Savol va topshiriqlar: 1. Qang‘ etnik tushunchami yoki siyosiy? 2. Qang‘lar haqida S.P.Tolstov va A.N.Bernshtam fikrlariga qanday qaraysiz? 3. Bu davrda Markaziy Osiyodagi tarixiy vaziyat qanday edi? 4. Qang‘larning boshqa xalqlari bilan aloqalari qay tarzda bo‘lgan? 5. Kang‘ davlati madaniyatiga hissa qo‘shgan omillar haqida nima deya olasiz? 93
liy hokimliklar bu davrda hali siyosiy jihatdan markazlashgan yagona
davlat boshqaruviga birlashtirilmagan bo‘lsalar-da, ammo mustaqillikning
ramzi hisoblangan o‘z tanga pullariga ega edilar.
Bu davrda inqirozga uchrab parchalanib ketgan Qang‘ davlatining
janubi-g‘arbiy hududlarida dastavval Xorazmshohlar davlati qayta tashkil
topdi. Qadimgi Xorazm tuprog‘ida o‘z mustaqilligini qayta tiklagan bu
nufuzli davlat mahalliy Afrig‘iylar sulolasiga mansub Xorazmshohlar
tomonidan idora etiladi. Afrig‘iylar davlatining poytaxti dastlab Qora-
qalpog‘istonning hozirgi Ellikqal’a tumani hududida joylashgan qadimgi
Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan.
Mudofaa jihatidan poytaxt nihoyatda mustahkam qurilgan edi. U
atrofi chuqur va keng xandaq bilan o‘ralgan baland tagkursi ustiga to‘rt-
burchak shaklida (500x350m) xom g‘ishtlardan bino qilingan. Balandligi
qariyb 10 m. li , uning tashqi devori qator nishon tuynuklar va mo‘lalar
bilan mustahkamlangan. Shaharning janubida devorning qoq belida mus-
tahkam labirintli darvozaxonasi bo‘lgan. Darvoza qarshisida shahar marka-
zidan kesib o‘tkazilgan ko‘chaning har ikki tomoni bo‘ylab shaharliklar-
ning turar joylari qanot yozgan. Shahar markazidan yuqoriroqda ibodat-
xona majmuasi, uning shimoli-g‘arbiy burchak qismida esa balandligi 25
metrli uch minorali Xorazmshohlar qasri qad ko‘targan. Qasr imoratlari
ikki qavatli, shoh saroyi va koshona turar joylarning devoru tokchalari turli
mazmundagi rangdor tasvirlar, qabartma ganchkor naqshlar hamda
haykallar bilan bezatilgan. Shaharning umumiy maydoni 26 ga teng. Bu
davrda Xorazmda girdi mustahkam devorlar bilan o‘ralgan mana shunday
shaharlar, istehkomli qishloqlar juda ko‘p bo‘lgan.
Mamlakatimiz bo‘ylab dehqonchilik vohalarida viloyat hokimliklari
qaror topayotganda uning shimoliy, shimoli-sharqiy hududlariga tutashgan
keng dashtliklar chorvador aholisining ijtimoiy hayotida mulkiy tabaqalanish
jarayoni kuchayib, janubiy vohalarga tomon ularning ko‘chib o‘tishi o‘troq-
lashuvi jadallashadi. IV asr o‘rtalarida Markaziy Osiyoga shimoli-sharqdan
Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlaridan chiqib kelgan turkiy qabilalarga
mansub xion yoki xiyonlarning hujumi boshlanadi. Arman manbalarida
ta’riflanishicha, xioniylarning o‘sha paytlarda ruxsoriga endigina ajin orala-
gan o‘rta yoshdagi Grumbat ismli podshohi bo‘lgan. U nihoyatda dono,
behisob g‘alabalari bilan dongi taralgan zabardast hukmdor bo‘lgan. Milodiy
353 yilda xioniylar So‘g‘dga bostirib kiradilar. So‘ngra ular Eronda tashkil
topgan va tobora zo‘rayib, o‘z tazyiqini sharqiy viloyatlarga tomon muttasil
kuchaytirib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to‘qnashadi. Ikki o‘rtada
bo‘lib o‘tgan dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379)
xioniylardan yengiladi. So‘ngra sulhga kelishib, hatto ular o‘rtasida