Microsoft Word Cаидов Лотин-new doc



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/52
Sana08.06.2022
Hajmi1,8 Mb.
#643260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Bog'liq
markaziy-osiyo-xalqlari-tarixi compress

Savol va topshiriqlar: 
1.
 
Ibtidoyi jamoa tuzumining asosiy davrlari va xususiyatlarini gapirib 
bering? 
2.
 
Markaziy Osiyoda paleolit davri yodgorliklari to‘g‘risida nimalarni 
bilasiz? 
3.
 
Markaziy Osiyo va Hindiston paleolitini o‘xshashlik taraflari nimada? 
4.
 
Paleolit davri jamoalari turmushida o‘zgarishlar nima asosida sodir 
bo‘lgan deb o‘ylaysiz? 
9
1.2. Markaziy Osiyoda mezolit davri 
O’quv maqsadi:
 Mezolit davri (o’rta tosh)ning o’ziga xos xususi-
yatlari, buyuk muzlikning chekinishi, hozirgi shakldagi flora va faunaning 
shakllanishi, o’q-yoyning kashf qilinishi, tosh qurollarining takomillashu-
vi, ibtidoiy rassomchilik, Markaziy Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo ora-
lig’ida kichik daryo va soylarning ko’payishi, mezolit davrida odamlar 
mashg’ulotlari, yakka ovchilar rolining oshishi to’g’risida talabalarga 
atroflicha ma’lumot berish, davr haqida keng tushunchalar hosil qilish.
Tayanch tushunchalar: 
Mezolit, Obishir, Qo‘shilish, Zarautsoy, 
qoyatosh suratlar, yakka ovchilik, tasviriy san’at. 
Hozirgi Markaziy Osiyo hududida bundan 12-15 ming yil muqaddam 
ibtidoiy jamiyat tarixida yangi davr boshlandi. Insoniyat tarixining paleolit-
dan keyingi davri mezolit (“o‘rta tosh”) deb nomlanadi. So‘nggi paleolitning 
oxirlarida muzliklar erib, Markaziy Osiyo tabiati va hayvonot dunyosi hozirgi 
ko‘rinishda shakllana boshlagan. Mezolit Markaziy Osiyoda taxminan 13-10 
ming yillar avval boshlanib, miloddan avvalgi 7-6 ming yilliklargacha davom 
etgan deb qabul qilingan. Mezolitda o‘q-yoy kashf etiladi. Bu narsa endi 
nafaqat yirik hayvonlarni ovlash, balki mayda hayvonlarni ham ovlash im-
koniyatini yaratadi. Bu davrda odamlar Markaziy Osiyoning deyarli barcha 
hududlarida hayot kechirishgan. Ularda diniy tasavvurlar keng tarqalgan. 
Shuningdek, ibtidoiy rassomchilik ham rivojlangan. Masalan, Qo‘hitog‘ to-
g‘ining Zarautsoy darasida ibtidoiy rassom tomonidan ustalik bilan chizilgan 
yovvoyi hayvonlar va ovchilarning ov manzarasi diqqatga sazovordir. Lekin 
bu davrda ham inson asosan tabiat ehsonlari hisobiga kun ko‘rgan. Keyingi 
davrda (neolit)gina inson ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tgan. 
Oldin eslatib o‘tilganidek mezolit davrida ibtidoiy urug‘ jamoalari o‘q-
yoyning kashf etilishi munosabati bilan butun e’tiborini ovga qaratdilar. Ov 
ularning asosiy yashash manbaiga aylandi. Nisbatan uzoq masofadan turib 
o‘z o‘ljasini nishonga olish imkoniyatiga ega bo‘lgan ibtidoiy ovchilar endi 
ov hayvonining orqasidan ergashib, yangidan-yangi joylarni o‘zlashtirib 
bordilar. Ov qilinadigan joylar mezolit davri jamoalarining o‘z makonlarini 
tez-tez o‘zgartirib turishga, ovchilikka qulay bo‘lgan hududlarni o‘zlashti-
rishga olib keldi. U davrida baliqchilik ham rivojlandi. Natijada urug‘ 
jamoalari yangi hududlarni keng miqyosda o‘zlashtira boshladilar. Markaziy 
Osiyo hududi mezolit davrida aholi yashashi uchun juda qulay geografik 
hududga aylandi. Bu holat bevosita ulug‘ muzlik davrini tugashi natijasida 
tabiatning, ya’ni flora va faunaning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq edi. 
Ayniqsa, Markaziy Osiyoning Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i, kichik daryo 
va soylarning bo‘ylari aholi joylashishi uchun juda qulay bo‘lgan. 


32
S.P.Tolstov, Yevropa olimlaridan V.Xenning hamda I.Gershovichlar 
arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik ma’lumotlarni solishtirib, 
«Katta Xorazm» davlati haqidagi o‘z qarashlarini bayon etganlar. Masalan, 
S.P.Tolstov fikricha, «Avesto»da Zaratushtraning vatani Aranem Vayjo 
mamlakati bo‘ylab oqib o‘tgan Daitya daryosi – hozirgi Amudaryodir. 
Natijada qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida joylashgan viloyat ekan, 
Zaratushtra o‘z ta’limotini shu zamindan chiqib boshqa viloyatlarga 
tarqatgan, degan xulosaga keladi. Biroq I.I.Xlopin «Katta Xorazm»ning 
yirik siyosiy birlashma sifatida ahamoniylardan oldingi davrda mavjud 
bo‘lganligi va Oksning Tajan-Xerirud daryosi bilan bir ekanligi haqidagi 
fikrni asossiz deb hisoblanishni shubha ostiga olgan. Oksni Atrek daryo-
siga to‘g‘ri keladi deb hisoblagan. Uning fikricha, «Ahamoniylardan oldin-
gi davrda Markaziy Osiyo hududida xalqlarning xorazmiylar boshchiligida 
hech qanday ilk davlat birlashmalari yo‘q edi». Shu bilan bir qatorda u 
ahamoniylardan oldingi davrda Markaziy Osiyoning janubida «bir nechta 
uncha katta bo‘lmagan markazlar», shu jumladan, Baqtriya mavjud bo‘lgan 
bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Ammo «Katta Xorazm» Markaziy Osiyo-
ning bapoyon kengliklarini, ya’ni Oroldan Tajan (Xerirud) daryosining 
quyi oqimlarigacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan, Markaziy Osiyodagi 
ilk davlatlardan biri, siyosiy birlashma bo‘lganligiga hech qanday shudha 
bo‘lishi mumkin emas. 
Masalan, «Avesto»da «Katta Xorazm»ga tegishli viloyatlar sanab 
o‘tiladi. Bunga ko‘ra, Markaziy Osiyoning deyarli katta qismi «Katta 
Xorazm» tarkibiga kirganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Mazkur ma’lumotni yunon mualliflari tomonidan ham tasdiqlanadi. 
Gerodot «Katta Xorazm» davlatining ekin maydonlarini sug‘orish uchun 
Oks daryosiga to‘g‘on qurilganini bayon qilib o‘tgan. 
Olimlar Oksni

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish