1. Orta Osiyo hududini bosib olishga urinib ko’rgan ilk fors podshosi kim edi ?
A) Kir II B) Kserks S) Kambiz D) Doro I
2. Forslarga qarshi dastlabki qo’zg’alonga kim raxbarlik qilgan ?
A) To’maris B) Shiroq S) Frada D) Spitamen
3. Doro I saklarning qaysi guruhi ustiga yurish qilgan?
A) saka tigraxauda B) saka xaumavarka S)sakat tay tara daraya D) barchasiga
4. Satrap so’zining ma’nosi nima ?
A) Viloyat B) Tuman S) qishloq D) Ovul
5. Amudaryo xazinasi qaysi yili topilgan ?
A) 1877-yilda B) 1878-yilda S) 1879-yilda D) 1880-yilda
6. Aleksandr qurdirgan “Aleksandriya Esxata” qal’asining ma’nosi nima ?
A) yaqin Aleksandriya B) chekka Aleksandriya S) baland Aleksandriya D) to’g’ri javob yo’q
7. Amudaryoning tarixiy nomi nima?
A Yaksart B Oks S Politmet D Harkon
8. Horiyen va Oksiartning qa’lalari qayerda joylashgan?
A) Hisor tog’ida B) Oks bo’yida S) Pomir tog’ida D) Yaksart bo’yida
9. Quyidagilar ichidan qaysi birini makedoniyalik Aleksandr bosib olmagan?
A Marg’iyona B Baqtriya S So’g’diyona D Xorazim
10. Horiyen va Oksiart ………….. zodagonlari bo’lgan.
A Baqtriya B So’g’d S Xorazm D Marg’iyona
11. Podsho Salavka qachon vafot etdi ?
A) mil avv 270-yilda B) mil avv 280-yilda S)mil avv 290-yilda D) mil avv 300-yilda
12. Parfiya davlatida hokimyat kimning qo’liga o’tishi bilan Baqtriyada harbiy tayziq kuchaygan va tinimsiz urushlar oqibatida mamlakat kuchsizlangan ?
A) Diodotning B) Mitridat I ning S) Antioxning D)Yevtidemning
13. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar qanday tasvirda zarb etilgan ?
A) Qushlar surati bilan B) Hukmdor tasviri bilan S) qurollar tasviri bilan D) jangchilar tasviri bilan
14. 1. Xorazm davlati Ahamoniylar davlati tarkibidan qachon mustaqil bo’lib chiqqan ?
A) mil avv IV asrda B) mil avv V asrda S) mil avv VI asrda D) mil avv VII asrda
15. Miloddan avvalgi VII asrga oid shahar harobalar qaysi?
A Ko’zaliqir B Qa’laliqir S Jonbosqa’la D Qo’yqirilgan qa’la
16. Qadimgi Xorazmning qaysi shahri harobalari ostidan aylana shaklida qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan ?
A)Jonbosqal’adan B) Qo’yqirilganqal’adan S)Ko’zaliqirdan D)Tuproqqal’adan
17. Eng qadimiy yozuvlar Xorazmning qaysi shahridan topilgan edi ?
A) Oybo’yirqal’adan B) Qo’yqirilganqal’adan S) Tuproqqal’adan D) Ko’zaliqirdan
18. Qang‘ hududidan Buyuk ipak yo’lining qaysi tarmog’i o’tgan?
A janubiy B shimoliy S g’arbiy D sharqiy
19. Xitoy tarixchilari Qang’ davlati poytaxti bo’lgan shaharni qanday atashgan ?
A) Bityan B) Sintsyan S) Pansyan D) Sin yan
20. Dovon davlati qaysi davrlarda tashkil topgan?
A) taxminan mi avv III asrda B) taxminan mi avv II asrda
S) taxminan mi avv I asrda D) taxminan milodiy II asrlarda