MAVZU: XONLIKLAR DAVRIDA MADANIYATNING AHVOLI
Reja:
1.XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Qо‘qon xonligi madaniyati.
2.XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Hiva xonligi madaniyati.
3.XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Buxoro amirligi madaniyati.
4.Kitobat, xattotlik, musavvirlik va tasviriy san’at ijodi.
5.She’riyat.
1. XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Qо‘qon xonligi madaniyati.
Qo‘qon xonligining XVIII-XIX asrning birinchi yarmida kechgan madaniy xayotida tarixnavislik sezilarli ravishda o‘sib borganini ko‘ramiz.
Qo‘qon xonligi tarixi Mulla Olim Maxdumxoji («Tarixi Turkiston»), Muxammad Xakimxonto‘ra («Muntaxab at-tavorix»), Fazliy Namangoniy («Shoxnoma»), Mushrif Isfarangiy («Shoxnomai Umarxon»), Avazmuxammad («Tarixi jaxonnomayi»), Niyoz Muxammad Xukandiy («Tarixi Shoxruxiy», «Tarixi sayyidi Xudoyorxon»), Muxammad Solixo‘ja Qoraxo‘ja o‘g‘li («Tarixi jadidi Toshkand») asarlarida keng yoritilgan.
XVIII asr adabiy xayotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari: Mujrim Obid, Shavqiy, Hiromiy, Hoziq, Ahmad Donish singari shoir va adiblar o‘z davri adabiy jarayoniga salmoqli hissa qo‘shdilar.
Quqon honi Umarhon davrida (1810-1822 yillar) shakllangan va rivojlangan Kuqon adabiy muhiti honlikning madaniy hayotida kata o‘rin tutdi. Umarhonning «Amiriy», о‘g‘li Muhammad Alixon «Xon», rafiqasi Mohlaroyim esa «Nodirabegim» taxalluslari bilan tanilgan shoirlar edi.
Fazliy Namanganiy tuzgan «Majmuai shoiron» tazkirasida Qо‘qonda yashab ijod etgan 63 shoir haqida ma’lumot beriladi.
Qо‘qonda hajviyotning rivojida Gulhaniyning «Zarbulmasal», Mahmurning xajviy she’rlarining alohida о‘гш bor.
Bu davr adabiyotining muhim xususiyatlaridan biri Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Dilshod Otin kabi shoiralarning adabiyot maydoniga chiqishidir. Ular faqat g‘azalchilik bilan cheklanmasdan, risola va dostonlar ham yozganlar.
2. XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Hiva xonligi madaniyati.
Xiva honligida bu davrda ananaviy lirika bilan tazkiranavislik rivoj topdi. Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlari an’anaviy Sharq, nashrining go‘zal namunalari bo‘ldi.
XVII-XIX asrlarda Xorazmda XV asrda erishilgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’rifiy-tarbiyaviy fikrlarni davom ettirib, ijtimoiy hayotiy masalalarni chuqur badiiy bayon etishga urinish va targ‘ib etishga intilish to‘zga tashlanadi. Chunonchi, bu davrlarda yashagan Muhammad Xoksor, Muhammadniyoz Nishotiy, Vafoiy, Roqim, Paxlavonquli Ravnaq, Nurmuhammad Andalib, Berdaq, Munis, Ogahiy kabi adib va mutafakkirlarning asrlarida ilgari surilgan yoshlarni ma’rifatli qilish, ularda ilm-fanga muxabbat uyg‘otish, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishishga da’vat, ustoz-shogird munosabat- lariga oid fikrlar Horazmda ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlarning rivojlanishida muhim rol о‘ynadi. Shuni ham aytib о‘tish kerakki, Ogahiyning katta tarihiy xizmatlari tufayli Sharq daholari bо‘lmish Nizomiy, Sheroziy, Jomiy, Xiloliy singari adiblarning shox asarlari fors tilidan о‘zbek tiliga tarjima qilindi. Hiva xoni Muhammad Raximhon II Feruz Ogahiyning iste’dodli shogardlaridan bо‘lgan.
3. XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Buxoro amirligi madaniyati.
XVI-X1X asrlar Buxoro xonligi (amirlik) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotini o‘rganishda tarixnavislar: Fazlullox ibn Ruzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Xofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shoxiy» (ko‘proq «Abdullanoma» nomi bilan mashhur), Zaynuddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’», Muxammad Vafo Karmanagiyning «Tuxfat ul-xoniy», Mirza Muxammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy», Muxammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muxammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Abdurahmon Tolening «Tarixi Abulfayzxon», Muxammadsharifning «Tarixi Amir Xaydar», YAqub Buxoriyning «Gulshan ul- muluk», Mir- olim Buxoriyning «Fatxnomayi sultoniy», Mirza Abdul Abduazim Somiyning «Mang‘it sulolalari tarixi» singari asarlari muhim o‘rin tutadi.
4. Kitobat, xattotlik, musavvirlik va tasviriy san’at ijodi.
Xar uch xonlikda badiiy ijodning «xalq kitoblari» turi rivoj topganini ta’kidlash joiz.
Gо‘rо‘g‘li turkumidagi о‘nlab jangnomalar, tarixiy mazmundagi, qahramonlik dostonlari «Tohir va Zuhra», «Oshiq Fapib va Shohsanam», «Sayyod va Xamro», «Yusufbek va Ahmadbek», «Alibek va Bolibek», «Xurshid va Malikai Dilorom» dostonlarining xalq kitobi variantlari maydonga keldi.
Muhammad Darvish Samarqandiy (XVI asr oxiri - XVII asr boshi). Musavvir va xattot. Asarlarida Markaziy Osiyo miniatyura maktabiga xos xususiyatlar o‘z ifodasini topgan. Uning «Dostonu zebu zevar» qo‘lyozmasiga ishlangan 4 rasmi (Britaniya muzeyida), Sa’diyning «Bo‘ston» asari qo‘lyozmasiga ishlangan miniatyuralari (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) va yozgan qit’asi (Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) saqlanib, bizgacha yetib kelgan.
Abulg‘oziy Ubaydulla Bahodirxon (XVII asr). Muhammad Shayboniyxonlar sulolasidan. 1643 yilda Xiva taxtiga o‘tirgan. Davlatga rahbarlik qilish bilan ayni vaqtda ilm, ijod bilan ham shug‘ullangan. Hadis ilmida muhaddislar ustozi bo‘lmish xoja Mavlono Isfahoniyning, islom huquqi ilmida esa mavlono Mahmud Azizonning shogirdi bo‘lgan. Qiroatda esa mavlono Yormuhammad qoriyga shogird tushgan. Forsiy va turkiyda she’rlar ijod qilgan.
Huvaydo (XVIII asr). Marg‘ilonning Chimyon hududidan. 1780 yilda 0‘shda vafot etgan. Ismi Xo‘jamnazar. Huvaydoning devoni o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga yetib borgan.
Fazliy (XIX asr). Namanganlik yirik ijodkor. O‘z davrida yashab ijod etgan 100 ga yaqin shoir va shoiralarning qisqacha bayoni berilgan «Majmuat ush-shuaro» asarini yaratgan va unda o‘zbek hamda tojik tilida bitilgan she’rlari ham berilgan. Fazliyning ismi Mulla Abdukarim.

Do'stlaringiz bilan baham: |