.Toshkent shahri tarixi va rivojlanish xususiyatlari
Geografik jihatdan juda qulay, iqlimi moʻʼtadil boʻlgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq oʻtmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarnint guvohlik berishicha, miloddan avvvalgi Ikkinchi ming yillikning oxiri va birinchi ming yillikning boshlarida koʻchmanchi chorvador aholining oʻtroqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan.
Hali sugʻorma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati boʻlmagan Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bogʻlab olishga qurbilari kelmagan boʻlsada, lekin, daryo toshqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil boʻlgan irmoqlar boʻyida, tabiiy zaxob yerlarda dehqonchilik qilganlar.
Hozirgi Toshkentning Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻidan sugʻoriladigan janubiy qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km janubida Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufayli tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʻlgan.
Milloddan avvvalgi 6—4 asrlarda Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. 1980—82 yillarda olib borilgan qazish ishlari uning mil. av. 6—4-asrlar va 2—1-asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Joʻn arigʻiga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan oʻralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan.
Qadimgi Choch hukmdorlari old tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tamgʻa tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning huddi shu davrda zarb etilgan baʼzi tangalari orasida hukmdor bilan yonma-yon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk oʻrta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega boʻlganligini koʻrsatadi. Ular „Shoʻrxon xotun“ va „Kabachxotun“ (uy malikasi) kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlanib, shahar tashqarisida joylashgan soʻlim qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yashagan joy „Achabat“ (Katta ona qoʻnogʻi) deb yuritilgan. Savdosotiq va hunarmandchilik bilan birga madaniyat ham yuksalgan. Manbalarga koʻra, tasviriy sanʼat va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan. 1966-yil 26 aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 y.)da tugatildi (qarang Toshkent zilzilasi). Shahar qiyofasi butunlay oʻzgardi. Toshkent hududi atrofga bogʻ va ekinzorlar hisobiga tez oʻsdi, koʻplab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983-yilda shaharning 2000-yillik toʻyi oʻtkazildi. Toshkent davlati tashqi kuchlar, ayniqsa, Qoʻqon xonlari tazyiqida boʻlsa-da, 20 yildan ziyod umr koʻrdi.
Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida boʻlib, uning maʼmuriyatini „voliy viloyat“ lavozimi bilan Yunusxoʻja boshqardi. Keyinroq Yunusxoʻja „Xazrati Eshon“ unvonini olib, ayni paytda „xon“ deb ham yuritildi. Yunusxoʻja huzurida tuzilgan „xon kengashi“ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va boshqalar kiritilgan. Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oshirganlar. Oʻta jiddiy masalalar: oʻgʻirlik, qotillik va b.ni Yunusxoʻjaning oʻzi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan; qotillarga esa oʻlim jazosi qoʻllanilgan. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxoʻjaning oʻzi olib borgan.
Anhorning oʻng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor oʻralgan Oʻrda, yaʼni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan tashqari zarbxona joylashgan. Oʻrdani qoʻriqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus harbiy qism („qoraqozon“) tashkil etilgan.
Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning maʼlumotiga koʻra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamtoʻra, parvonachi lavozimiga Odiltoʻra, bosh harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtoʻra, qoʻshin boshligʻi lavozimiga Boboxontoʻralar tayinlangan. Davlatning moliya ishlari bilan boshchixoʻja shugʻullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat qilgan.
Yunusxon shimolida Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq xududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar toʻplab berish majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram sh.lari, keyinchalik Turkiston sh. ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Krrabuloq, Sarapon, Temir mavzelari va b. oʻnlab qishloklar Toshkentga tobe boʻlgan.
1991-yil 31 avgustda Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilindi. Hoz. Toshkent Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Oʻzbekiston Prezidentining qarorgohi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va b. jamoat tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda, Toshkent bir qancha xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan.
Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi)da aks etgan. U uzoq, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) sh.ning nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida „Tarnovcha“ deb bitilgan muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996-yilda tasdiqlangan, 2003-yilda gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |