74
oq rang, shimol esa qora rang bilan ifodalangan. (Turg‘un Olmos. Ko‘rsatil-
gan asar). Xunlarda shamanlik hayotning barcha sohalarida o‘z aksini topgan.
Xunlarga xos shamanlik an’anasi qadimgi turk,
eski turk davrlarida ham da-
vom etgan. Hatto Amir Temur tomonidan qurilgan Oqsaroy hamda Ko‘ksa-
roy, shuningdek Oltin O‘rda davrida tashkil topgan Oq O‘rda hamda Ko‘k
O‘rda nomi Xunlar davridagi an’ananing davomidir.
Xun hukmdorlarning nomlarini Xitoy yozuviga asoslangan manba-
lardan transkripsiya qilinganda, ko‘pchiligining ismi
turkiy til qonunlariga
mos kelganini ko‘rish mumkin.
Miloddan avvalgi Xun hukmdorlari: Tuman (240-210). Batur Tangri
Qut(210-174. O‘g‘izxon deb ko‘rsatilgan), Kayuk (174-161), Kunchin
(161-126), Uvay (126-114), Uyshilur (105-102), Qulig‘u (101-96), Guliku
(96-85), G‘uyondi (85-68), Shuliy Qanuy (68-60), Uyonquti (60-58),
Kig‘ushar (58-31), Qutiyush (41-20), Suchiyanuti (20-12),Uchulunuti (8-1,
milodiy - 13). Ulunuti (milodiy 13-18), G‘uti Arshi Davganuti (milodiy 18-
46), Udatg‘u (46-48).
Sharqiy Xun tangrikutlari (hukmdorlari: milodiy sana): Shilushyuti
(43-46). Chiyuquti (56-57), Ilg‘a Paluti (57-59), Xitungshi (59-63), Gushi
Shuxuti (63-85), Iltu Uluti (85-88), Shulan Shuquti (88-93), Arg‘u (93-94),
Tandur Shuquti (94-98), Vanchi (Banchi) Shisuti (98-124), Uchg‘u Shisuti
(124-128), Qutunu Shisuchuti (128-140), G‘ullannushi Suchu (143-147),
Illinis Suchu (147-172), Utinushi Suchu (172-178), G‘uchin (178-179),
Qamquyi (179-195).
G‘arbiy Xun tangriqutlari (milodiy sana): Panu (46-83), Sanmu (83-
84), Ulut (84-89). Shimolay (89-91), Panku (93-118).
Yevropa Xun hukmdorlari (milodiy sana): Balamir (374-400).
Yulduz
(400-410). Qaratun (410-415), Bunchuk (415-422), Ruyo (422-434), Atilla
(434-453). Tilik (453-454). Danggizbag (454-469). Ko‘rsatilgan Xun
hukmdorlarining asoschisi Chunvey (Cho‘ngbag) hozirgi davrdagi uch
ming ikki yuz yil ilgari yashaganligi hakida ma’lumot uchraydi (Turg‘un
Olmos, ko‘rsatilgan asar).
Miloddan avvalgi III asrida Oq xunlar (qushonlar)
Xunlarning bir
tarmog‘i tarzida Markaziy Osiyoning Gansu viloyatlarida eradan avval ya-
shagan. Oq xunlar Ulug‘ xunlarning ittifoqchisi hisoblangan hamda o‘zaro
qarindosh bo‘lishgan. Oq xunlar Markaziy Xun imperyasining ittifoqchisi
Uysunlar (Usunlar, Xunlarning bir tarmog‘i)
orasida nizo chiqib, Oq xunlar
bilan Uysunlar o‘rtasida miloddan avvalgi 209 yili urush kelib chiqadi.
Uysunlar Oq xunlardan yengiladi va Markaziy Xun davlati Uysunlar tomo-
nini olib, Oq xunlarga qarshi urush olib boradi.
Oq xunlar yengilib, Gansudan
g‘arbga tomon ko‘chib, Kucharda (g‘arbiy Turkistonda) o‘rnashadi. Uysunlar
esa yana vatanlariga
-Arsin vodiysiga qaytib, o‘z davlatlarini tuzadi. Ko‘p
o‘tmay Oq xunlar yana Uysunlarga Arsin (Ersin) o‘lkasini tashlab ketishadi.
71
Do'stlaringiz bilan baham: