, Ktesiy, Strabon, Diador,
Arrian, Kursiy Ruf, Gekatey, Skilak va boshqalarning asarlarida mavjuddir.
Mualliflarning ta’kidlashicha, mazkur mamlakatning qadimiy bo‘lib, mada-
niyati yuksak darajada rivojlangan. Masalan, Ktesiy Ossuriya podsxosi Nin-
ning Baqtriyaga qilgan yurishi, Baqtriya podsxosi Oksiart va uning xazinasi
haqida xabar beradi. Ktesiy tomonidan tasvirlangan xalqlar orasida baqtriya-
liklar birinchilardan bo‘lib tilga olingan. Baqtriyaning o‘zini
esa u sharqqa
joylashtiradi, g‘arb tomonidan Baqtriya «tekisligiga» boradigan yo‘lni
«tog‘lar» to‘sib turishi, ulardan faqat «dovonlar» orqali o‘tib borilishi haqida
yozib qoldirgan. Baqtriya Tanaisdan Xind daryosigacha cho‘zilgan. Tanais
uni Yevropadan ajratib turadi. Bundan tashqari «Baqtriya» nomi Esxilning
miloddan avvalgi 472 yilda sahnaga qo‘yilgan «Forslar» tragediyasida,
shuningdek Gekatey, Skilak asarlarida ham uchraydi.
Tadqiqotlarning chuqur tahlili qadimgi Baqtriya saltanatning
hududlari Baqtriya o‘lkasi hududlaridan katta ekanligini ko‘rsatadi. Uning
tarkibiga Marg‘iyona va So‘g‘d ham kirgan degan fikrni tasdiqlaydi.
Shunisi e’tiborliki, Baqtriya tabiiy boyliklari mamlakatning tashqarisiga,
hatto Old Osiyogacha ma’lum bo‘lgan. Ayniqsa, Badaxshon la’li barcha
Sharq hukmdorlari orasida yuksak qadrlangan.
Shunday qilib, arxeologik va yozma manbalarning tahlili miloddan av-
valgi birinchi ming yillikning boshlarida, Ahamoniylarning bosqinchilik-
laridan ancha oldin qudratli harbiy-siyosiy uyushmalar, ilk davlatlar bo‘lgan-
47
jamoalarn yetakchi rol o‘ynagan. Ahamoniylar sulolasi hukmronligining
o‘rnatilishi Markaziy Osiyoning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotiga ikki xil
ta’sir ko‘rsatdi. Bir tomondan bu yerda quldorlik
tizimi rivojlanishini
tezlashtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning xonavayron bo‘li-
shiga olib keldi. Mamlakatdan juda ko‘p boyliklar o‘lpon tarzida olib
chiqib ketilar, usta hunarmandlar esa Ahamoniy podsholar saroylarini
qurish uchun poytaxtga jo‘natilar edi.
Afrosiyob shahar qoldiqlarini o‘rganish davomida arxeologik mate-
riallar, hamda antik davr tarixchilari qaydnomalaridan So‘g‘dning o‘sha
davrdagi hayotini umumiy tarzda tasvirlash imkonini beradi. So‘g‘dning
bu davrdagi ijtimoiy - iqtisodiy hayotida dehqonchilik asosiy rol o‘ynagan.
Bu vaqtga kelib So‘g‘dda dehqonchilik sun’iy sug‘orish usuliga o‘tib
bo‘lgan edi. Ahamoniylar hukmronligining so‘nggi davrida So‘g‘dda deh-
qonchilikning rivojlanganligi haqida tarixiy qo‘lyozmachalarda ko‘plab
ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Jumladan, yunon tarixchisi Strabon, Politi-
med, ya’ni Zarafshon daryosi haqida quyidagilarni yozib qoldirgan:
"Mahalliy yerlarni sug‘orgach, daryo sahro tomon oqib, o‘sha yerda qum-
larga singib ketadi ". Demak, Zarafshon daryosi so‘g‘diylar qazigan
ko‘plab kanallarga qo‘shilib, so‘ngra cho‘l tomonga oqib ketgan ekan.
Aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan qishloq
manzilgohlari bilan bir qatorda shaharlar ham bo‘lgan. Ulardan eng yirigi
esa Marokand shahri bo‘lgan. Shahar ichidan Siyob daryosi oqib o‘tgan.
Arxeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, qadimgi Samarqand shahri
(yoki uning markazi) Afrosiyob shahar - kal’asi o‘rnida bo‘lgan.
Xorazm ekspedisiyasi tadqiqotlari mil. avv. VI-V asrlarda Xorazmda
yirik aholisi manzilgohlari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Ulardan
biri Ko‘zaliqir
shahri hisoblanib, u uchburchak shaklida bo‘lib, 1 km
masofagacha cho‘zilgan. Shahar - kal’aning tashqi perimetrlari yo‘lak-
simon bo‘lib, eni 2,5 metrdan 4 metrgacha bo‘lgan. O‘rganilayotgan davr
Xorazm yodgorliklariga, shuningdek, Dingilja va Qal’aliqir aholi manzil-
gohlarini kiritish mumkin.
Marg‘iyona o‘zining serhosil dalalari bilan mashhur bo‘lgan. Strabon-
ning qayd etishicha, Marg‘iyonada juda ajoyib uzum navi yetishtirilgan.
Vu yerda Ahamoniylar sulolasi hukmronligidan avvalroq yirik aholi turar -
joylari qadimiy ko‘targan. Ularning eng yirigi Gayurqal’a o‘rnidagi
qadimgi Marv shahar kal’asi bo‘lgan.
Shimoliy Parfiya (Marv) da Yelkantepa shahar - qal’asi asosiy turar –
joylaridan biri bo‘lgan. Arxeologik tadqiqotlar shu davrda Marv vohasida
yirik sug‘orish kanallari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatmoqsa. Arxeologlar
tomonidan bu yerdan ko‘plab buyumlar topib o‘rganilgan.
Baqtriyada ham aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan.
Kvint Kursiy Ruf Baqtriya uzumzorlari va boshqa jihatlari haqida to‘xtalsa,
46
kirganlar va Ahamoniylarga yiliga 200 vavilon kumush talanti (talant — 30
kg ga yaqin kumush) mikdorida xiroj to‘laganlar. Xorazm, Sug‘diyona va
Parfiya XVI satraplik tarkibiga kirib, 300 talant to‘laganlar.
Baqtriya XII satraplikni tashkil etib, 360 talant to‘lagan, saklar XV
satraplikning tarkibiga kirib, 250 talant to‘laganlar.
Ahamoniylar davlati harbiy aristokratik davlat bo‘lib, hukmron forslar
va midiyaliklardan chiqqan boylarga tegishli bo‘lgan.
Markaziy Osiyo mahalliy ma’muriyatining hokimiyati ham katta
bo‘lgan. Asta-sekinlik bilan ular orasida separatizm kuchayib borgan. Qar-
shilik ko‘rsatishning markazi Baqtriya bo‘lgan. Bu satraplikning Ahamo-
niylar podsholigi tarkibidagi
ahamiyagi shunchalik ediki, Baqtriya noib-
ligiga albatta Ahamoniylar xonadoniga mansub shahzodalardan tayinla-
nardi. Aynan shu satraplik tez-tez markazga qarshilik harakati olib borgan.
Miloddan avvalgi IV asrdagi Ahamoniylar davlati kuchsizlanish jarayoni
bu harakatni yanada kuchaytirdi. Miloddan avvalgi IV asrning 2-yarmidan
Xorazm mustakilligini tiklaydi. Kuchsizlanib qolgan Ahamoniylar davlati
miloddan avvalgi IV asrda Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari tomo-
nidan bosib olingan.
Ahamoniylar davlati 200 yil hukm surdi va Markaziy Osiyo xalqlari
tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda yirik ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y beradi,
yagona pul tizimi, soliq tizimi, ma’muriy bo‘linish tizimi, yagona umum-
davlat yozuvi – oromiy yozuvi paydo bo‘ladi. Shuningdek, davlat pochtasi
tashkil topadi. Qadimgi karvon yullari qayta tiklanib, yangilari ko‘riladi.
Amaldagi turli xalqlarning qonunlari bilan birga yagona yangi davlat
qonunlari ishlab chiqiladi. Ahamoniylar davrida xalqaro savdoga qulay imko-
niyatlar yaratiladi. Yagona davlat tarkibidagi turli xalqlar ilmiy bilimlari,
san’ati va diniy tushunchalari bir-birlarini to‘ldirib, boyitib,
barcha xalqlar-
ning boyligiga aylanadi. Ahamoniylar davrida Markaziy Osiyoliklar ilk bor
zarb qilingan tanga pul bilan, oromiy yozuvi bilan tanishishdi, bunga Mar-
kaziy Osiyo hududlarida Ahamoniylar davrida amalda bo‘lgan tilla va boshqa
tangalarning topilganligini dalil sifatida ko‘rsatish mumkin. Markaziy Osiyo
xalqlari yagona davlat tarkibidagi qadimgi Elam, Vavilon, Misr sivilizatsiyasi
bilan tanishadi. Ahamoniylar davlati madaniy hayotida Markaziy Osiyo
xalqlari: baqtriyaliklar, xorazmiylar, sug‘diylar, parfiyaliklar, marg‘iyonalik-
lar va saklar ham muhim o‘rin egallaganlar.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Ahamoniylar sulolasi
xukmronligi davridagi Markaziy Osiyo sharqiy
eroniy xalqlarning ijtimoiy
- iqtisodiy turmush tarzi g‘arbiy eronliklardan tubdan farq qilgan.
Markaziy Osiyoda ham kuldorlik tuzumlari rivojlangan bo‘lsada. bu
yerda u xo‘jalikning asosiy omili bo‘lib qolmadi. Bu yerda qabilaviy urug‘
35
ligini ko‘rsatadi. Mintaqadagi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlarni birlashtirgan
mazkur siyosiy uyushmalar ichki taraqqiyot natijasida va shuningdek
g‘arbdan eramizdan 9-7 asrlarda mavjud bo‘lgan qudratli Ossuriya va Midiya
davlatlarining bosqiniga qarshi ittifoq sifatida tashkil topgan degan xulosaga
kelish mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizda va xalqaro jamoatchilikda
“Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi Qarshi shahri tashkil topganligining
2700 yilligi, Samarqand shahrining 2700 yilligi keng nishonlanganligi
hududimizda sivilizatsiya asoslari bundan uch ming yillar oldin shakllan-
ganligini aniq isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: