Savol va topshiriqlar:
1.
Nima sababdan o‘troq hayot kechirayotgan xalqlar ko‘chmanchi
xalqlarga aylanib qoldi?
2.
Qaysi omil tufayli ko‘chmanchilarning deyarli hammasi yer sharining
janubidan ko‘ra shimol tomonida istiqomat kilganlar?
3.
Sak va massagetlarning orasida qanday o‘xshashlik va qanday tafovut
mavjud?
4.
Nima uchun saklarning bizga ma’lum to‘rt guruhi birlashib yagona
markazlashgan davlat tuzmadi?
5.
Hozirda Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan qaysi xalqning urf-odatlari
tarkibida ko‘chmanchi xalqlarning urf-odatiga o‘xshash birlik bor?
75
Miloddan avvalgi 175 yili Oq xunlar isyon ko‘taradi. Batur Tangriqut
o‘zining Kayuk nomli qo‘mondoni boshchiligida Uysunlarga yordam berish
bahonasida Oq xunlarga qarshi ko‘shin tortadi. Oq xunlarni tor-mor qiladi.
Urushda yengilgan Oq xunlar o‘z hukmdori - xonning xotini boshchiligida
g‘arb tomonga ko‘chadi. Ili vodiysiga joylashadi. Uysunlar miloddan 150 yil
avval Ulug‘ Xun davlatidan yordam olib, Oq xunlarni avval Qashqar (Qosh-
g‘ar) vodiysiga, so‘ngra Baqtriyaga ko‘chishga majbur qilishadi. Amudaryo-
ning o‘ng qirg‘og‘iga (Surxandaryo va Qashqadaryo vohasiga) o‘rnashishadi,
yunon-makedon (ellin) davlatlariga zarba berishadi va ular hukmronligini
yemirib tashlashadi. Ular miloddan avvalgi II asrda Ulug‘ Kushon davlatini
tuzishadi (Turg‘un Olmos, ko‘rsatilgan asar). Bichurinning ma’lumotiga
qaraganda, bir yuz yigirma ming oiladan iborat, har qaysi oila bir harbiy kishi
berishga qodir bo‘lgan bu davlatning aksari aholisini kushonlar tashkil etib,
ma’lum qismi juan-juanlar (mug‘ullar) edi. Shuningdek, kushonlar Qang‘xa
(Qang‘lilar), kanlar (kanlar), usunlar, tuyuklar bir-birga yaqin lahjada so‘z-
lashishidan hamda qonunlari (tuzuklar), udumlari bir-biriga o‘xshash bo‘lgan.
Xitoy elchisi Chjan Syan miloddan avvalgi 138 yilda bu yerga kelganda
mazkur ma’lumotlarni to‘plagan (I.Ya.Bichurin ko‘rsatilgan asar).
Kushonlar va eftalitlar (Abdallar) davriga oid Ellin-Baqtriya xatida
beshinchi asrda turkiy tilda bitilgan jumlalar saqlanib qolgan: "Kuysan
(kupyun) tilingtin to‘xriy tilincha yaratmish, anatkak (sanskrit) tilingtin go‘xri
tilincha yaratmish". Bu misol kushon va eftalitlar turkiy xalqlar avlodi eka-
nini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, ular qatori xunlar ham qadimiy turkiy qavmlar
bilan qarindosh ekanliklarini ko‘rsatadi. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra,
Baqriyana - So‘g‘diyona ta’siri an’ana tarzida davom etgan. Shuningdek
turkiy xalqlarning turgash xoqonligi davri tangalarida ham an’ana tarzida
so‘g‘dcha yozar edilar. Tarixan skif-un, xun (gun) lar nomi bilai yashagan
xalqlar milodning 6 asr o‘rtalarida o‘tgan bir yarim ming yillik davr mobay-
nida turklar nomi bilan mashhur bo‘lgan. Turkiy xalqlar asrlar osha Osiyo,
Yevropa, Afrika qit’alarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda yetakchi
guruhlardan hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xunlar nomi
bilan atalgan ushbu qabilalar tarix sahnasida o‘ziga xos iz qoldirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |