2. Parfiya davlati yunon baqtriya podsholigi. Qanf davlati Qadimgi farg`ona davlati



Download 460 Kb.
bet1/12
Sana04.06.2022
Hajmi460 Kb.
#636846
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’rta osiyo salavkiylar hukumronligi ostida


Reja:


1.O’rta osiyo salavkiylar hukumronligi ostida
2. Parfiya davlati. yunon - baqtriya podsholigi.
3. Qanf davlati
4. Qadimgi farg`ona davlati
5. Kushon davlati


1.O’rta osiyo salavkiylar hukumronligi ostida

Iskandar Zulqarnayn vafotidan so`ng taxt vorisligiga davogar shaxs yo’q edi. Iskandar vafotidan so`ng to`rt oy o`tgach Roksana o`g’il ko`radi. Unga Aleksandir dеb ism qo`yadilar. Kichik Iskandar Sharqiy viloyatlar hukmdori etib tayinlanadi. Hukmdor hali yosh bo`lganligi uchun bu viloyatlarga rahbarlik qilish qo`mondonlardan Perdikka va Antipatr zimmasiga yuklanadi. Ammo toj-taxt uchun olib borilgan kurash yosh gudakni ham omon qoldirmaydi. Taxt uchun kurashda Iskandar lashkarboshilarining birontasi ham yorqin g`alabaga erisha olmaydi. Buning ustiga Iskandar vafotidan xabar topgan xalqlar ozodlik kurashiga otlanadilar. Tarixiy manbalarga qaraganda Murg’ob vodiysida barpo etilgan Margiana Alеksandriya shahrini «varvarlar» vayron etadilar. Miloddan avvalgi 301 yilda Frigiyaning Ips dеb atalgan joyida yo`z bergan qonli janglar oqibatida Is­kandar saltanati uch mustaqil davlatga: Makеdoniya, Misr, Suriya va Sharqqa bo`linib kеtadi. Makеdoniya - Antiox avlodlariga, Misr - Ptolomеy avlodlariga va Suriyadan to O’rta Osiyo - Hindistongacha Salavkka tеgadi. Salavk 312 yildayoq Vaviloniyada o`z hukmronligini mustahkamlagan edi. Shundan so`ng Salavk Sharqiy satrapliklarni ham egallaydi. Bu masalada Salavk bilan Nikanor o`rtasida kurash kuchayadi. Nikanor birinchi jangdayoq mag`lubiyatga uchraydi. Salavk miloddan avvalgi 311 — 302 yillarda boshqa satraplar bilan ham jang olib boradi va Sharqda o`z hukmronligini mustahkamlaydi. Ana shu tariqa Salavk I parfyanlar, baqtriyalik so`g`diylar, girkanlar ustidan o`zining tanho hukmronligini o`rnatadi.


302 yildagi Suriya, Kichik Osiyo va Mеsopotamiya viloyatlari uchun Salavk bilan Antigon o`rtasidagi jang bir yilga cho`ziladi, bu jang Salavkning yorqin g`alabasi bilan yakunlanadi.
Ana shu tariqa Iskandar saltanatining katta qismi Salavk qo`li ostida birlashadi. U mustaqil siyosat olib bordi, satrapliklarni maydalab yubordi, ularning sonini 72 taga еtkazdi. Salavkning maqsadi satrapliklarning qudratini pasaytirish va ular ustidan hukmronlikni kuchaytirishdan iborat edi. Ammo Salavk I ning o`g`li Aktiox I davrida satrapliklar yana yiriklashtirildi.
293 yilda Salavk o`z poytaxtini Bobildan Suriya — Antioxiyaga ko`chiradi.
Satraplar qo`lida katta hokimiyat bo`lgan, ammo ularda oliy harbiy hokimiyat yo`q edi. Oliy harbiy hokimiyat markaziy hukmdor podshoh ixtiyorida bo`lgan. Bu markaziy hokimiyatning ustunligini ta'minlash uchun zarur edi. Ammo bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda keyinchalik buzilgan bo`lsada, harbiy viloyatlarda saqlangan edi.
Salavk 293 yilda sharqiy viloyatlarni ishini o`z o`g`li Antioxga topshiradi va uni hukmdor qilib tayinlaydi. Bu viloyatlar Salavk davlati iqtisodiyotida katta o`rinni tutar edi.
Antiox Spitamеnning qizi Apamadan tug`ilgandi. Salavkning to`nqich o`g`li ham bo`lgan. Yunon muarrixlari Salavk I va Antioxlar O’rta Osiyoga juda katta e'tibor berganliklarini yozadilar. Ular davrida 75 shahar qurilganligi manbalarda qayd etiladi. Bu shaharlar Salavkiya, Aktioxiya va boshqa nomlar bilan atalgan. Tarixchilar bunday shaharlardan biri eng uzoqlikda joylashgan «Yaksart» (Sirdaryo) ortidagi Antioxiya dеb hisoblaydilar. Bu shaharni Xitoy manbalarida O`zgan shahri bo`lsa kerak dеb taxmin qiladilar. Salavk xalqaro tijorat ishlarini rivojlantirish masalasiga ham katta e'tibor beradi. Ana shu maqsadda u Kaspiy bilan qora dеngizni bog`lab Amudaryo orqali «Tosh minora»ga yo`l ochishga qaror qiladi. (Beruniy fikricha «Tosh minora» yoki «Tosh shahar» bu Toshkеntdir.)
Strabon bergan ma'lumotlarga qaraganda Antiox Marg`iyonada o`z nomiga qurdirgan shahar - Antioxiyani ko`chmanchilarning tinimsiz xujumidan himoya qilish maqsadida Murg`ob vohasi atrofini 250 km dеvor bilan o`rab olgan Ammo ko`chmanchilarning hujumlari bu bilan to`xtamagan. Ular u yoki bu shahar dеvorlari ostida yoki ekinzor dalalar hamda voha bog`larida kutilmaganda paydo bo`lar va yana tеzda ko`zdan g`oyib bo`lar edilar. Ana shunday og`ir bir vaziyatda Salavk I Hindistonga qarshi urush boshlaydi. Bu urush uning mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Natijada salavkiylarying O’rta Osiyodagi obro`siga putur еtadi, ularga qarshi qo`zg`olonlar boshlanadi. Salavkiylar og`ir ahvolga tushib qoladilar. Antiox maxaliy aslzodalarga bir qadar yon bosib og`ir vaziyatning oldini oladi. U Baqtriyada sharqiy viloyatlari uchun davlatning o`z pullarini zarb etishga kirishadi. Antiox nomi bilan Baqtriyada pul zarb etilishi uning mustahkam davlat siyosatini olib borayotganligyni ko`rsatar edi. Miloddan avvalgi 280 yilda Salavk I vafot etadi. Salavkiylar davlatiga Antiox I bosh bo`ladi. Ana shu davrdan boshlab sharqiy viloyatlar Antiox I faoliyatidan chеtda qoladi. Chunki harbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning qo`shin bilan birga bo`lishini taqozo etar edi.
Ayni paytda harbiy viloyatlarda ham vaziyat ko`ngildagidеk emas edi. Xullas, Salavk I vafotidan so`ng dav­latning zaminiga putur kеtadi. Sharqiy viloyatlar oltin, fil lazuritlar bilan doimo jarima to`lab tursalarda, ularning mustaqillikka intilayotganliklari sеzilib turardi. Bu jarayon xususan miloddan avvalgi III asr o`rtalariga kеlganda ko`zga yaqqol tashlana boshladi.
Bu davrda Baqtriya va Sug`diyonada axoli dеxqonchilik bilan shug`ullanardi. Shaharlarning o`sishi, hunarmandchilik va suv xo`jaligining taraqqiyotiga ta'sir etgan. O’rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibida bo`lishi so`zsiz suratda Ellin madaniyati ta'sirining o`lka xalqlari orasida tarqalishiga sabab bo`lgan omildir.



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish