Nayza uloqtirish yugurib borayotib nayza ko`targan qo`lni orqaga cho`zish va nayza uloqtirishdan iborat



Download 16,7 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi16,7 Kb.
#68793
Bog'liq
Nayza


Nayza  uloqtirish  yugurib  borayotib   nayza  ko`targan  qo`lni  orqaga cho`zish  va  nayza  uloqtirishdan  iborat.Musobaqa  qoidasiga  binoan  nayzani  istalgan  uzoqlikdan  yugurib  kelib  uloqtirish ham  yoki  bir  joyda  turub  nayzani  aylanib  uloqtirish  ham  ruhsat  etiladi.  Uni  faqat  uramdan  ushlash  kerak. Nayzalar  metaldan  yoki  yog`ochdan  bulishi  mumkin.Yog`och  nayza  metal  uchlik  qilinadi. Ularning  ogirlik  markazi  uramasida  buladi. Uloqtirish  uzunligi  yugurib  kelib  nayza  uloqtirilgan joydagi  qiyshiq  chiziqli  plankaning  ichki  kirganidan  boshlab  to  nayzaning  uchi  tushgan  joygacha  ulchanadi.Uloqtirish  uzoqligi  nayzaning  dastlabki  uchib  chiqish  tezligi  va  to`g`ri  uchishga  bog`liqdir. Nayza  uloqtirishda  yugurib  kelish  shuning  uchun  kerakki  u  ohirgi  kuch  berish  boshlanishigacha  uloqtiruvchi  harakatining  tezligini  xosil qilib  beradi. Eng  yaxshi  nayza  uloqtiruvchilarning  yugurib  kelish  uzunligi 27-30 metrgacha  etadi.  Yugurib  kelishning  dastlabki  nayzani  uzoqlashtirishning  boshlanishig`acha  bo`lgan  qismi  15-17  metrdan  iborat bulib  bu  masofa  10-12 qadamda  bosib  o`tiladi.Nayza  ushlash.Nayza ushlashning  asosan  ikki  usuli bor. Birinchi  usulda  nayza  uramasi  o`rta  va bosh  barmoq  bilan  mahkam  tutamlab  ushlanadi. O`rta  bormoq  nayzani  kundalang  siqib  uramaning keyingi  qismiga tiralib  turadi. Bosh  barmoq  yo`z  tomoni  bilan  uramga  yoki  uning  orqasiga  mahkam  yopishib  turadi. Erkin  cho`zilgan  ko`rsatkich barmoq  nayzaning  ikkinchi  tomonidan  kiyaroq  ushlab  turadi. Nomsiz  barmoq  va  jimjiloq  esa  uram  ustida  erkin  uncha  yopishmagan xolda  yotadi.Nayza  bosh  va  o`rta  bormoqdan  chiqarib  yuboriladi shuning  uchun  ham  bu  bormoqlar  nayzani  maxkam  ushlab  turishi  kerak.Ikkinchi  usulda  nayza  urami  bosh  va  ko`rsatkich  bormoq  bilan  tutamlab  ushlanadi. Oldingi usulda  o`rta  bormoq  nimani  bajargan  bulsa  bu  usulda  ko`rsatkich  barmoq  shu  ishni  qiladi.Qolgan  barmoqlar  maxkam  ushlamagan  xolda  uramda  erkin  yotadi. Nayzani  birinchi  usulda  ushlash  ayniqsa  ilgari  boshqa  usullardan  foydalanmagan  kishilar  uchun  ancha durust  bo`ladi. Chunki  o`rta  bormoq  ko`rsatkich  barmoqga  nisbatan  ancha kuchlidir. Buni dinamometrik  ulchashlar  aniqlab  bergan.Yugurib  kelishning  dastlabki  qismi.Uloqtiruvchi  yugurishdan  oldin  nayza  uloqtiriladigan  tomoniga  erkin  xolatda qarab  turadi. Nayza  elka  ustiga  ko`tarib  yugurganda  uloqtiruvchi  qo`li  bukilgan  bulib  nayzani  elka  buguni  ustida  tutadi. Tirsak  oldinga  yunaltirilib  panja  taxminan  qo`loq  balandligida  buladi. Nayza  erkin ushlanadi,  shuning  uchun  ham  uning  oldingi  qismi  bir  oz  qo`yi  tushgan  yoki  gorizontal  xolatda  buladi.Yugurish  borgan sari  tezlashib  erkin bajariladi. Uloqtiruvchi  birinchi  qadamdan  boshlab  gavdasini  oldinga  tashlaydi  keyin  dastlabki  yugurib  kelish  qismi  davomida uni  birmuncha  tiklaydi. Eng  kuchli  nayza  uloqtiruvchilarda  yugurish  tezligi  8 m/s  etadi. Nayza  uloqtirishga  yaqin  qolganda  yugurish  tezligini  oshirishga  intilmaslik kerak  chunki  bu  xolda  muskullar  ortiqcha  tarang`lashib ketishi  mumkin.Nayza  uloqtirishga  tayyorlanish  uloqtirishga  tayyorlanish  aynan  nayzani  orqaga  uzoqlashtirishdan  boshlanadi. Bu  paytda  uloqtiruvchi  faqat  uloqtirishga  tayyorlanibgina  qolmay  oldinga  siljish  tezligini  oshirishga  ham  harakat qiladi.Uloqtiruvchi  nayzani  tula  kuch  bera  olishi  va  uloqtirishning  keyingi  fazalarini  sekinlashtirmay  bajara  olishi uchun  nayza  yugurish  maydoning  old  chegarasidan  keraklicha uzoqlashtiriladi.Nayzani  orqaga  olib borish  chap  oyoqni  erga  qo`yishdan  boshlanadi. Chap  oyoq  qo`yiladigan  joyga  kontrol  belgi  qo`yiladi. Uloqtiruvchi  shu  yerga  kelganda  nayzani  uzoqlashtirib  uloqtirishga  tayyorlana  boshlaydi.Uzoqlashtirishdan  oldin  nayza  odatda  balandroq  ko`tariladi, keyin  o`ng  oyoq  qadam  tashlashi  bilan  nayza  tutgan ung  qo`l  sal  pasaytirilib  orqaga  cho`ziladi.

Nayza  orqaga  uzoqlashtirilganda  o`ng  yelka  ham  ung  tomonga  buruladi. Ung oyoq  erga  tushganda  uloqtiruvchining  chap  elkasi  uloqtirish  tomonga  qarab  qoladi   tos o`qi  esa  oldingi  xolatni  saqlab  qoladi. Bu  paytda  ung  qo`l  orqaga  cho`zilgan  nayzaning  uchi  sal  yuqoriga  ko`tarilgan  gavda  orqaga  tashlangan  bo`ladi.Ung  oyoq  yerga  tagining  tashqi  tomoni  bilan  qo`yiladi. Uloqtiruvchi  uloqtirish  tomoniga  qaraydi.Chap   oyoq  qadam  quyishi bilan  nayza  orqaga  Yana  uzoqrok  olib boriladi  va  o`ng  qo`l  deyarli  to`g`ri  xolatga  keladi.Keyingi  qadam  uloqtirish  oldi  qadami bulib  u  shartli  qilib  chalishtirma  qadam  deb  nomlanadi. Bu  qadam  o`ng  oyoqni  oldinga  chiqarish  bilan  bajariladi.Bu  qadam  yugurib  kelishdan  uloqtirishga  o`tish  jarayoni  xisoblanadi. Shuning  uchun  yugurib  kelishda  xosil bo`lgan  tezlikdan  ohirgi  kuchlanishda  tuliq  foydalanish  shu jarayonning  to`g`ri  bajarilishiga  bog`liqdir.Agarda  oldingi  qadamda  chap  oyoq  erga  qo`yilganda  ung  oyoq  chap  oyoqga  yaqin  keltirilgan  bulsa  chalishtirma  qadamda  oyoqlar elka  kamaridan  ancha  oldinga o`tib  ketadi. O`ng  oyoqni  oldinga  chiqarilishining oxirida  gavda  anchagina  orqaga  tashlanadi.Uloqtiruvchi  chap  elkasi bilan   olga   siljiyotgan  payitda  uning  chap  qo`l  elka  kamarining  o`ngga  burulishidan  tezroq  oldinga  o`tib  kukrak  oldida  bukiladi. Nayza  ushlagan  ung  qo`l  erkin  tugirlanib  uloqtirishga  tayyorlanadi.Bukilgan  ung  oyoq tezda  chap  oyoq  oldidan  chalishib  o`tadi  va  erga  tagining  tashqi  qismi  bilan  elastik  qo`yiladi.Ohirgi  kuch  berish  va  tuxtalish. Nayza  uloqtirishda  ohirgi  kuch  berish  uloqtirishning  boshqa  turlariga  nisbatan  tezroq  bajariladi. Bunga  yugurib  kelishning  ancha  katta  tezligi  va  nayzaning  yengilligi  yordam  beradi.Yugurib  kelishning  davomi  xisoblangan  ohirgi  kuch  berish  nayzani mumkin  qadar  tezroq  uloqtirib  yuborish  bilan  yakunlanadi.Uloqtiruvchi  o`ng  oyog`ini  yerga  qo`yayotganida  gavdani  optimal  darajada  orqaga uloqtirish  yonalishiga  qarshi  tomonga  tashlashi  kerak.
Download 16,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish