Microsoft Word Cаидов Лотин-new doc


Qang‘ davlatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, madaniy hayoti



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/52
Sana08.06.2022
Hajmi1,8 Mb.
#643260
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
markaziy-osiyo-xalqlari-tarixi compress

2.11. Qang‘ davlatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, madaniy hayoti, 
diniy munosabatlar 
O’quv maqsadi: 
Qang’ davlatining tashkil topishi va uning hududi, 
Qang’ davlatining siyosiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, etnik tarkibi, 
Qang’arlarning boshqa davlat va xalqlar bilan aloqalari, din va diniy 
munosabatlar haqida batafsil ma’lumot, tushunchalar berish va davr 
haqida ko’nikmalar hosil qilish. 
Tayanch tushunchalar: 
Qang‘, qanxa, qang‘dez, shak, jabg‘u, yob-
g‘u, aris, kansuy, kang‘uy, ershi, yusgyan, yuni, gi. suse, bityan, arshan. 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Qang‘ davlati muhim iz qoldirgan. Bu 
davlatning paydo bo‘lishi ko‘chmanchi qabilalarning mil.avv III asrda 
Yevrosiyoga tez suratda kechgan siljishi bilan bog‘liq. Qang‘uy (xitoycha 
Kanzyu) davlati haqidagi ilk ma’lumotlar er. avv II asrga oid hitoy manba-
larida, hususan Sin Syanning "Shi szi" solnomasida uchraydi. Uning geog-
rafik joylashuvi quyidagicha bo‘lgan: janub va janubi-sharqdan Dovon (Far-
g‘ona), shimoli-sharqdan usunlar bilan, g‘arbdan Katta Yuechji va janubi-
g‘arbdan Daxya (Baqtriya) o‘rtasida joylashgan. Bundan kelib chiqib, shu 
narsani aniq aytishimiz mumkinki, Sirdaryoning o‘rta oqimlarida, hozirgi 
Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda Janubiy Qozog‘iston yerlarida 
yashovchi qadimgi shak qabilalarining Makedoniyalik Iskandar ko‘shnilari va 
salavkiylarga qarshi kurashlari jarayonida miloddan avvalgi III asrda yarim 
o‘troq Qang‘ davlati tashkil topdi. Bu davlat xalqining asosini shu yerda 
yashovchi tub yerli aholi, bir qancha ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi 
qabilalar tashkil etgan. Yana bir geografik jihatga e’tibor qaratsak, tarixchi 
S.P Tolstov “Qang‘arlar tarixi”da uchragan toponimlarga geografik izohlar 
keltiradi. Masalan: Suse Qashqadaryodagi Kesh, Fumu-Zarafshondagi Ku-
shoniya, Yuni-Sxosh (Toshkent vohasi), Gi-Buxoro, Yuegyan-Xorazm 
(Urganch) deb aytib o‘tadi. L.N.Vershtam esa, Yuni-Toshkent vohasida, 
Suse-Sirdaryo va Arisning o‘rta oqimida, Fumu-Yangiqo‘rg‘ondan Kaza-
linskkacha bo‘lgan hududda, Gi-Sirdaryo etaklarida, Yugenyan bo‘lsa-
Xorazmda joylashgan degan versiyani ilgari suradi. 
Xullas, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, jumladan, o‘zbek xalqi 
tarixida Qang‘ davlatining ahamiyati juda katta. Bu zaminda yashovchi 
qadimgi eron tilida so‘zlashuvchi tub yerli xalqlar Janubiy Sibir, Oltoy, 
Sharqiy Turkiston, Yettisuv viloyatlarida yashovchi turkiy tilda so‘zla-
shuvchi qabilalar bilan yaqinlashadi. Natijada miloddan avvalgi II-I asr-
larda Sirdaryoning o‘rta oqimlari rayonlarida turkiy tilda so‘zlashuvchi 
yangi etnos vujudga kela boshlaydi. Milodiy eraning boshlarida bu yangi 


