III-bo’lim: Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo
3.1. Markaziy Osiyoda ilk feodal davlatlar. Kidariylar,
xioniylar va sosoniylar
O’quv maqsadi:
Xalqlarning Buyuk ko’chishi va unga sabab bo’lgan
omillar, uning oqibatlari, Markaziy Osiyo buyuk ko’chish jarayonining
asosiy o’chog’i sifatida, buyuk ko’chish davri doirasiga daxldor xalqlar,
elat va qabilalar, qadimgi sak-skif dunyosi, xunlar va ularning dunyo
tarixida qoldirgan izlari haqida talabalarga batafsil, atroflicha ma’lumot
berish, tarixiy jarayonlar haqida ko’nikmalar hosil qilish.
Tayanch tushunchalar:
Kidar, feodal, otashkada, oriylar, xion,
soson, xetal, oq xunlar.
Milodiy 3-4 asrlaga kelib qadimgi dunyoning buyuk davlatlari Qang‘ va
Kushon ichki va tashqi sabablarga ko‘ra zaiflasha boshladi. Oqibatda yon
atrofda dasht, tog‘ oldi hududlarda hayot kechirayotgan ko‘chmanchi qabi-
lalarning o‘troq hududlarga bosqini yanada kuchaydi. Ko‘chmanchilarning
o‘troqlashuv jarayoni ro‘y bera boshladi. Bu esa omilkor yerlarga bo‘lgan
muhtojlikning yanada ortishiga olib keldi. Cho‘l, dasht, bo‘z yerlarni o‘z-
lashtirishga ehtiyoj ortdi. Bu jarayon yangi sug‘orish tarmoqlarini ishga
tushirish bilan bevlsita bog‘liq edi. Ariq va kanallarning qurilishiga qabila
oqsoqollari, mulkdor tabaqalar rahbarlik qildilar. Ular o‘z nufuzidan foy-
dalanib eng unumdor yerlarga va sug‘orish tarmoqlariga egalik qila bosh-
ladilar. Bu holat yangi yer egalari “dehqonlar” (Yevropada “feodal”) toifasini
shakllanishiga olib keldi. Dehqonlar (aynan tarjimasi “qishloq hokimlari”)
katta yer mulklarni egallab olishdi. Zamindor dehqonlarning iqtisodiy
jihatdan zo‘rayib, siyosiy mavqeining ortib borishi oqibatida milodiy IV
asrdayoq ayrim vohalarda hududi yirik sug‘orish tarmoqlari ko‘lami bilan
cheklangan viloyat hokimlari tashkil topa boshlaydi. Bunday voha dav-
latchalari o‘sha zamonning deyarli mustaqil mulklari bo‘lib, hokimlari turli
nomlar bilan yuritilgan. Bunday mahalliy hukmdorlar Buxoroda – buxor-
xudot; Sug‘d (Samarqand) va Farg‘onada - ixshid; Dabusiyo (Narpay)da -
dabusshoh; Vardanz (Shopurkon)da - vardonxudot; Chag‘oniyon (Surxon-
daryo)da - chag‘onxudot; Termizda termizshoh; Xorazmda - xorazmshoh;
Eloq (Ohangaron)da dehqon: Choch (Toshkent)da tudun kabi nomlar bilan
shuhrat topgan edilar.
Zamindor dehqonlar esa o‘z ixtiyoridagi qurollangan navkar-chokar-
lari bilan hokim qarorgohi va voha hududlarini muhofaza qilish kabi
vazifalarni o‘tab, mahalliy hokimlarga xizmat qilardilar. Arxeologik ma’lu-
motlarning guvohlik berishicha, ziroatkor vohalarda tashkil topgan mahal-
85
Do'stlaringiz bilan baham: |