68
chilik hayot tarzi o‘z qatorida "Nomad sivilizatsiyasi"ni vujudga keltirdi.
Ushbu sivilizatsiya daryo sivilizatsiyasiga qarama-qarshi tushuncha hisob-
lanib, uning asosini "yovvoyi yashash tarzi" tashkil qilardi.
Markaziy Osiyoning qadimgi ko‘chmanchilari haqida yozma manba-
larda (Avestoda, Yunon manbalarida, Bexistunda, Xitoy manbalarida)
ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Biz Markaziy Osiyo hududida
ko‘chmanchi qabilalaridan "Sak" va "Massaget"lar istiqomat qilgani uchun
ular haqida kengroq ma’lumotlar berib o‘tamiz.
Massagetlar: Kaspiy
dengizninig sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari,
Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan ko‘chmanchi qabilalar
guruhi. Ular to‘g‘risida fanda turli qarashlar mavjud:
-ayrim olimlar fikri bo‘yicha "Massaget"(mase)-baliq so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib,"baliqxo‘rlar" ma’nosini anglatadi.
-"massaget" atamasi "mas", "saka", "ga" so‘zlaridan kelib chiqqan
bo‘lib, saklarning katta uyushmasini anglatadi.
-"massaget" so‘zi "mazagetlar" so‘zidan "maza"-ulug‘ ma’nosini
bildirib "ulug‘getlar"ni anglatadi.
-Xitoy solnomalarida ularni "kata yuetji"lar bilan bir xalq qatoriga
ko‘yilgan. Bu fikrga S.P.Tolstov ham qo‘shilgan.
Massagetlar katta uyushma bo‘lib, ular tarkibiga bir necha qabila, qa-
bilachalar (atiylar, asianlar, usunlar, augaslar, daxlar va boshq.) kirgan. Bu
qabilalarning o‘ziga xos nomlari ular ulug‘lagan totemlaridan kelib chiqqan.
Jangchilar ko‘pincha o‘zlariga kuchli hayvonlarni (qoplon, yo‘lbars, ilon,
burgut) totem qilishgan. Geradotning yozishicha, ular piyoda va otda jang
qilganlar. "Skif"larga o‘xshab otlarni va o‘zlarini sovut bilan himoyalaganlar.
Himoya vositalari asosan oltindan va aksincha ularning qurollari misdan
yasalgan.
Qurollarining asosini - kamon, nayza va oybolta (sagariy) tashkil
qilgan. Strobonning yozishicha, massagetlar ikki xil tipga bo‘linganlar:
1 .Ko‘chmanchi: o‘zini kuchli bilib, faqat boshqa mulklarni talash
bilan shug‘ullangan. 2.O‘troq: o‘zini zaif bilib, asosiy kuchini chorva
boqish va dehqonchilikka qaratgan. Bu ikki tip xuddi skiflarga o‘xshab
asosan, "quyoshga" topinganlar, lekin qurbonliklar ikki xil yo‘l orqali
amalga oshirilgan. Birinchi tip asosan "ot" qurbonlik qilgan bo‘lsa;
Ikkinchi tip esa yarim tayyor mahsulotlar (sabzavotlar, meva-cheva, may)
qurbonlik qilishgan. Gomerning "Odessa" asarida ular "kimmeriylarning
"avlodi hisoblanib, ularning jang qilishi
taktikasi uzoqdan kamon otib, tez-
tez kichik bo‘linmalari hujumlari bilan ko‘rsatilgan. Ular asosan deh-
qonchilik, baliqchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab
chiqarib, savdoni odatda saklar bilan olib borganlar.
Sak: (shaklar) Osiyo dashtlari chorvadorlari, Geradot yozishicha
Yevrosiyo cho‘llarida, Qora dengiz sohillarida istiqomat qiluvchi ko‘ch-
manchi "skalot" qabilalari. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar. Ular
77
miloddan avvalgi 155 yilda Yunon-Baqtriya davlati inqiroz sari yuz tutdi.
Kushonlar to‘g‘risida eng kerakli ma’lumotlarni "Kichik Xan tarixi"
asari (Xitoy sulolasi)dan, shuningdek, Kushon hukmdorlarining tangalari-
dan va ular qurib qoldirgan yodgorliklardan olish mumkin.
Xitoy solnomalarida kelishicha, Yuechjilar Baqtriyada 5 ta oilaga bo‘li-
nib yashadilar. Guyshuan oilasining yabg‘usi qolgan 4 oila yabg‘ularini 100
yil mobaynida o‘ziga tobe etib, Guyshuan podsholigini tashkil qiladi va
poytaxti taxminan Baqtra bo‘lgan deyiladi. Uning yabg‘usi Kiotszyukyu
(ayrim manbalarda Geray)
Parfiya bilan urush olib borib, hozirgi Afg‘oniston
hududlari va Qobulni egallab olgan. Keyinchalik uning o‘g‘li Hindistonni
bosib oladi va uni boshqarishni o‘z lashkarboshilaridan biriga topshiradi.
Uning qo‘shnilari bu davlatni "Guyshuan" deb atagan bo‘lsa, Xitoyda ularni
hali ham o‘sha eskichada yuechji deb atashardi. Kushon podsholarining
nomlari Xitoy yozma manbalarida juda noaniq transkripsiyada berilgan. Hin-
diston va Markaziy Osiyodan topilgan tangalar yordamida kushon podsho-
larining nomini bilishimiz mumkin.
Bir vaqtning o‘zida Kushon hukmdorlarining hukm surgan yillari
to‘g‘risida ham Hindiston, ham Xitoyda yozilgan qaydnomalar mavjud.
Lekin ularda berilgan sanalar keskin farqlanadi. Buning sababi nimada?
Bunga sabab Xitoyda oy va quyosh kalendarlariga amal qilingan.
Hindistonda esa Xitoydan farqli ravishda Budda, Vikram va Saka kalen-
darlari amalda bo‘lgan. Ular mingliklar va yuzliklar (1000, 100)ni ifoda-
lashmagan. Ularda faqat birliklar va o‘nliklar (1-10) mavjud bo‘lganligi
uchun olimlar hanuzgacha solishtirish yo‘li bilan Kushonlar hukmron-
ligining aniq xronologiyasini aytib bera olmaydilar.
Ularning ilk podsholaridan biri Kudzula Kadfiz bo‘lgan.
U taxminan
mil. 1 asrda 10 15 yil davomida hukmronlik qilgan. Shu davrda u alohida
ajralib ketgan yuechji, tohar qabilalarini birlashtirgan. Kudzula Kadfiz
arshakiylar hukmdori bilan, saklar (Xindiqush janubidagi) bilan jang qilib
Qobul atrofidagi viloyatlarni, shuningdek Kashmirni ham ishg‘ol etdi. U
Kushon podsholigi hududini Sug‘ddan yuqori Hind daryosigacha Pomir-
dan Parfiyagacha kengaytirdi.
Kudzula Kadfiz tangalarni Rim saltanati va Parfiya podsholari zarb
etgan tangalarga taqlid qilib chiqargan. Shu boisdan ham bu davrdagi
tangalarda «Kudzula Kadfiz Yabg‘u» degan yozuvli tangalar zarb etilgan.
Kudzula Kadfiz vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Vima Kadfiz (yoki Kadfiz II)
taxtga o‘tiradi. U Hind daryosi havzasidagi va Panjobdagi viloyatlarni
bosib olishga harakat qilgan.
Bu hududni boshqarib turgan grek-makedonlar
kichik hukmdorlarining
qo‘shinini yengib, o‘z davlati chegaralarini to Banorasgacha kengaytirgan.
Bundan keyin Kushon chor davlati Buyuk Kushonlar saltanati deb atala
boshlandi. U Vima Kadfizga atab tosh haykal o‘rnatganlar. Bu haykal