56
qandga Yunoniston tarixchilari berganlar.
Iskandar Maroqanda shahrida o‘z harbiylarining bir qismini qoldirib,
Iskandar Markaziy Osiyoga yurishlarida birinchi bor Ustrushonada-
Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘ida tog‘liklar qarshiligiga uchraydi. Biroq
Iskandar tog‘liklar bilan bo‘lgan jangda o‘ta shavqatsizlik qildi. Arrianning
yozishicha, u 30 ming mahalliy aholidan 22 mingini qirib tashlaydi.
Spitaman rahbarligida makedoniyalik bosqinchilarga qarshi xalq
harakati boshlanib keldi. Bunga qadar Iskandarning rejalari boshqacha edi.
Uning rejalari chippakka chiqdi.
Sirdaryo etagidan uzoq bo‘lmagan nihoyada Kiropolis shahri qamal
qilinadi. Shu davrda Yaksartning shimoliy qirg‘og‘ida saklar to‘planib,
makedonlarga hujum qilmoqchi bo‘ladilar. Iskandar hozirgi Bekobod va
Xo‘jand oralig‘ida Sirdaryodan kechib o‘tadi va qattiq jangdan so‘ng
saklar qochishga majbur bo‘ladilar. Shu davrda kutilmaganda So‘g‘diyona-
dan xavotirli xabar keladi - Spitaman boshchiligida makedoniyaliklarga
qarshi qo‘zg‘alon boshlanadi va Marokandadagi
Iskandarning harbiy
qismlari qamal kilinadi.
Qo‘zg‘alonchilarni tor-mor qilish uchun Iskandar Farxun va Karan
boshchiligidagi piyoda hamda otliq askarlarni Maroqandaga sxoshilinch
jo‘natadi. Politimet-Zarafshon bo‘yidagi jangda Spitamen yunonlar ustidan
talaba qozonadi, ikki mingdan ortiq makedoniyaliklar halok bo‘ladilar.
Iskandar uchun bu juda ham katga mag‘lubiyat bo‘lib, Spitamanga qarshi
jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi.
Iskandar asosiy kuchlari bilan Maroqandaga yetib keladi, ammo
Spitaman Quyi Qashqadaryo va keyinchalik Buxoro tomonga chekinadi.
G‘azablangan Iskandar Maroqanda va hozirgi Buxoro shaharlari oralig‘i-
dagi 120 ming tinch aholini qirib tashlaydi.
Saklarning qarishigini qaytarib turish maqsadida Sirdaryo sohilida 17
kun ichida mustahkam mudofaa devori bilan o‘ralgan qal’a qurdiradi.
Qal’aga "Aleksandriya Esxata", ya’ni "Olisdagi Aleksandriya" deb nom
qo‘ydi va unga yunon ko‘shinlarini, kasallarni, yaradorlarni,
bolalar va
keksalarni joylashtiradi.
Iskandar Samarqandda 3 ming lashkardan iborat ko‘shinni qoldirib,
o‘zi Zariaspga qishlash uchun jo‘nab ketdi. Shunday qilib, milliy ozodlik
kurashining birinchi bosqichi yakunlandi. Bularning barchasi miloddan
avvalgi 329 yilning bahoridan to kuzigacha davom etadi. Qo‘zg‘olonchi-
larning asosini tub aholining o‘troq qismi tashkil qildi. Ko‘chmanchi saklar
esa ularning keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatladilar.
Ko‘zg‘olonning ikkinchi bosqichi miloddan avvalgi 328 yilning qish
faslida boshlanadi. Huddi shu vaqtda Iskandar Zariaspda Baqtriya eparx-
57
larining quriltoyini o‘tkazayotgan edi. Quriltoyda Bessni sud qilishdi. Bo-
sib olingan viloyatlarni qanday qilib boshqarish masalasi ham ko‘rildi.
Iskandar g‘arbdan ko‘shin chaqirdi va Nearx boshchiligida yordamchi
kuchlar yetib keldi. Quriltoyga Yevropa skiflaridan
Iskandar bilan harbiy
ittifoq tuzish maqsadiga katta sovg‘a-salomlar bilan elchilar kelishdi. Ular
Iskandarga skif malikasini xotinlikka taklif qilishdi. Katta sovg‘a-salomlar
bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qadimgi Xorazmdan 1500 otliq
askarlar bilan elchilar ham kelishdi. Xorazm podsxosi Farasman elchilar
orqali Iskandar rozi bo‘lsa, unga Qora dengiz bo‘yi skiflariga qarshi harbiy
yurishlarida amaliy harbiy yordamga tayyor ekanligini izhor etadi.
Iskandar quriltoyda mamlakatni boshqarishda satrapliklar tizimini
qoldirishni ma’qul topdi. Ammo satraplarning pul zabt etish va o‘z ixti-
yorlarida yollanma qo‘shin saqlashga haqqi yo‘q edi.
Miloddan avvalgi 328 yilning bahorida Iskandar jangovor so‘g‘dlik-
larni batamom tislim etish uchun So‘g‘d yurtiga yana qo‘shin tortdi.
Shuning uchun miloddan avvalgi 328 yil So‘g‘d xalqining Iskandarga
qarshi faol kurashi tarixida Iskandar uchun keskin burilish yili bo‘ldi. Endi
Iskandar avvalgidek mahalliy aholiga qahr-g‘azabini o‘ylanibroq socha-
digan bo‘ldi. U endi mahalliy aholiga yaqinlashish, ular bilan til topish
yo‘lini qidirdi. Shu maqsadda mahalliy aslzodalarni
shoh saroyiga yaqin-
lashtirdi, o‘zi boshqalarga o‘rnak sifatida tub aholi urf-odatlari, xulq-
atvorini o‘zlashtirishga kirishdi. Biroq uning bu harakati yunonlar orasida
noroziliklarga olib keldi. Ammo Iskandar o‘z yo‘lidan qaytmadi. Kim unga
ochiq norozilik qarshiligini ko‘rsatsa, boshini tanasidan judo etdi. Shu
yo‘lda uning eng yaqin do‘sti, mohir lashkarboshi Klit va saroy tarix-
chilaridan Kallisfonlar qurbon bo‘ldilar.
Miloddan avvalgi 327 yilning qishini Iskandar Nautakda o‘tkazdi.
Bahorda esa So‘g‘d kal’asini qo‘lga kiritishga otlandi. Bu qal’ada baq-
triyalik Oksiartning oilasi-xotini, bolalari va go‘zal qizi Roksana yashar
edi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Baqtriya va So‘g‘diyonadagi
tog‘lar orasida 4 ta juda mustahkam qal’alar joylashgan. Ular So‘g‘d, Sizi-
meta, Arimaza va Xorien deb atalgan.Ammo bu ma’lumotlar mavjud
qadimgi qal’alar bilan solishtirilganda ularning
faqat ikkitasini aniqlash
mumkin bo‘lgan.
Iskandar o‘zining qonxo‘r otryadlarini tog‘larda joylashgan ana shu qal’a-
larni egallash uchun yubordi. Makedoniyalik Iskandarping ana shu yurishi
So‘g‘d xalqi milliy ozodlik kurashining uchinchi boskichini tashkil etdi.
Iskandar Roksana tufayli uning otasi Oksiartiing gunohlaridan o‘tib,
unga yaxshi munosabatda bo‘ldi va uni Baqtriya satrapi etib tayinladi.
Shundan so‘ng Iskandar Oksiart yordamida Xorien qoya qal’asini egallash