82
etnos son jihatidan ko‘payib, ko‘pgina viloyatlarda o‘z ustunligiii ta’min-
laydi va ular alohida qang‘ar elati bo‘lib shakllanadi. Ana shu elat birligi 
asosida tarkib topgan Qang‘ davlati o‘zbek xalqi tarixida rosa VII asr 
yashadi. Qang‘ davlatining yemirilishi bilan (V asr o‘rtalarida) uning 
tarkibidagi elat va qabilalar tarqalib ketadi, uning o‘rniga yangi siyosiy 
uyushmalar va etnik birliklar vujudga keladi. 
Qang‘ davlati va uning xalqi qang‘arlar haqida ma’lumotlar Xitoy 
manbalarida, "Avesto"da va ba’zi bir yunon mualliflari asarlarida uchraydi. 
Ptolameyning ma’lumotlarida Sirdaryo yaqinida uning o‘rta qismida 
yashovchi qabila "kandar" deb atalgan. Xitoy manbalarida esa "kang‘uy" 
(kansuy) deb atalgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan o‘z xotiralarida kanguy-
larning joylashishi, harbiy kuchi, urf-odati, ularga qo‘shni xalqlar haqida 
qisqacha ma’lumot bergan. 
Qadimgi manbalarda Qang‘ idora qilinganligi, davlat tuzilishi qanday 
bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetib kelmagan. Ammo faqat bir marta 
Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 2-1 asrlarga oid) kanguy podsxosi o‘z 
oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutishi eslatib o‘tiladi. Osiyocha quldorlik 
jamiyati sharoitida tashkil topgan Qang‘ davlatida oliy kengash muhim rol 
o‘ynagan. Davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol 
qatnashib, muhim davlat ahamiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho 
hokimiyati maslahat majlisi bilan hamnafaslikda ish yuritgan. Bu holat harbiy 
demokratiya prinsiplari asosida tashkil topgan davlat tuzumi edi. Qang‘ 
davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘lingan. Ularni boshqargan 
boshliqlar "jabg‘u" yoki "yobg‘u"lar deb atalgan. Qang‘ xoqonlari mamla-
katni ana shu jobg‘ularga tayanib boshqarar ekan, ular odatda xoqonlarga 
yaqin kishilardan, ularning qavm-qarindoshlaridan yirik urug‘-qabila boshliq-
laridan tayinlangan. Qang‘ davlatiga tobe viloyatlarni boshqarish ishi mahal-
liy hokimlar ko‘lida bo‘lib, ular markaziy hokimlarga boj to‘lab turgan. Ana 
shunday tobe viloyatlarga qadimgi Xorazm, So‘g‘d yerlari, Ural tog‘ oldi 
rayonlari kirgan. Shunday qilib, Qang‘ davlatining ikkita markazi bo‘lgan. 
Ulardan biri Kanka bo‘lib, u Toshkent vohasida, Sirdaryoga yaqin yerda 
joylashgan. Bu shahar miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan bo‘lib, u 
Qang‘ podsholarining qarorgohi bo‘lgan. Aris daryosining quyi oqimida 
joylashgan O‘tror esa Qang‘ davlatining xonlarinipg yozgi qarorgohi bo‘lgan. 
Qadimgi salnomalarda qang‘arlarga qarashli 5 ta viloyat tilga olingan. Aslida 
mahalliy xalq o‘z yurtlarini hech qachon bunday deb atamagan. Tarixiy joylar 
va shaharlar nomlarini Xitoylashtirish xansularga xos ulug‘ Xitoy shovinizm-
ning asosiy maqsadi edi. 
Qang‘ davlatining iqtisodiy hayoti haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, 
avvalo shuni aytish mumkinki, bu davrda iqtisod ancha yuksalgan. Manba-
95
shohligi") deb atalgan. Eron, uning g‘arb va sharqidagi hududlar (Ardasher I 
va Shopur I davrida) birlashtirilgan. Sosoniylar davlatida shohlar qohinlarga 
tayanib ish ko‘rishgan, yangi otashkada ("olov saroylari") bunyod etilgan. 
Ardasher I davrida zardushtiylik davlat dini deb e’lon etilgan. Zardushtiy 
ruhoniylar davlatda katta siyosiy, iqtisodiy ta’sir kuchiga ega bo‘lishgan, 
boshqa dinlar ta’qib kilingan. Eron davlati sosoniylar davrida juda yuksalgan. 
Yazdigard III davrida (632-651) Sosoniylar davlatini arablar bosib olgan. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish