Microsoft Word Cаидов Лотин-new doc



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/52
Sana08.06.2022
Hajmi1,8 Mb.
#643260
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Bog'liq
markaziy-osiyo-xalqlari-tarixi compress

Savol va topshiriqlar: 
1.
 
Ilk temir asrida diniy tasavvurlar va tushunchalar to‘g‘risida nimalarni 
bilasiz?
2.
 
Zardushtiylik dinining kelib chiqishi va asoslarini gapirib bering?
3.
 
“Avesto” to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4.
 
Zardushtiylik dinining vatani to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
5.
 
Zardo‘sht kim bo‘lgan? 


40
2.3. Qadimgi Eron Ahamoniylar davlatining tashkil topishi va uning 
jahonga hukmronlik g‘oyasi 
O’quv maqsadi: 
Qadimgi Elam davlati, eramizdan avvalgi I ming 
yilliklarning boshida Eron davlati, aholisi, hududi,mashg’ulotlari, davlat 
tuzumi, Ahamoniylar davlati va saltanatini tashkil topishi, Ahamoniylar-
ning jahonga hukmronlik siyosati, Kir II ning G’arb va Sharq mamlakat-
lariga bosqinchilik yurishlari, Ahamoniylar saltanati dunyoning turli min-
taqasida yashayotgan elat va xalqlarning birlashtirgan birinchi jahon im-
periyasi ekanligi haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berish, mavzuda 
ko’rsatilgan tarixiy davr haqida umumiy tushunchalar hosil qilish. 
Tayanch tushunchalar: 
Ahamon, Kir, Kambiz, Kir II, Parsumash, 
Anshan, Suza, Midiya, Lidiya, Marg‘iyona, Xorazm, So‘g‘diyona, Ariya, 
Bobil, Garpog, Ashshurbanipal.
 
Miloddan avvalgi VI asrda tashkil topgan Ahamoniylar davlati deyarli 
2 asr yashadi. Bu mamlakat jahon tarixida o‘nlab fors podsholiklari va 
Misrni to shimoliy-g‘arbiy Hindistonga qadar bo‘lgan davlat va xalqlarni 
birlashtirgan yirik davlat edi. U dunyoning yirik bir mintaqasida tarqoq 
holda yashayotgan xalq va elatlarni siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan 
birlashtirgan 1-yirik jahon imperiyasi hamdir. Ahamoniylar davlati tarixi 
amalda Yaqin va O‘rta Sharq hamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi edi. 
Uning poytaxti Peropol shahri bo‘lib, forslarga qadar bu o‘lkada 
elamitlar istiqomat qiladilar. Forslarning bu joyda bo‘lishi avval juda tinch, 
elamit hukmdorlari roziligi bilan osoyishta o‘tdi. Keyinroq esa bu o‘lka 
forslar tomonidan elamitlardan zo‘rlik bilan tortib olindi. Bu voqealar 
yozma manbalarning xabar berishicha, miloddan avvalgi 1 ming yillikning 
boshlarida sodir bo‘lgan. 
Forslar kelib chiqishi jihatidan elamitlar bilan hech qanday etnik aloqaga 
ega emas. Forslar, avvalo, Janubiy Eronda joylashgan. So‘ngra butun Eronni 
egallashgan. «Avesto»da ular «azad» nomi bilan yuritilgan. Tarixiy 
an’analarga ko‘ra, azadlar ariylarni tashkil etgan. Ariylar egallagan yurt 
keyinroq Eron nomini olgan. Juda qadim zamonlarda Eronning forslar 
egallagan janubiy hududi shumerlar tomonidan Nim (baland) deb yuritilgan, 
akkadlar esa uni «Elamtu» deb ataganlar. Elamtu xalqlari orasida «Tog‘li 
mamlakat» nomini anglatgan. Elamitlar esa o‘z yurtlarini «Xotamtu» deb 
ataganlar. Umuman olganda forslarniig qadimgi tarixiy manbalarida juda 
kam berilgan bo‘lib, 1- martta ular miloddan avvalgi IX asrga oid ossur 
yozuvlarida tilga olinadi. Bu davrda fors ko‘chmanchilarining shimoldan 
janub tomon ko‘chishi ko‘zatilgan. Ular Suza shahridan shimoliy - sharqdagi 
Anshan viloyatidan o‘zoq bo‘lmagan Parsumash shahriga kelib joylashadi. ( 
41
Bu nom shaharga forslar bostirib kirib, uni o‘zlariniki qilganlaridan keyin 
berilgan.) Rivoyatlarga ko‘ra shu yurtga kachonlardir ko‘chib kelib 
hukmronlikni qo‘lga kiritgan forslarning nufuzli oila a’zolaridan biri Ahamon 
miloddan avvalgi VIII asrning oxiri va VII asrning boshlarida o‘z sulolasiga 
asos solgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, forslar allaqachon fors qabilalararo 
ittifoq tuzishgan. Tarixchi olim Fray o‘zining «Nasledie Irana» kitobida fors 
qabilalari ittifoqini VII asrda aynan Ahamonning o‘g‘li Chishpish tuzganini 
ta’kidlaydi. Fransuz arxeologining ta’kidlashicha, ularning boshqaruv mar-
kazi Shishtradan 40 km o‘zoqlikda bo‘lgan Baxtiyor tog‘lari territoriyasida 
bo‘lgan. Chishpish, uning o‘g‘li Kir nabirasi Kambiz va evarasi Kir II lar o‘z 
vaqtida Anshanning hukmdorlari bo‘lgan. Bobil shohi Ashshurbanipalning 
miloddan avvalgi 639 yilga oid xujjatlarida ham Kirning nomi uchraydi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, Bobil va Parsumash o‘rtasida ko‘plab qizg‘in 
savdo aloqalari olib borilgan. Ashshurbanipal o‘z xujjatlarida Kirni Parsu-
mash qiroli sifatida e’tirof etgan. Anshan shahrining xuddi shu davrga oid 
hujjatlarida esa aynan Kir I Anshanning qiroli sifatida e’tirof etilgan. Demak 
Kir I o‘sha vaqtning o‘zida 2 ta shaharning hukmdori bo‘lgan. Bunda o‘z-
o‘zidan bu ikki shahar Kir I ning hukmdorlik davrida birlashtirilgan degan 
xulosa kelib chiqadi. Lekin ossur manbaalarida asosan bu fikr noto‘g‘ri, 
chunki bu manbada Elam shohi Ummanmenanu va uning ittifoqdoshlari 
haqida yozib qoldirilgan. Bu ittifoqdoshlar 6 ta bo‘lib, ular birma-bir sanab 
o‘tiladi va shunda Parsumash va Anshan alohida-alohida tilga olinib o‘tilgan. 
Olimlarning tadqiqotlari natijasida, Bobil shohi Ashshurbanipal va Par-
suaga (Parsumash) qiroli Kir o‘rtasida yozilgan qo‘lyozma topib o‘rganildi. 
Bu ko‘lyozmaga asosan Kir II va uning ota-bobolari forslar bo‘lib, ular 
Anshan va Persiya hukmdorlari bo‘lishgan. Lekin buyuk tarixchi olim 
Gerodotning yuqoridagi to‘rt qirol haqidagi bergan ma’lumotlarida ularni 
qirollar emas, balki ko‘zga ko‘ringan xonadon a’zolari, aslzodalari deya 
ta’kidlaydi. Bunga dalil qilib, Gerodotning Midiya haqidagi yozma man-
balarini ko‘rsatish mumkin. Unda Gerodot Kir II ning otasi Kambizni tilga 
olib, uni qirol emas, balki yuqorida aytib o‘tilganidek nasl-nasabli aslzoda, 
ko‘zga ko‘ringan shaxs sifatida tilga oladi. 
Ahamoniylar birinchi bo‘lib Midiyani (550) so‘ng Lidiyani (546) 
bosib olganlar. Lidiyadan keyin ular Kichik Osiyodagi yunonlarga qarashli 
bo‘lgan davlatlarni ham o‘z tasarruflari ostiga olishadi. Miloddan avvalgi 
545 va 539 yillar orasida Kir boshchiligida forslar Marg‘iyona, Xorazm, 
Sug‘diyona, Baqtriya, shuningdek Ariya va uning atrofidagi davlatlarni 
birin-ketin bosib oldi. Gerodotning xabar berishicha, Kichik Osiyoga 
Kirning o‘zi yurish qilmagan, balki uning ishonchli qo‘mondanlaridan biri 
Garpog yurish qilgan. 


64
bo‘lgan ta’sirni qabul qilib rivojlantirish darajasida bo‘lmasa har qanday 
kuchli ta’sir ham yerli madaniyatga singmasligi va iz qoldirmasligini es-
latib o‘tishimiz lozim. Haqiqatda, mintaqada yuzaga kelgan tarixiy sharoit 
ellinistik madaniyatni o‘zlashtirish, va o‘zi ham uning yuskak namunalarini 
yaratishga qodirligini isbotladi. Baqtriyada ellinistik uslubda yasalgan 
san’at buyumlari rasmlarini pullarda tasvirlash maxorati yuksak bo‘lgan. 
Baqtriyadan tashqari bir oz keyinroq, So‘g‘diyona, Parfiya, Xorazmda ham 
ellinistik madaniyat ta’siri ostida yaratilgan arxitektura va san’at asarlari 
topilgan. Ularda ham ellinistik shakl va timsollar yerli badiy an’analarga 
binoan qayta shakllanganligini ko‘ramiz. Qizig‘i shundaki, Markaziy 
Osiyoni ellinlashgan markazlarida ishlangan san’at buyumlarini ko‘chman-
chilar Yevroosiyo cho‘llariga ham tarqatganlar. Haligacha Ural, Oltoy, 
Qozog‘iston qo‘rg‘onlarida Amudaryo hazinasidagi buyumlarga yaqin 
bo‘lgan san’at asarlari topilmoqda. 
Markaziy Osiyo va Shimoliy Afg‘onistonda yaratilgan ellinistik san’at 
asarlarini mavzu jihatdan uch guruhga ajratish mumkin: diniy, epik va folkler 
bilan bog‘liq bo‘lgan asarlar. Ayniqsa, milloddan avvalgi IV – II asrlarda 
Baqtriyada rivojlangan ellinistik san’at diniy e’tiqod bilan bog‘liq edi. 
Markaziy Osiyoda ellinizm davrida Olimp xudolari bilan birga yerli 
ma’budalar timsoli va vazifalar birlashtirildi. Axura-Mazda - Zevs, Mitra - 
Zevs, Appolon, Nika -Tyuxe-Xvaninda, Anaxita-Afina, Poseydon - Vaxshu 
va boshkalar. Qizig‘i shundaki, ko‘p o‘rinlarda grek xudolari yerli kiyimda, 
qiyofada tasvirlangan. Masalan, Mitraninig boshidan nur sochilib turgan 
kiyofasi Zevs, Gelios, Xeraklga ko‘chirilgan, yoki aksincha, yerli ma’buda 
Xvaninla Gresiyada g‘alaba ma’budasi Nika (Tyuxe) ramzlari-guldasta va 
uch tishli asbob bilan tasvirlangan. Bulardan tashqari, mintaqada Dioskurlar, 
Dionis e’tiqodlari ham keng tarqalgan. Grek madaniyati bilan tanishmasdan 
avval Markaziy Osiyo xalqlarida xudoni inson shaklida tasvirlash bo‘lmagan. 
Miloddan avvalgi V asrda eronshohlar tomonidan mintaqa bosib olingach, 
xalqlar Eron orqali Ioniya va Gresiya madaniyati bilan tanishganlar. Shu 
davrdan boshlab yerli xudolarni odam shaklidagi xaykal va xaykalchalarda 
tasvirlaganlar. Xudolar tasviridan tashqari binolarni quyma tasvirlar bilan 
bezash, kolonnalar, binolarni rejalashtirishlar ham Ellada san’ati, arxitekturasi 
ta’siri ostida bo‘lgan. Xalchayonda topilgan xaykalchalar, o‘g‘il bolalar tutib 
turgan gul shodalari tasviri bunga yorqin misol bo‘la oladi. 
Ma’lumki, Aleksandr yurishlari natijasida Sug‘diyona, Samarkand katta 
talofat ko‘rgan. Ammo bu mintaqada ham hayot asta-sekin iziga tushgan, 
hunarmandchilik, savdo va qishloq xo‘jaligi yo‘lga qo‘yilgan, ellinistik va 
so‘g‘d madaniyatinining ikki taraflama boyish jarayoni amalga oshirilgan. 
So‘g‘diyonada ellinistik madaniyat markazi Samarqand bo‘lgan, lekin bu 
49

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish