72
imperiyasini tuzdi.
Yevropada Xunlar imperiyasining asoschisi Balamir (374-400 yillar)
hisoblanadi.
Xun imperiyasi hukumdorlari orasida Attila (434-53 yillar) nomi
Yevropa tarixida hozirga qadar mashhur. Hatto hozirgi Volga daryosining
nomi ham Atilmuran. Itil muran Idil suvi atamasi sifatida Attila ismiga
nisbat berilgan. Maxmud Qoshg‘ariy o‘z asarida "Itil suvi oqa turur" deb
eslatib o‘tgan.
Xunlar qabilaviy ittifoqining tashkil topishi haqida boshqa bir qarash
mavjud: Gumilev, Taskin, Bichurin, Viktorova
kabi olimlar bu imperiyani
miloddan avvalgi II ming yillikga borib taqaladi, deb fikr bildirishgan. Bir
qator olimlar XX asrning 80 yillaridan boshlab Xan davrigacha bo‘lgan
yozuvlarni shubha ostiga olishmoqdalar. Xunlarning ajdodlari kimlar ekanligi
haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi olimlar Xunlarning arxeologik madani-
yatlariga doir plitali qabrlarini Mongoliya va Baykal oldi hududlaridan
topishgan. Zamonaviy arxeologik ma’lumotlar plitali qabrlarni Xun mada-
niyatiga etnik jihatidan yaqinligini isbotlashmokda. Bu madaniyat yodgor-
liklarining davrlari tipologik, xronologik chegaralarini miloddan avvalgi XII-
VI asrlar deb belgilaydi. Bu narsa Xun yodgorliklari va plitali qabrlar orasida
uzilish borligiga isbot bo‘la oladi. Qadimdan Xun yodgorligi bilan Skif-Sibir
madaniyati orasida munosabat borligi aniqlangan.
Darhaqiqat Skif usuli deb
nomlanadigan usul jihatlari g‘arbdagi Ordos-Bronza madaniyatiga to‘g‘ri
keladi. Lekin ko‘pgina ko‘mish odatlari va san’at namunalari mahalliy
ixtisoslashuviga ega. Ko‘pgina olimlar asossiz ravishda bu hududdagi mada-
niyat Xun madaniyati asosida tarqalganini aytishadi. U shimoliy Shansi
provinsiyasini, Ordos va Inshiyanni janubiy qismlarini o‘z ichiga olgan. Turli
xil narsalardagi rasmlarni o‘rgangan olimlar "Ohu toshi" deb nomlangan
haykaltaroshlik usulini topishdi. A.V.Varenov ta’biricha, bu yerlardan turli
xil qurollar (bolta, pichoq, sanchqi, xanjar) topilgan. Tahlil natijalari Xitoy
hududidagi Shensi, Shansi, Xebey kabi hududlardan ham shunday buyumlar
topilgan deb ko‘rsatadi.
Shu narsa aniqki, miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda Xunlar
birlashmasi bilan bir qatorda Varvarlar ittifoqi bo‘lganligini ham ko‘rsa-
tadi. Miloddan avvalgi V-III asrlarda Xunlarda ko‘chmanchi
imperiya
tashkil topgan edi. Buning asosida quyidagi holatlar kelib chiqadi:
1)
Xun imperiyasi deb nomlangan katta siyosiy imperiyaning tashkil
topishida etnik-siyosiy baza mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ko‘p yillar
davomida siyosiy integratsiya va imperiyalar konfederatsiyasi o‘rtasida
bog‘liqlik bo‘lgan;
2)
Xun siyosati Mo Di hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Bu esa
ierarxik tuzum mavjudligini ko‘rsatadi;
3)
So‘nggi izlanishlar natijalari Xitoy Xun arxeologik yodgorliklarini
73
"kurashuvchi qirorliklar" davriga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi;
Miloddan avvalgi III asr o‘rtalaridayoq Xunlar janubiy qo‘shnilar
uchun katta xatar to‘g‘dirardi va Xitoy hududi chegaralaridagi davlatlarni
talon-taroj qilishardi.
Gumilev fikricha, Xunlardan keyin hukumat tepasiga Dunxular keladi.
Ba’zi manbalarga qaraganda, xunlar turli yozuv shakllaridan
foydalanishgan. Bu orqali dastlabki Xitoy yozuvini ifoda etishgan. Shaklan
Xitoy yozuvi va tili asosida bo‘lsa ham, talaffuzda o‘z tillariga moslab
o‘qishgan. Shuningdek, milodning 250 yili Xun hukumdorlaridan biri
Chunggu xoqoni Qang‘toy degan kishi boshchiligida Kambodja mamla-
katiga elchi yuboradi. Elchi Kambodjaliklar yozuvi xunlar xatiga o‘xshaydi
deb, ma’lumot bergan. U paytda Kambodjada sanskrit yozuvidan foydalan-
ganligi ehtmoldan xoli emas.
Milodning oltinchi asrida birinchi turk xoqonlarida Istami Xoqon
favoti munosabati bilan ko‘yilgan qabr toshida uch xil yozuvdagi bitik bor:
biri noma’lum yozuvda, ikkinchisi so‘g‘d xatida, uchinchisi esa xitoy
yozuvida. Noma’lum bitik sanskrit alifbosi asosida shakllangan xun yozuvi
bo‘lishi mumkin. Xunlarniig mashhur xoqoni Modsxon (Batur Tangriqut)
tomonidan Xitoyning Xan sulolasiga oid hukmdorlariga maktublar
yuborilgan. (I.Ya.Bichurin "Sobranie svedeniy o narodax obitavshix v
Sredney Azii v drevnyu vremena", t. / M. - L.. 950). Milodning III asrida
xunlar o‘z imperatoriga yozgan maktubidan ham ma’lumdir. Shuningdek,
Xun imperiyasi xoqonlari harbiy maqsadlar
uchun xaritalardan
foydalanilganlari haqida ham ma’lumotlar bor.
Xunlar san’at bobida turkiy xalqlarda qo‘llangan bed, nog‘oro, nay
kabi musiqa asboblaridan foydalanishgan.
Xunlarda ham mansablar turkiy nom bilan ifodalangan, yigirma to‘rt xil
amal bo‘lgan. O‘ng ko‘l bilgaxan, so‘l qo‘l kutig‘i, o‘ng qo‘lxan, so‘l ko‘l-
xan, o‘ng qo‘l ulug‘ sang‘un, so‘l qo‘l ulug‘ sang‘un, o‘ng qo‘l ulug‘ tutug-
bag‘, so‘l qo‘l ulug‘ tutug‘bag‘, batisxan, tumanboshi. mingboshi (yuzboshi),
yuzboshi, o‘nboshi. kabi amaldorlar hamda harbiy unvonlar joriy qilingan.
Umuman hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan xoqon Tangriqut nomi bilan atalgan.
Xunlar asosan shamanlikka (kam, kaman) sig‘inganlar. Unga ko‘ra qu-
yosh xudosi, oy xudosi, osmon xudosi, yer xudosi, yulduzlar xudosi kabi ko‘p
xudoli mavjud edi. Xunlar tong saxarlab quyoshga sajda qilishgan, tunda oy-
ga sig‘inishgan, muhim jiddiy ishlarni oy va yulduzlarga qarab hal qilishgan,
oy to‘lganda dushmanlanga hujum qilishgan, oy tutilganda chekinishgan.
Ko‘k
tangrisi bilan yer tangrisi, butun hayotni yaratgan quyosh tangrisi
bilan oy tangrisi tomonidan hukmronlik taxti ato qilingan deb hisoblangan.
Uy, chodirlarning eshiklari sharq tomonga qaratib qurilgan. Xunlar ko‘pxu-
dolik tufayli, turli ma’dan va yog‘ochlardan sanamlar yasashgan, butparstlik
kuchaygan. Shamanlikka ko‘ra, sharq - ko‘k rang, janub - qizil rang, g‘arb -