94
ittifoqchilik ipi bog‘lanadi. Shunga muvofiq 359 yilda Grumbat va uning
o‘g‘li boshliq xioniylar Suriyaning Umda shahrini qamalga olishda sosoniylar
bilan bir safda turib jangda qatnashadilar. Jangda hatto xioniylar shahzodasi
halok bo‘ladi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay Grumbat bilan Shopur II munosa-
batlari yana keskinlashadi.
V asrning 20- yillarida esa Sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali
Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi -
toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo‘lib, Kidar ismili
hukmdor ularga yo‘lboshchi edi. Shu boisdan manbalarda ular kidariylar
nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo havzasi hamda G‘ar-
biy va Janubiy Sug‘d yerlarini ishg‘ol qilib, xioniylar
davlatining janubiy
qismida o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Amudaryoning so‘l tomonida joylash-
gan Balx shahri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylantiriladi. Shubhasiz,
Kidariylar davlatining geografik holati o‘z-o‘zidan uni sosoniy va xioniy-
lardek zamonasining ikki yirik davlatlari o‘rtasida qalqon davlatta aylantiradi.
Kidariylar xioniylar bilan ittifoqchi sifatida harakat qilgan va o‘z tajovuzlarini
Xurosonga tomon kengaytirishga intilgan. V asrning to 60- yillariga qadar
ular sosoniy shohlarining Sharqdagi asosiy dushmani bo‘lib qolgan. Marv
vohasida kidariylar bilan sosoniylar shohi Varaxran V (420-438) o‘rtasida
sodir bo‘lgan jangda shohning ko‘li baland kelib, o‘z dushmani ustidan
g‘alaba qozonadi. Bu voqeadan so‘ng kidariylar mamlakati bilan sosoniylar
davlati o‘rtasida chegara belgilanib, Talikon yaqinida toshdan chegara mino-
rasi o‘rnatiladi. Kidariylar ustidan shoh goh g‘alaba
qozonadi, goh mag‘lu-
biyatga uchraydi. 456 yilda bo‘lib o‘tgan navbatdagi harbiy to‘qnashuvlardan
birida katta talofat berib, sosoniylardan qaqshatkich zarbaga uchragan
kidariylar o‘zini qayta o‘nglab ololmaydi. Ayni shu vaqtda ular shimoldan
janubta tomon siljigan yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi - eftallar bilan
to‘qnashadi. Natijada markaziy hukmronlik barqarorligini mustahkamlab
olishga ulgurmagan kidariylar mamlakatni tark etib, janubi-sharqqa – Shimo-
liy Hindistonga tomon chekinishga majbur bo‘ladi. Hindistondagi Gupta
davlatini o‘ziga bo‘ysundirib, u yerda 75 yil hukmronlik qilishadi.
Soson - Erondagi sosoniylar sulolasi bobokaloni,
Ahamoniylar davri
(miloddan avvalgi 558-330)da otashparastlarning Stahr (hozirgi Istahr)dagi
Anaxita butxonasining kohini (mubod) bo‘lgan. Sosoniylar davlatini idora
etgan Eron shahanshohlari o‘zlarini Soson naslidan deb biladilar.
Yaqin va O‘rta Sharqda sosoniylar sulolasi boshqargan davlat (III-VII
asrlar) 224 yilda Ardasher I Parfiya shohi Artabon Vni mag‘lubiyatga
uchratib, 226 y. poytaxt Ktesifon shahrini egallab, yangi davlat taxtiga
o‘tiradi. Bu davlatning barcha hukmdorlari "shahanshoh" unvoni bilan taxtni
boshqarganlar, davlat esa Eronshoh ("oriylar podsholigi" yoki "eroniylar
83
larda Qang‘ hukmdorlarining nomlari tilga olinmaydi, faqat shu narsa
ma’lumki, ular o‘zlarining ismlari bilan urug‘ nomini ham qo‘llaganlar va
"Qang‘uy xonadoni hukmdori" nomi ostida o‘z tangalarini zarb qilganlar.
Ular endigina taxtga o‘tirganda-"Arshan
”
ismini qo‘shib yozganligi ham
diqqatga loyiq. Keyinchalik qang‘arlarning 5 ta kichik davlatni o‘z qo‘l
ostida birlashtirganligi haqidagi ma’lumot ham ularning iqtisodi ancha
yuksalganligidan dalolat beradi. Mazkur davlatlarning aholisi o‘z dalalarida
suniy sug‘orish asosida dehqonchilik qilganlar va o‘zlarining
mollarini
yaylovda haydab boqish usulida chorvachilik bilan ham shug‘ullanganlar.
Xitoy tarixchisi Sima Syan (miloddan avvalgi 2 asr) uning ko‘chmanchi
mamlakat bo‘lganligini yozadi. Ammo milodiy eraning boshlariga oid
to‘ng‘ich Xan sulolasining tarixida qang‘uylarning o‘troq xalq ekanligiga
ishora qilinadi. Qang‘uylarda qoramol va qo‘ylar bo‘lgan. Ular zotli otlarni
ko‘plab yetishtirganlar. Chorva mollarining ko‘pchiligi Qang‘ podsholari va
ularning yaqinlariga qaragan. Ular dehqonchilik va hunarmandchilik bilan
shug‘ullanishga majbur bo‘lishgan. Bu vaziyat Qang‘arlarning kambag‘al
qismini o‘troq, yarim o‘troq xo‘jalik yuritishga majbur etgan. Bu masalada
Qovunchi madaniyati va Jeti asar madaniyatiga tegishli yodgorliklarda
o‘tkazilgan arxeologik izlanishlar muhim ahamiyat kasb etadi
Iqtisodiy va ma’daniy jihatdan rivojlangan shaharlar ham aynan shu
hududlarda tashkil topgan. Bunday shaharlarda
hunarmandchilikning turli
sohalari va yozuv ancha taraqqiy etgan. Hukmdorlar esa mahalliy
tangalarni zarb kilganlar. Xorazm, Buxoro, Samarqand singari viloyatlarda
ko‘chmanchilarga mansub bo‘lgan sulolalar hokimyat tepasida turganlar.
Iqtisodning rivojini ularning mustaqil ravishda o‘z tangalarini zarb
qilganligida ham ko‘rishimiz mumkin.
Qang‘larning etnik mansubligi haqidagi masala adabiyotlarda keng
yoritilgan. Bu borada bir qancha farazlar mavjud. Jumladan, Ptolomey
Qang‘uy kanyayi (kanxa kishilari) yoki Yaksart aholisi bilan aynan bir deb
hisoblaydi. Bu qarash B.A.Litvinskiiy, Ye.Pulleybenk, S.G.Klyashtorniy
va boshqa tadqiqotchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bunda ular
yunon manbaalarida keltirilgan sak qabilalari ro‘yxatida "Qang‘uy"
so‘zining aynan muqobilini topganlariga asoslanadilar. Ularning Sirdaryo
bo‘ylaridagi geografik joylashuvi ham ayni farazga mos keladi.
Qang‘uy davlati miloddan avvalgi II asrning
oxiri va I asrniig boshiga
kelganda buyuk davlat bo‘lib, u Xitoyga nisbatan mustaqil siyosat yurgizar
edi. Miloddan avvalgi 101 yilda Qang‘uy Xitoy-Farg‘ona mojarolariga
aralashadi, yani Xitoy Farg‘onaga urush ochib, uning poytaxti Ershi
shahrini qamal qiladi. Qang‘uy davlati farg‘onaliklar tomonida turib,
Xitoyga diplomatik taziq o‘tkazdi. Xitoy uzoq davom etgan Ershi qamali
84
natija bermagach, mudofachilar oldiga qator talablar qo‘yadi va ularning
talabi kondirilgan taqdirda Ershi qamalini to‘xtatishini aytadi. Xitoyliklar
o‘z maqsadlariga erishib Farg‘onadan uchar arg‘imchoqlar olib ketadilar.
Miloddan avvalgi I asrda Qang‘uy davlatining
harbiy-siyosiy kuchi
sezilarli darajada qudratli bo‘lishiga qaramay, jamiyat taraqqiyotining har
xil darajasida turgan ko‘chmanchi va o‘troq aholining uyushmasi edi.
Davlat tepasida ko‘chmanchi qabilalar vakillari turardi. Xuddi shu davrda
qadimgi Xorazm va So‘g‘diyonada kundalik hayotning barcha jabhalarida
sodir bo‘lmoqda edi. Qang‘ davlati aholisi kang‘arlar o‘z qo‘shnilari bilan
yaqindan aloqada bo‘lganlar. Ularning shimoliy, shimoli-sharqiy va
janubiy ko‘shinlar yue-chjilar, toxarlar, saklar, asianlar, xunlar,
usunlar
bo‘lganlar. Bu qabilalarning bir qismi Sharqiy Eron tillari lahjalarida
gaplashsalar, boshqalar turkiy tilda so‘zlashganlar. Bu xalqlar o‘rtasidagi
iqtisodiy va madaniy aloqalar ularni bir-birlariga yaqinlashish jarayonini
tezlashtirgan. Natijada Eron tillarida gaplashadigan qang‘ar yurtida qadim-
gi xun va usun qabilalari ta’sirida turkiy til muhiti hukmron bo‘lib qoldi,
qang‘arlar esa batamom til jihatidan turklashib ketdilar.
Madaniy hayotga qo‘shni hududlar bilan olib borilgan savdo ishlari
ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Yagona siyosiy birlashma doirasida madaniy
hayot rivoji uchun qulay sharoitlar mavjud edi. Dehqonchilik va chorva-
chilik mahsulotlarini, shahar hunarmandchiligi buyumlarini ayirboshlash-
dan iborat bo‘lgan davlat ichidagi savdodan tashqari Qang‘uy orqali xal-
qaro savdoning gavjum yo‘llari o‘tar edi. Bu
narsa madaniyatlar almashi-
nuviga xizmat qiluvchi muhim omillardandir. Qang‘larda ajdodlar ruhiga,
osmonga va yerga ishonch kuchli edi. Ularga atab kurbonliklar qilingan.
Ular quyoshga, oyga, va yulduzlarga topinib sig‘inganlar. Qang‘lar "u
dunyo" borligiga ishonganlar. Ularning tushunchasiga ko‘ra, kishilar
vafotidan keyin u dunyoda yashaydilar. Shuning uchun o‘liklar bilan birga,
ularga atab, turli idishlarda taomlar solib ko‘mganlar. Uy-ro‘zg‘or
buyumlari va jang qurollari ham o‘lik bilan birga qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: