Kasaba uyushmalari



Download 19,58 Kb.
Sana20.08.2021
Hajmi19,58 Kb.
#152514
Bog'liq
20 siz faoliyati yuritayotgan muassasasidagi kasaba uyushmasi faoliyatidagi baho berish


Kasaba uyushmalari - mehnatkashlarni jinsi, diniy eʼtiqodi, irqiy va milliy mansubliklaridan qatʼi nazar i.ch. va noishlab chiqarish sohalarida ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va oʻz aʼzolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida birlashtiruvchi ommaviy jamoat tashkilotlari. 18-asr oxirida Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda oʻzaro yordam jamiyatlari sifatida paydo boʻlgan. Rivojlangan mamlakatlarda 19-asrda legallashdi. K.u. xodimlarning mehnat sharoiti, ish haqi, turmush, madaniyat va sh.k. sohalardagi manfaatlarini himoya qilishga daʼvat etilgan. 14 yoshga toʻlgan va mehnat (kasb) faoliyati bilan shugʻullanayotgan har bir kishi oʻz xohishiga koʻra, oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun K.u. tuzish, ularga kirish, K.u. faoliyati bilan shugʻullanish va K.u.dan chiqish huquqiga ega. Eng yirik xalqaro K.u. markazlari: Jahon K.u. federatsiyasi (1945 y. Parijda tuzilgan, 80 dan ortiq mamlakat milliy kasaba uyushma markazlarini birlashtiradi, kasaba uyushma umumiy aʼzolarining soni 20-asrning 90-y.larida 213 mln.dan ortiq boʻlgan), Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Jahon mehnat konfederatsiyasi (1920 y. Vatikan yordamida Xalqaro xristian K.u. konfederatsiyasi nomi bilan tuzilgan, 14 mln.dan ortiq aʼzosi bor, qarorgohi Bryusselda).

Oʻzbekistonda K.u.ning huquqiy maqomi OʻzR Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida"gi OʻzR qonuni (1992 y. 2 iyul) va b. bilan belgilanadi. K.u.ga mehnat, unga haq toʻlash va b. tayin masalalarni hal qilish sohasida huquqlar berilgan. K.u.ning ustavlari "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida"gi OʻzR qonunida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Barcha K.u. teng huquklardan foydalanadilar. K.u. oʻz faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xoʻjalik idoralaridan, siyosiy partiyalardan mustaqil, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). K.u.ning huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi. K.u. oʻz ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning K.u. bilan hamkorlik qilish, oʻz xohishiga koʻra, xalqaro va boshqa K.u. birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga ega.

K.u.ning tuzilishi federalizmga asoslangan. Quyidan yuqorigacha barcha organlar K.u. aʼzolari tomonidan saylangan vakillarning yigʻilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. K.u. har bir aʼzosi saylashi va K.u. organlariga saylanishi, yigʻilishlar, matbuot va b. vositalar orqali K.u. hamda maʼmuriy organlar faoliyatiga taalluqli masalalarni qoʻyishi mumkin. K.u. ishlab chiqarish, tarmoq va hududiy prinsiplar asosida tashkil etiladi. Tarmoq va hududiy K.u. aʼzo tashkilotlar sifatida Oʻzbekiston K.u. Federatsiyasini tashkil etadilar (qarang 

K.u.ning asosi — boshlangʻich tashkilot boʻlib, kasaba uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi uning oliy organidir. Boshlangʻich tashkilot kamida 3 aʼzosi boʻlgan joylarda tuziladi. Kundalik ishlarni olib borish uchun kasaba uyushmasining guruhlarida guruh tashkilotchisi, 15 tagacha aʼzoni birlashtirgan boshlangʻich tashkilotda tashkilotchi va uning oʻrinbosari, 15 va undan koʻp aʼzoni birlashtirgan boshlangʻich tashkilotda kasaba qoʻmitasi saylanadi.

Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlari sharoitida K.u.ni tashkiliy jihatdan mustahkamlash, kuch va mablagʻlarni birlashtirishga ehtiyoj kuchaydi. Endilikda Oʻzbekiston K.u. federatsiyasi oʻz faoliyatini ijtimoiy sherikchilik asosiga qurmoqda va hukumat, vazirliklar, idoralar, viloyat hokimliklari bilan ikki tomonlama hududiy va tarmoq bitimlari tuza boshladi. Mehnatga layoqatli aholini ish bilan taʼminlash, ishsizlikning oldini olish, mehnatkashlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish masalalari bilan shugʻullanish K.u. faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻlib qoldi. Oʻzbekistonda K.u. aʼzolarining umumiy soni 6.730.545 kishini tashkil etadi (2002 y. aprel). Bundan tashqari, Oʻzbekiston K.u. Federatsiyasiga kirmaydigan "Qizilqumkamyobmetalloltin" konsernida 65 mingdan ortiq kasaba uyushma aʼzosi bor.

Kasaba uyushmalari mamlakatdagi eng ommaviy va a'zolari soni ko‘p bo‘lgan jamoat tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda 14 ta sohaviy kasaba uyushmalari 32,4 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlarga ega bo‘lib, o‘z safida 5,1 milliondan ortiq ishchi va mehnatkashlarni birlashtirgan.

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi huzuridagi kotibiyat katta referenti Behzod Sultonovning yozishicha, mehnat, mehnatni muhofaza qilish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi qonun hujjatlari hamda munosabatlarning takomillashuvi – kasaba uyushmalari bilan bog‘liq qonun hujjatlarini takomillashtirish zaruriyatini tug‘dirgan.

«Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan kasaba uyushmalarini tashkil etish va ularning faoliyati, fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Qonun loyihasini ishlab chiqishda uchta asosiy manbaga, ya'ni milliy qonunchilik va amaliyotga, xorijiy davlatlar tajribasiga hamda sohaga doir xalqaro huquqiy hujjatlarga tayanilgan.

Qonun loyihasini ishlab chiqishda kasaba uyushmalari faoliyatini tartibga solish sohasidagi qonunchilik o‘rganilib, sohada qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Misol tariqasida - amaldagi qonun kasaba uyushmalarining huquq va manfaatlarini yetarli darajada himoya qilmasligi, ular faoliyatining kafolatlari ta'minlamaganligi, kasaba uyushmasi tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarining (shakllari, usullari, vositalarining) normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanmaganligi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar hisobga olinib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Qonun loyihasi 10 ta bob, 69 ta moddadan iborat bo‘lib, ayrim yangiliklar bilan amaldagi qonundan farq qiladi. Xususan, yangi qonun loyihasida ilk marotaba «kasaba uyushmasi», «kasaba uyushmasining boshlang‘ich tashkiloti», «kasaba uyushmasining tuzilmasi», «kasaba uyushmalarining birlashmasi» va boshqa shu kabi asosiy tushunchalarga alohida moddada ta'rif berildi.

Shuningdek, «qonuniylik», «kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik», «ixtiyoriylik», «mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish», «tenglik» va «ochiqlik» kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida alohida moddalarda bayon etildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, kasaba uyushmalarini tuzish, ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, qayta tashkil etish va faoliyatlarini tugatish tartiblari qonun va qonun osti hujjatlarida bayon etilgan bo‘lib, qonun loyihasida mazkur tartiblar alohida bobda aks ettirildi. Bu bilan kelgusida kasaba uyushmalarini ro‘yxatga olishdagi mavjud byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi, ro‘yxatga olish jarayonidagi ortiqcha vaqt yo‘qotishlarga chek qo‘yiladi, ro‘yxatga olish bilan bog‘liq masalalar qonun osti hujjatlari bilan emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalar bilan tartibga solinadi.



Ayni paytda mazkur qonun loyihasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasida ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bu jarayonda asosiy e'tibor parlament a'zolari, manfaatdor vazirlik va tashkilotlar, olimlar va ekspertlar, soha mutaxassislari, ish beruvchilar hamda keng jamoatchilikning qonun loyihasi bo‘yicha fikr mulohazalari, taklif va tavsiyalarini o‘rganishga qaratilgan. 

Jamoatchilik muhokamalarida bildirilgan ko‘plab takliflar asosida qonun loyihasidagi normalar ko‘rib chiqilib, qayta tahrir etildi. Jumladan, mehnatni muhofaza qilish hamda mehnat nizolarini hal qilishda kasaba uyushmalari vakolatlarini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq normalar yuzasidan muqobil takliflar fuqarolar tomonidan bildirilgan. Hozirda Qonunchilik palatasi deputatlari ishchi guruh a'zolari bilan birgalikda mazkur takliflar asosida qonun loyihasining 20 dan ortiq moddalariga tegishli tuzatishlar kiritish yuzasidan ish olib bormoqda.
Download 19,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish