90
davri deb hisoblanuvchi eramizgacha bo‘lgan II-I asrlarga to‘g‘ri keladi.
Podsholikdagi navbatdagi shahar Guyshan bo‘lib, u keyinchalik Gesay
deb atalgan. U Farg‘onaning shimolida joylashgan,
biroq hozirgacha uning
kaerda joylashganligi haqidagi masala hal etilmagan. Hali 1909 yildayoq
V.V.Bartold bu shaharni Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi
Mut qo‘rg‘oni xarobalari o‘rnida joylashgan deb hisoblagan edi. U o‘z
fikrini xitoy manbalaridagi ma’lumotlar yordamida tasdiqlaydi. Ularda
shunday deyiladi: «Lona qadimgi Dovon viloyati bo‘lib, Guyshan
hukmdorining qarorgohidir».
Yu.A.Zadneprovskiy ham shu nuqtai nazarga qo‘shilgan, ammo har
ikki olim ham bari bir Dovonning asosiy poytaxti Ershi bo‘lgan, deb
hisoblaydilar. Bundan ayon bo‘ladiki, mazkur
podsholikda bir vaqtning
o‘zida ikkita poytaxt bo‘lgan. Agar manbalarga diqqat qiladigan bo‘lsak,
unda eramizgacha bo‘lgan II asrda davlat poytaxti Ershi ekanligi,
eramizning I asrida esa Guyshan poytaxt bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi.
Ehtimol, bu o‘rinda biz sharqning ayrim mamlakatlariga xos bo‘lgan
hukmdorlarning qishlik va yozlik qarorgohlarining mavjudligi holatiga
duch kelgandirmiz. Masalan, ko‘shni Kanguy davlatida (eramizgacha
bo‘lgan II asr – eramizning V asri) ikki poytaxt bo‘lgan: yozgi – Faney va
qishki – Bityan. Demak, unda ikkita poytaxt bo‘lgan
degan fikrga kelish
mumkin, biroq Guyshan sifatida, anglashilayotgan Mug‘ qo‘rg‘oni
maydoniga ko‘ra uncha katta emas. Mug‘tepa davlat poytaxti bo‘lishdan
ko‘ra mustaxkamlangan qal’a bo‘lganligi haqiqatga yaqinroqdir.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Dovon davlati haqida dastlab eramizgacha
bo‘lgan II asrda, oxirgi marta
esa eramizning III asrida, 280-289 yillarda
xitoy elchilarining Farg‘onada bo‘lishi munosabati bilan eslatib o‘tiladi.
Shundan so‘ng manbalarda Dovon haqida hech qanday ma’lumotlar
uchramaydi, ancha keyinroq esa 436 yilda imperator Vey elchisi Dun Vap’
Polonaga – sobiq Dovonga borganligi haqida ma’lumot beriladi. Demak,
bu davrga kelib siyosiy vaziyat o‘zgargan va Dovon boshqa nom bilan –
Polona deb atala boshlagan. Shunday qilib, Farg‘onadagi davlat 400-500
yil davomida xitoy manbalarida Dovon nomi ostida mavjud bo‘lgan.
O‘zining butun tarixi davomida mazkur davlat yirik imperiyalar va
kuchli davlatlar ta’siri ostiga tushmasdan o‘z
siyosiy erkinligini saqlab
kelgan. Arxeologik topilmalar ham qadimgi Dovonning o‘ziga xos rivoj-
lanish yo‘liga ega bo‘lganligini tasdiqdaydi. Masalan, Farg‘ona vodiysi
eramizgacha bo‘lgan VI-IV asrlarda Eron Ahamoniylari va Iskandar Zulqar-
nayn bosqinlaridan chetda qolgan. Iskandar faqat Xo‘jand
shahrigacha kel-
gan, xolos. Salavkiylarning ham vodiyga kirib borganliklari haqida ma’lu-
motlar yo‘q. Dovon dehqonlar va chorvadorlarning, hunarmandlar va savdo-
87
Qubo kabi yirik shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib,
uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan.
Farg‘onada temirdan buyumlar yasash miloddan avvalgi 1 ming yillik o‘rta-
laridayoq keng tarqagan edi. Qo‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar, bo‘yoq,
rangdor shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Shunday qilib, 6-8-asrlarda Farg‘ona
dehqonchilik, chorvachilik, hu-
narmandchilik xo‘jaliklari hamda ichki va tashqi savdo rivoj topgan mus-
tahkam iqtisodiy poydevorli o‘lka edi. Uning strategik jihatidan qulay
geografik o‘rni, mustahkam mudofaa inshootlari bilan ta’minlangan
Koson, Axsikat,
Qubo kabi yirik shaharlari, tog‘ qal’alari, vodiy bo‘lib
joylashgan istehkomli qo‘rg‘onlari tufayli bu diyor kuchli harbiy mudofaa
imkoniyatiga ega edi. Farg‘ona Markaziy Osiyoning siyosiy hayotida
muhim ahamiyat kasb etgan kuchli davlat bo‘lgan.
V-VII asrlarda Chirchiq daryosi vodiysida Choch hamda Ohangaron
daryosi
vodiysida Iloq
Do'stlaringiz bilan baham: