10-mavzu: Bobur She’riyati, devonlari, badiiy mahorati. “Boburnoma



Download 194,39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.01.2022
Hajmi194,39 Kb.
#356912
Bog'liq
ma`ruza matn



10-MAVZU:  Bobur  She’riyati,  devonlari,  badiiy  mahorati.  “Boburnoma, 

“Risolai aruz”, “Volidiya” va “Mubayyin” asarlarining adabiy qiymati

Reja: 



1.

 

Boburning ijodiy merosi. Bobur devoni  haqida ma’lumot. 



2.

 

Bobur lirik merosining janr xususiyatlari, mavzu doirasi 



3.

 

Boburnoma" ning ilmiy – ma’rifiy va adabiy qimmati. 



 

Boburning  lirik  asarlari  asosan  uning  devoniga  jamlangan.  SHoirning 

o’zbekcha  devonining  ikki  qo’lyozma  nusxasi  borligi  ma’lum.  Bulardan  biri 

Parijda,  ikkinchisi  Hindistonda  saqlanadi.  Boburning  lirik  merosini  shu  ikki 

qo’lyozma nusxa va "Boburnoma" dagi she’rlar tashkil etadi. Mana shular  asosida 

Boburning  bir  necha  bor  nashr  qilindi.  Boburning  she’rlarini  1910  yilda  ingliz 

SHaro’shunosi  Denison  Ross  to’plab  ingliz  tiliga  tarjima  qilib,  nashr  etdi. 

SHoirning  ba’zi  she’rlari  1931  yil  Istambulda  chiqqan  "Milliy  tatabbu’lar" 

majmuasiga  ham  kiritilgan.  Boburning  she’rlari  o’tmishda  ingliz,  frantsuz,  va 

boshqa  Yevropa  tillariga  ham  tarjima  qilingan  edi.  Keyin  60-70  yil  ichida  Bobur 

she’rlari qayta-qayta nashr qilindi, xrestomatiyalarga, turli to’plamlarga kiritildi va 

bir necha marta tanlangan asarlar tarzida bosilib chiqdi. 

Bobur devoni lirik turning har xil janrda yozilgan she’rlarni, jumladan, g’azal, 

ruboiy,  tuyuq,  masnaviy,  qit’a,  fard  va  boshqalarni  o’z  ichiga  oladi.  Unda  oddiy 

g’azallar bilan bir qatorda g’azali musajja’ (markaziy ruknlari qofiyadosh bo’lgan 

g’azal), qit’a g’azal (birinchi bayti qofiyasiz bo’lgan g’azal), g’azali husni matla’ 

(matla’dagi  keyingi  baytning  har  ikkala  misrasi  matla’ga  qofiyadosh  bo’lgan 

g’azal),  qo’shaloq  vaznli  va  qofiyali,  ruboiy  tarona  (to’rtala  misrasi  qofiyadosh 

bo’lgan  ruboiy),  oddiy  tuyuqdan  tashqari,  qo’shaloq  tajnisli  tuyuq,  tajnisiz  tuyuq 

hamda  tajnisli  qit’a,  tajnislit  fard,  qofiyali  fard  va  qofiyasiz  fard  shakllarini  ham 

ko’ramiz. Fazal, ruboiy va tuyuq Bobur lirikasining eng xarakterli janrlaridir. 

Bobur  aruzning  hafif,  ruboiy,  rajaz,  ramal,  sare’,  tavil,  mutaqorib,  mujtass, 

muzore’,  munsareh  va  hazaj  bahrlaridan  hamda  bu  bahrlarning  25  turdagi  ichki 

xillaridan foydalanadi. 

Bobur devoni asosan uning o’zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq 

shu bilan birga, unda fors-tojik tilida yozilgan bir necha she’r ham bor. Bobur o’z 

ona tiliga bo’lgan muhabbatini bir she’rida shunday ifodalagan edi: 

 

Erur turk oshiq, kosh bilsam forsiy qoni, 



 

Desam holimni bilsa, forsiydan dilbarim oni. 

 

Bobur  fors-tojik  adabiy  tilini  ham  mukammal  bilar  edi.  Bunga  shoirning 



fors-tojik tilidagi she’rlari yaqqol misol bo’la oladi. Bobur Lutfiy, Alisher Navoiy, 

Umar  Hayyom,  Hofiz  singari ustoz  san’atkorlarning  bir  qator  an’analarini  davom 

ettirdi va rivojlantirdi, ularning g’azallariga nazira va muxammaslar bog’ladi. 

Bobur lirik asarlarining mavzu ko’lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman 

voqealikni,  xususan  ijtimoiy  fikrni,  ijtimoiy  hayotni  kengroq  qamrab  olishga 

harakat  qiladi  va  bu  sohada  ko’pgina  yutuqlarni  qo’lga  kiritadi.  Kishilarning 

ma’naviy  qiyofasi,  din,  tasavvuf,  hokimiyat  va  marifat  masalalari,  yor  va  unga 

bo’lgan  muhabbat,  vatan  haqidagi  o’ylar,  unga  intilish,  zamondan  norozilik, 




hayotni  sevish  Bobur  lirikasining  mavzulari  hisoblanadi.  Murakkab  va  ziddiyatli 

hayot  va  kurash  yo’lini  bosib  o’tgan  Boburning  o’zi  bu  lirikaning  markaziy 

qahramonidir. 

Bobur lirikasi til va uslubi jihatidan nihoyatda sodda va ravondir. U jo’shqin 

va  musiqiy  misralarida  hayotiy,  original  obrazlar  yaratadi,  xalq  tili  va  uning 

og’zaki ijodi boyliklaridan unumli va o’rinli foydalanib, she’rlarining tilini boy va 

rang-barang qilishga erishadi. 

Bobur  hayot,  sevgi va  shodlik kuychisidir.  U  odamlarni  hayotni qadrlashga 

va  sevishga,  rostgo’y  to’g’ri  bo’lishga,  o’z  shaxsiy  manfaati  ketidangina 

quvmaslikka,  halol,  sof  ko’ngil  bo’lishga,  umuman  ruhiy  boylikka  ega  bo’lishga, 

mazlum  va  muhtojlarni  oyog’  osti  qilmaslikka,  maqsadga  zo’r  berib  intilishga, 

qat’iyat  bilan  qanday  bo’lmasin  unga  erishishga  chaqiradi.  SHoir  bir  she’rida 

shunday deydi: 

 

Davlatg’a yetib mehnat elin unutma



 

Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma... 

Bobur  hayot,  sevgi  va  shodlik  kuychisidir.  U  dunyoni,  hayotni,  hayot 

quvonchlarini,  inson  tirikligini,  uning  xursandchiligini,  bahor  va  uning 

xursandchiligini, bahor va uning latofatini sevadi: 

 

Yoz bo’ldiyu bo’ldi yana jannat kibi yozi, 



 

Xush ul kishikim aysh ila utgay qishu yozi. 

SHoir  lirikasida  bunga  ko’plab  xarakterli  misollar  keltirish  mumkin, 

jumladan: 

 

Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati, 



 

SHe’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. 

 

 

       Yoz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor, 



 

       Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa bordur davlati.  

 

Ishq dardin chekib har kimki topsa vasli yor, 



Ul zamon bo’lg’ay unut, yuz yilki hijron shiddati. 

 

SHoir  "yoz  fasli"  bilan  bodaning  kayfiyatini,  "yor  vasli"  bilan  "ishq  dardi" 



ni,  "do’stlarning  suhbati"  bilan  "she’r  bahsini"  kuylaydi.  U  dilkash,  bama’ni  va 

xushchaqchaq majlislarni, do’stlar suhbatini istaydi va ta’rif qiladi. 

Boburdagi bu kayfiyat o’zining chuqur falsafiy asoslariga ega, zotan hayotni 

qattiq sevuvchi va shu bilan birga uning zavq - shavqini tark etishni istamaydigan, 

umrning  insonga  berilgan  ne’mat  ekanligini  idrok  etadigan  uning  mohiyatini 

anglagan inson albatta uning qadriga yetishga da’vat etgan: 

 

Fofil o’lma, ey soqiy, gul chog’in g’animat tut, 



 

Vaqti aysh erur bog’iy, ol chog’ir, ketur, bot tut. 

 

Bu nasihatim angla, ne bilur kishi yongla, 



 

Ne bo’lur ekin tongla, sen bugun g’animat tut. 

Boburning bunday erkin fikrlari o’z davrida favqulodda ahamiyatga ega edi 

va  ular  Bobur  adabiy  merosi  uchun  katta  ijtimoiy  mohiyat,  yorqinlik, 

mazmundorlik, joziba baxsh etadi. 



Bobur  she’riyati  ilm-ma’rifatni,  axloq-odob  kabi  masalalarni  ham  qamrab 

oladi.  SHoir  ilmning  o’z-o’zidan  bunyod  bo’lmasligini  ta’kidlar  ekan,  kishi  faqat 

havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo’lishi mumkin deydi: 

 

Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,  



 

O’rgangali ilm tolibi ilm kerak, 

 

Men tolibi ilmu tolibi ilm yo’q, 



 

Men borman ilm tolibi, ilm kerak. 

Yaxshi  xulq  -  atvorga  ega  bo’lishi,  kishilarga  yaxshilik  qilishi  eng  ezgu 

xislat va olijanob fazilatdir: 

 

Xalqingni rost etgil har sorig’aki borsang, 



 

"Ahsanta" deb bori el, gar yaxshi ot chiqarsang... 

 

Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo’q. 



 

Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’. 

Boburning  ko’pgina  she’rlarining  mazmunini  vatan  ishtiyoqi,  g’urbat 

hasratlari, sog’inch kayfiyati tashkil etadi. Bu bevosita shoirning murakkab hayoti 

va  kurash  yo’li,  shodiyona  alamli  sarguzashtlari  bilan  bog’liq.  Bobur  temuriylar 

saltanatini  saqlab  qolish,  Movarounnahrda  yirik  va  mustahkam  davlat  qurishga 

intildi.  Biroq bu orzulari  amalga  oshmadi.  U  vatanini  tashlab ketdi.  Undan  olisda 

ko’plab  mashaqqatlarni  boshidan  kechirib  yashadi.  Bularning  hammasi  shoir 

qalbidan qog’ozga ko’chdi, she’rga aylandi: 

 

Ko’ngli tilagan murodga yetsa kishi



 

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. 

 

Bu ikki muyassar o’lmasa olamda, 



 

Boshni olib bir sorig’a ketsa kishi,- 

deydi shoir. Yana shunisi e’tiborliki, bunday kayfiyatdagi ba’zi she’rlar shoir 

biografiyasi haqida  kam ma’lumot beradi, ya’ni biografik  asosning shoir she’riyatidagi 

o’rnini ko’rsatib turadi. 

 

 



Beqaydmenu xarobi sim ermasmen, 

 

 



Ham mol yiqishtirur laim ermasmen. 

 

 



Qobulda istiqomat qildi Bobur dersiz, 

 

 



Andog’ demangizlarki, muqim ermasmen. 

 

Boburning vataniga qaytish orzusi ushalmadi. U yurtidan uzoqda qolib ketdi, 



davlati va saltanati uni umr bo’yi chet elga bog’lab qo’ydi. Binobarin, u: 

 

 



Keldim bu sari o’z ixtiyorim birla, 

 

 



Lekin borurimda ixtiyorim yo’o’tur, -  

degan edi. 

 

Bobur  she’rlari  orasida  o’zining  vatanidan  olisga  ketib  qolishini  "xatolig’" 



deb baholagan pushaymonlig’ kayfiyati ham uchraydi: 

 

 



Tole’ yo’qki, jonimg’a balolig’ bo’ldi, 

 

 



Har ishnikim ayladim, xatolig’ bo’ldi. 

 

 



o’z yerni qo’yib Hind sori yuzlandim, 

 

 



Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. 

   Demak,  Bobur  o’z vatanini  ishtiyoq bilan sevadi, g’urbatdan hasrat va nadomat 

chekadi,  bu  kayfiyatini,  holatini  o’z  she’rlarida  -  g’azal  va  ruboiylarida  mahorat 

bilan ifodalaydi. 




 

Bobur  lirikasidagi  ishq  mavzusi  juda  keng  qamrovli.  U  oddiy  insonning 

insonga  bo’lgan  muhabbatidan,  insonning  ilohga  bo’lgan  muhabbati  darajasiga 

ko’tarilgan.  Bu  esa  Bobur  she’riyatidagi  so’fiyona  mayllarni  namoyish  qiladi. 

Bobur  oshiqni  zohidga,  ishqni  zuhdu  –  taqvoga  qarama  -  qarshi  qo’yar  ekan,  bir 

jihatdan Navoiy singari shoirlarning an’analarini davom ettirib, tarkidunyochilikni 

oqlamasa, ikkinchi tomondan tasavvuf ta’limotidan bizga ma’lum bo’lgan zohidlar 

va oshiqlar (so’fiylar) o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ko’rsatib beradi: 

 

 

Zohido do’zax o’tidin meni ne qo’rqutasen, 



 

 

Hajr o’ti qoshinda ko’rmasmen ani uchqunga. 



 

 

Yoki: Tiyradur zuhd damidin ko’ngul, 



 

 

Ishq o’ti birla yorutmog’ kerak... 



 

 

 



...Zuhd ketti, esa karam qildi, 

 

 



Ishq keldi-yu muhtaram qildi.    

 

Xullas,  Bobur  lirikasining  mavzu  doirasi  rang-barang  bo’lib,  u  o’zbek 



klassik she’riyatining ravnaq topishiga, ijtimoiy – falsafiy fikrlar taraqqiysiga katta 

hissa qo’shdi. 

 

Bobur  –  yetuk  san’atkor  shoir.  U  Lutfiy,  Navoiy  singari  buyuk  so’z 



san’atkorlaridan  ta’lim  olib,  ularning  an’analarini  davom  ettirib  rivojlantirgan 

shoirdir.  SHoir  she’riyatning  badiiy  soddaligi  uchun  kurashdi.  SHoir  yaratgan 

timsollar  samimiyligi  va  tabiiyligi  bilan  kitobxonni  hayratga  soladi.  SHoir  badiiy 

sodda, ravon, musiqiy, tili boy va rangdor she’rlar yaratdi. Uning she’rlarida o’y va 

fikr, his va tuyg’u, tasvir va tavsif, so’z va musiqiylik bir-biri bilan uzviy bog’lanib 

ketadi;  Insonning  xilma-xil  ichki  kechinmalari,  shodligi  va  qayg’usi,  orzu  va 

armon, tolei va taqdiri o’ziga xos badiiy bo’yoqlar bilan tasvirlanadi, jonli obraz va 

portretlar yaratadi, tabiat manzaralari va turli lavhalarni rassom kabi chizib beradi. 

U  har  bir  she’ridagi  mazmunni,  kayfiyatni  e’tiborga  olgan  holda  unga  muvofiq 

shakl  vazn  qo’llaydi,  ichki  qofiyalardagi,  so’z  o’yinlaridan,  intonatsiya  va  ovush 

tovlanishlaridan ustalik bilan foydalanadi. Masalan, janrning: 

 

 



"Ko’nglumni chu ul pari olibtur, 

 

 



Devona bo’lurg’a ne qolibtur". 

 

 



Yoki: "Sabo ul gul haramig’a guzar qil, 

 

 



Mening holimdin ul gulga xabar qil" – 

kabi misralari nihoyatda sodda, ravon va musiqiydir. 

 

Bobur  lirikasi  shoirning  yuragi,  his  tuyg’ulari,  o’y  va  orzusi,  sukuti  va 



hayajonning  kitobidir.  Mohir  shoir  bularning  barchasini  lirik  she’rlarida 

favqulodda  sodda  usul  bilan  nihoyatda  ravon  va  ravshan,  tabiiy  va  haroratli  qilib 

tasvirlaydi.  Lirik  qahramon  –  Bobur  timsolida  biz  maqlub  va  xomush,  alamli  va 

hasratli,  umidsiz  va  istiqbolsiz  shaxs  bilan  g’olib  va  mag’rur,  shod  va  quvnoq, 

umidli  va  istiqbolli  Bobur  timsolini  ham  ko’ramiz.  Xuddi  shu  kabi  ma’shuqa 

timsoli  ham  goh  bevafo,  sitamkor  goh  eng  mehribon, vafodor,  go’zal  yor  sifatida 

gavdalanadi. 



 

Lirik  she’rlarida  shoir  faqat  siyosiy  faoliyati  zaminida  vujudga  kelgan 

kayfiyatlari bilan emas, balki oshiq, ma’rifatparvar va murabbiy bir inson sifatidagi 

fikr – tuyg’ulari bilan ham mujassamlashadi.  

 

Boburning  san’atkorlik  mahorati  badiiy  san’at  va  tasvir  vositalarini 



qo’llashda  ham  namoyon  bo’ladi.  U  o’xshatish,  tazod,  laf  va  nashr,  parallelizm, 

mubolag’a va boshqa turdagi usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni, obrazni, 

holat  va  his-tuyg’uni  mukammalroq  yoritishga  erishadi.  (Ushbu  badiiy  san’at  va 

tasvir  vositalariga  o’qituvchi  Bobur  g’azallaridan  misollar  keltirgan  holda 

tushuntiradi). 

 

Xullas,  Bobur  lirikasi  rang-barang  janrlardan  tashkil  topgan.  Uning  mavzu 



doirasi  keng.  SHarq  she’riyati  an’analarini  davom  ettirgan  shoir  mavjud  she’riy 

san’atlar  va  tasvir  vositalari  deya  mahorat  bilan  foydalanib,  o’z  san’atkorligini, 

o’zbek she’riyatida o’ziga xos hodisa ekanligini namoyish qildi. 

 

Bobur  o’zining  "Mubayyin"  nomli  asarida  soliq  solish  tartiblari,  ekin 



maydonlarini  tayinlash,  qanday  yerlardan  qaysi  hajmda  soliq  olishni  shariat 

mezoni  bilan  o’lchab,  chiroyli  nazmiy  asar  yaratgan.  Bobur  ushbu  asarini  o’g’li 

Humoyun  Mirzoga  atab  yozgan,  deb  taxmin  qilish  mumkin.  CHunki  asarda  u 

Humoyun,  Komron  Mirzolarning  nomlarini  tilga  olib,  ularga  tilak  bildiradi. 

Bundan tashqari, Bobur Xo’ja Ahrorning tasavvufga oid "Volidiya"  nomli asarini 

nazmga  solib,  eski  o’zbek  tiliga  tarjima  qilgan.  SHuningdek,  Bobur  aruz  ilmiga 

mansub bo’lgan "Muxtasar" nomli qimmatli asarning ham muallifidir. 

 

Bobur  alifbe  masalalari  bilan  ham  shug’ullangan.  U  alohida  xat  turi  "Hatti 



Boburiy"  ning  ixtirochisidir.  Bobur  ijodi  nihoyatda  serqirra.  Garchi  umri 

quvg’inlik va musofirlik tashvishlari bilan o’tgan bo’lsa – da, u tahorat, tayammum 

bilan  o’zini  pok  tutib,  musulmonlik  farzu  sunnatini  ado  etgan.  Buning  ustiga 

kelajak  avlodlar  uchun  da’vatnoma  deb  aytish  mumkin  bo’lgan  "Kitobu  –  s  – 

salot" – "Namoz Kitobi" ni yozib qoldirgan. 

 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  ismining  lug’aviy  ma’nosi  –  "Yo’lbars"  dir.  



Uning  jismi  ismiga  monand  bo’lib,  yo’lbarsdek  kuchli,  dovyurak,  abjir  va  epchil 

bo’lgan. 

  Boburning  eng  yirik  va  ajoyib  asari,  uni  butun  dunyoga  tanitgan,  Yevropa 

SHaro’shunoslari tomonidan Yuliy TSezarning kommentariyalari bilan bir qatorga 

qo’yilgan kitobi "Boburnoma" dir. 

Zahiriddin Muhammad Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng 

yirigi  O’rta  Osiyo,  Afg’oniston,  Hindiston  va  Eron  xalqlari  tarixi,  geografiyasi, 

etnografiyasiga  oid  nodir  va  qimmatli  ma’lumotlarni  o’z  ichiga  olgan  va  adabiy 

tilning yorqin namunasi bo’lgan "Boburnoma" asaridir. 

Asarning  asli  nomi  "Boburiya"  bo’lsa  –  da,  uni  "Voqeanoma",  "Tuzuku 

Boburiy",  "Voqeoti  Boburiy"  deb  atadilar,  keyinchalik  asar  "Boburnoma"  degan 

nom bilan mashhur bo’lib ketdi. 

"Boburnoma"  memuarlar  (esdaliklar)  to’plamidir.  Bu  tarixiy  –  badiiy  asar 

1494  –1529  yillardagi  voqealarni,  Movarounnahr,  Xuroson,  Afg’oniston  va 

Hindistonda  ro’y  bergan  va  ko’pida  Boburning  o’zi  ishtirok  etgan  o’zaro  feodal 

urushlarni  o’z  ichiga  oladi.  Aftidan,  Bobur  siyosiy  faoliyatining  dastlabki 




yillaridan  boshlab  voqealrni  xotira  sifatida  qayd  etib  borgan,  keyinchalik  bu 

qaydlar "Boburnoma" ning yaratilishiga asos bo’lgan. Boburning "Boburnoma" ni 

qachon  yozishga  kirishgani  ma’lum  emas.  Biroq  asarning  ayrim  o’rinlari  uning 

ko’proq  qismi  Hindistonda  yozilgani  yoki  qayta  tahrir  qilinganini  ko’rsatadi. 

Masalan,  adib  909  (1503-1504)  yilgi  Afg’oniston  voqealarini  bayon  qilar  ekan 

Ibrohim  Lo’diy  ustidan  qozongan  g’alabasini  eslaydi.  Bu  esa  Boburning  909  yil 

voqealarini  Hindistonda  yozganini  yoki  avvalgi  yozganlarini  tahrir  qilganini 

ko’rsatadi.  Bobur  bu  asarini  umrining  oxirlarida,  1529-1530  yillarda  yozib 

tugatadi. 

Boburning o’z so’zi va uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" dagi 

ma’lumotlariga  ko’ra,  "Boburnoma"  dastlab  "Voqeanoma"  deb  atalgan. 

"Boburnoma" dagi bir ruboiysida shoir shunday degan edi: 

   

Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum, 



   

Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum, 

   

Har kim bu "Vaqoe" ni o’qur, bilgaykim, 



   

Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum. 

  "Boburnoma" ni ko’chirgan bir kotib uni "Boburiya" deb nomlaydi. Demak, 

"Boburnoma"  asari  o’z  davrida  yuqorida  aytib  o’tganimizdek  bir  qancha  nomlar 

bilan atalgan ekan. 

  "Boburnoma"  ning  o’ndan  ziyod  qo’lyozma  nusxalari  ma’lum.  Asarning 

Boburning hayot davridayoq ko’chirilgan ikki nusxasi haqida ma’lumotlar bo’lsa – 

da,  ularning  qaerda  saqlanayotgani  ma’lum  emas.  "Boburnoma"  ning  XVII  – 

XVIII  asrlarda  ko’chirilgan  nusxalari  Leningrad,  Kalьkutta,  Agra,  Haydarobod, 

Manchestr, London, Edinburg va boshqa joylarda saqlanadi. 

  "Boburnoma"  1857  yilda  Qozonda  turkshunos  rus  olimi  N.Ilьminskiy 

tomonidan  nashr  etiladi.  1905  yil  ingliz  olimasi  A.Beverij  xonim  "Boburnoma" 

ning  Haydarobodda  topilgan  qo’lyozmasining  faksimiliesini  nashr  ettiradi.  Asar 

Turkiyada  ham  nashr  ettirilgan.  Asardan  parchalar  bir  necha  xrestomatiyalarda 

nashr  ettirildi.  1948-49  yillarda  ikki  kitob  holida,  1965-66  yillarda  uch  tomlik 

tarkibida,  1990  yilda  alohida  kitob  holida  chop  etildi.    "Boburnoma"  asari  bilan 

SHarq va G’arb olimlari alohida qiziqishgan. Uni eng kamyob va nodir asarlardan 

hisoblagan  ko’pgina  G’arb  olimlari  tadqiq  etib  o’rganganlar,  tarjima  qilganlar. 

Jumladan, G’arb tarixchi olimlardan Elfinston Boburning bu asari haqida shunday 

yozadi:  "Bu  memuarlarda    buyuk  turk  podshosining  hayoti  batafsil  tasvirlangan, 

uning  shaxsiy  his  –  tuyg’ulari  har  qanday  mubolag’adan,  pardadan  holi.  Uning 

uslubi  oddiy  va  mardona,  shuningdek,  jonli  va  obrazli.  o’z  zamondoshlarining 

biografiyalarini,  ularning  qiyofalarini,  urf-odatlarini,  qiliqlarini  oynadek  ravshan 

tasvirlaydi. Bu jihatdan u ("Boburnoma") Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir 

namunasidir..."  

 

"Boburnoma" bir necha tillarga tarjima qilingan. Akbarshoh davrida (1586). 



"Boburnoma" fors tiliga tarjima qilinib, unga miniatyuralar ishlangan. 

TAYaNCH TUSHUNCHALAR VA So’ZLAR: 

Lirik tur, janrlar, g’azal, ruboiy, tuyuq, oddiy g’azal, g’azali musajja’, qit’a g’azal, 

g’azali husni matla’, tajnis, laf va nashr, badiiy mahorat. 

 



 

TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR: 

1.Boburning lirik merosini nimalar tashkil etadiq 

2.Bobur lirikasining mavzu doirasi haqida ma’lumot bering. 

3.Boburning she’rlarida biografik asosning o’rnini izohlang. 

4.Bobur qo’llagan badiiy san’atlar va tasvir vositalarini tushuntirib bering. 

 

ADABIYOTLAR: 



1.Zahiriddin Muhammad Bobur. Mahrami asror topmadim. T., 1993. 

2.Mallayev N. O’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob, 1976. 

3.Qudratullayev  O’.  "Boburnoma"  ning  tarixiy  –  adabiy  va  uslubiy  tahlili. 

Avtoreferat. T., 1998. 

4.Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998. 

5.Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. T., 1996. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 194,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish