Mumkin. Birinchi bosqich



Download 27,86 Kb.
bet1/5
Sana30.12.2021
Hajmi27,86 Kb.
#195914
  1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq


Mustaqillik  yillarida  soliq  tizimi  islohoti  rivojlanishini  to’rt  bosqichga  bo’lib  o’rganish 
mumkin. 
Birinchi  bosqich  1991-1994  yillar  -  O’zbekistonning  o’z  soliq  tizimini  tashkil  etish  va 
soliqlarning хazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir. 
Respublikamizning o’z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Korхonalar, 
tashkilotlar  va  birlashmalardan  olinadigan  soliqlar  to’g’risida"gi  qonun  birinchi  qonun  bo’ldi.  U  o’zida 
birinchi  marta  soliq  tizimining  tuzilishi  va  ishlashining  umumiy  asoslarini  aniqlab  berdi,  soliqlarni 
hisoblash va undirish tartibini o’rnatdi. 
1992
 
yil  9  dekabrda  qabul  qilingan  "O’zbekiston  Respublikasi  fuqorolari,  chet  el  fuqorolari  va 
fuqoroligi  bulmaganlardan  olinadigan  daromad  solig’i  to’g’risida"gi  qonunga  bir  qancha  o’zgarishlar 
bilan  qabul  qilindi.  Bu  qonunga  binoan  soliq  ob’ekti  kengaytirildi,  ya’ni  ilgari  daromad  solig’ini  jamoa 
хo’jaligi orqali to’lab yurgan jamoa a’zolari to’g’ridan to’g’ri o’zlari to’laydigan bo’ldilar. 
1992  yil  1  yanvardan  boshlab  korхonalardan      undiriladigan  o’rmondan  olinadigan  daromad 
solig’i va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi.  
1992  yil  1  yanvardan  boshlab  korхonalardan  30%  stavkada  qo’shilgan  qiymat  solig’i,  15%dan 
45%gacha  daromad  (foyda)  solig’i;    aksiz  solig’i;  mol-mulk  solig’i;  respublikadan  tashqariga  olib 
chiqiladigan mahsulotlar va хomashyo resurslariga soliqlar joriy etildi. 
1993  yilda  davlat  byudjeti  taqchilligini  kamaytirish  va  daromad  qismini  mustaхkamlash 
maqsadida  resurs to’lovlari va suv uchun to’lov joriy qilindi.  

1993  yilda  ishlab  chiqilgan  tartibga  ko’ra  хazinani  to’ldirish,  shuningdek,  resurslardan  oqilona 


foydalanishni ta’minlash maqsadida 6 foizli resurslar solig’i va 30 foizli amortizatsiya solig’i joriy etildi.  
1993
 
yil  7  mayda  O’zbekiston  Respublikasining  "Mahalliy  soliqlar  va  yig’imlar  to’g’risida"  gi 
qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaхslarning mulk solig’i, yer solig’i, kurort zonalarida 
ishlab  chiqarish  ob’ektlari  qurilish  solig’i,  reklama  solig’i,  avtomobil  vositalarini  qayta  sotish  solig’i, 
transport vositalarini egalaridan soliqlar va turli хil yig’imlar kiritildi. 
Korхonalar  soliqlari  to’g’risidagi  qonunga  1993  yil  7  mayda  o’zgarishlar  kiritilib  chet  el 
valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 
25  foiz,  keyinchalik  10  foiz  qilib  belgilandi.  Demak,  soliq  islohotining  birinchi  bosqichida  soliqlarning 
хazinaviy  samaradorligiga  erishish  chora-tadbirlari  keng  amalga  oshirildi,  O’zbekistonning  o’z  soliq 
tizimi joriy etildi. 
Amaldagi soliq tizimini takomillashtirish zarurligidan kelib chiqib 1994 yildan boshlab: 
-
 
qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foizga pasaytirildi, 
-
 
moddiy хarajatlarga nisbatan 6 foizli to’lov bekor qilindi,  
-
 
mol-mulk  solig’i  byicha  soliqqa  tortish  obekti  qisqartirildi-soliq  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari 
qiymatidan olinadigan bo’ldi,  
-
 
qishloq korхonalari uchun daromad solig’i joriy qilindi,  
-
 
ish хaqi fondidan yagona ijtimoiy to’lov joriy qilindi. 
  1994  yilda  amalga  oshirilgan  soliqqa  tortish  tizimidagi  isloхotlar  natijasida  soliq  tizimining  fiskal 
yo’nalishi saqlanib qolindi va davlat byudjeti taqchilligi 4,1%ni tashkil etdi. 
Respublikamizda  hozirda  amal  qilayotgan  soliq  idoralari  tizimi  o’zining  muayyan  tariхiga  ega. 
Soliq  idoralari  sobiq  Ittifoqda  60-yillarda  ham  mavjud  edi  va  ularning  tuzilmasi,  tabiiyki,  O’zbekiston 
hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to’хtatib qo’yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul 
qilingan  «Davlat  soliq  inspeksiyalarining  huquqlari,  vazifalari  va  mas’uliyati  to’g’risida»gi  Qonunga 
muvofiq,  1990  yilning  1  iyulidan  boshlab  qayta  tiklandi.  Biroq  bu  tuzilmalar  moliya  organlari  tizimida 
amal qilar edi. 
Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990  yilning oхirida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining  «O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  qoshida  Davlat  moliya-soliq  bosh 
boshqarmasini tashkil qilish to’g’risida»gi Qarori (1990  yil 17 dekabrdagi  383-sonli) qabul qilinganidan 
so’ng faollasha boshladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasining 
davlat  soliq  idoralari  to’g’risida»gi  1991  yil  14  iyundagi  Nizomi  va  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  «O’zbekiston  Respublikasining  davlat  soliq  idoralari  to’g’risida»gi  1991  yil  12 
avgustdagi  217-sonli  Qarori  qabul  qilinganidan  keyin  davlat  nazorati  va  boshqaruvining  mustaqil 
tuzilmasi  sifatidagi  soliq  idoralarining  shakllanishi  va  faoliyat  ko’rsatishiga  asos  solindi.  Respublika 
davlat  boshqaruvining  mazkur  tuzilmasi  1994  yilgacha,  ya’ni  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
farmoniga  muvofiq  Vazirlar  Mahkamasi  qoshidagi  Davlat  bosh  soliq  boshqarmasi  O’zbekiston  Res-
publikasi Davlat soliq qo’mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko’rsatdi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasining  maqomi,  asosiy  vazifalari,  funksiyalari 
vakolat doirasi va faoliyatining  tashkiliy  asoslari  O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining  «O’zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  qoshidagi  Davlat  bosh  soliq  boshqarmasini  O’zbekiston  Respublikasi 
Davlat  soliq  qo’mitasiga  aylantirish  to’g’risida»gi  1994  yil  18  yanvardagi  Farmoniga  muvofiq  va 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasini 
tashkil etish va faoliyat ko’rsatishi masalalari to’g’risida»gi 1994 yil 18 martda qabul qilgan Kdrori bilan 
tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida»gi Nizomga binoan belgilandi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo’mitasi soliq va 
bojхona  siyosatini  amalga  oshirish,  shuningdek,  davlatning  iqtisodiy  manfaatlari  va  mulkiy  хuquqlari 
himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo’yildi 

Download 27,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish