Microsoft Word Cаидов Лотин-new doc



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/52
Sana08.06.2022
Hajmi1,8 Mb.
#643260
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
markaziy-osiyo-xalqlari-tarixi compress

3.2. Eftalitlar davlati 
O’quv maqsadi: 
Eftalitlarning kelib chiqishi va O’rta Osiyoga amal-
ga oshirgan harbiy yurishlari, Eftaliylar davri siyosiy tarixi, boshqaruv 
tizimi, ijtimoiy hayoti, yer mulkchiligi munosabatlarining yangi bosqichi, 
eftalitlarning boshqa xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari haqida 
talabalarga batafsil ma’lumot berish, tushunchalar va ko’nikmalar hosil 
qilish.
Tayanch tushunchalar: 
Xeftal, eftal, Pero‘z, Vizantiya, Kunxa, 
Kubod, Varaxran, Bi, o‘lpon, madinat ut-tujjor. 
Markaziy Osiyoga V asr o‘rtalarida shiddat bilan kirib kelgan bu 
yangi ko‘chmanchi aholi yozma manbalarda xeftal, xaytal, xetal, abtal, 
idal, tetal, kabi qator jarangdor nomlar bilan tilga olinadi. «Eftal» degan 
nom ilk bor «xetal» shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom 
aslida «Eftalon» deb yuritilgan qabila nomidan olingan. Vaxshunvar 
boshliq Eftallar davlati tashkil topgach, bu etnonim qabila nomidan davlat 
nomiga ko‘chgan. Chunki shohlik taxtiga mingan Vaxshunvar eftalon 
qabilasi zodagonlaridan edi. 
Eftallarning Markaziy Osiyoga yurishi V asr o‘rtalarida boshlanadi. 
Qisqa vaqt ichida Chag‘oniyon, Tohariston va Badaxshon bo‘ysundiriladi. 
Bir zarba bilan Sug‘dda xioniylar hukmronligi barham topadi. V asrning 
50-yillarida Eftallar davlati nihoyatda kuchayadi. Ularning dastlabki elchisi 
456 yilda Xitoyga yetib boradi. 
Eftallarning tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan 
sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o‘rtadagi jangu jadallar Pero‘z 
hukmronlik qilgan davrda (459-484) ayniqsa avjiga chiqadi. Sosoniylar 
shohi eftallarga qarshi uch marta yurish qiladi. Dastlabki mahorabadayoq u 
mag‘lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan 
yuborilgan o‘lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Pero‘z chegaradagi 
Talikon shahrini eftallarga berish va bundan buyon Varaxran tomonidan 
belgilangan chegara Toshminordan o‘tmaslik shartini o‘z zimmasiga oladi. 
Ammo bu shartlarni bajarmaydi. Bir oz vaqt o‘tgach, ikkinchi marta 
eftallarga qarshi qo‘shin tortadi. Pero‘zning ikkinchi yurishida ittifoqdosh 
Vizantiyaning elchisi Yevsiviy ishtirok qiladi. Ikkinchi yurish ham 
muvaffakiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Pero‘z 30 xachir 
dirham o‘lpon to‘lash majburiyatini oladi. Biroq uning deyarli bo‘shab 
qolgan xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bo‘ladigan mablag‘ topiladi, 
xolos. Shohning Kubod ismli yosh o‘g‘li eftallar yurtiga garovga yuborilib, 
Pero‘z tutqunliqdan ozod etiladi. Ikki yil davomida eftallarga o‘lpon to‘lab 
81

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish