Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi


Har daraxtning mevasi koʻp boʻlsa boshi ham boʻlur



Download 417,3 Kb.
bet23/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Har daraxtning mevasi koʻp boʻlsa boshi ham boʻlur.
Olimi xudbin boʻlma, olimi kasdon boʻl-kabi xalq maqollari, irsoli masalalarini eslatuvchi dono baytu misralari komil inson tarbiyasiga xizmat qilmoqda.
Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixidagi diniy-tasavvufiy qarashlarni falsafiy badiiy-tashviqiy yoʻsinda davom ettirib, bir qancha salmoqli masnaviy asarlar yaratgan ilohiyotchi mutafakkir shoirlardan biri Soʻfi Olloyor dir. Uning o;ziga xos boy merosini chang gʻuborlardan saqlab xolis oʻrganish va baxolashga mustaqillik yillarida kirishildi. Hozirda bir qancha muhim ilmiy-tadqiqotlar yuzaga keldi. Sabot ul ojizin asari ikki marta chop etildi. Soʻfi Olloyor Oʻzbek mumtoz adabiyotida islomiy-irfoniy adabiyot an`analarini davom ettirib, oʻziga xos adabiy maktab yaratgan iste`dodli shoir, adib va ilohiyotchi adib va mutafakkirdir.
Soʻfi Olloyor 1644-yili Kattaqoʻrgʻon bekligiga qarashli Minglar qishlogʻida xitoy-qipchoq qabilasining Oʻtarchi urugʻidan boʻlgan Olloquli (Temiryor) Xonadonida dunyoga kelgan. Shayxlar qishlogʻidagi ibtidoiy maktabdan soʻng 12 yoshlarida Buxoroga madrasa tahsilini olish uchun borgan. Uning otasi oʻqimishli taqvoqor boʻlib, oʻgʻillarining, jumladan, Olloyor islomiy ilm olishiga alohida e`tibor bergan. Olloqulining katta oʻgʻli Farxot Otaliq Beklik mavqeiga koʻtarilgan, Olloyor esa, oʻz zamonasining islom dini ranamolaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Yosh Olloyor tahsil yillaridan soʻng oz muddat Abdulazizxon saroyining boj yigʻuvchilari qatorida davlat xizmatida boʻlgan. Biroq u bu xizmatni ixtiyoroy tarzda tark etib, joʻybor shayxlari va oʻzining e`tiqodi qistavi bilan islom ta`limotining Buxorodagi sarvarlaridan Navroʻz Eshonga murid tushib, oʻz urini naqshbandiya yoʻliga astoyidil bogʻlagan. Soʻfi Olloyorning forsiy tildagi “Maslak ul-mutlaqin” asaridagi pirikomil hazrati Navroʻz haqidagi quyidagi nazmi baytlar uchraydi.
Mazmunu: “Asr shoxi (Buxoro xoni) Abdulazizxon (1645-1680) huzurida xizmatda edim.Yegan nonim zahar-zaqqum edi. Nogahon ollohning inoyati bilan ul zotning muhabbatiga bogʻlandim. Ul ollohning habibi yoʻlida boʻlgan mushridning muborak nomi nomi Navroʻz boʻlib, boshdan-oyogʻi dard-u soʻzdir. Ul zotning vasfini bayon etmoq mushkuldir. Uning jazbasi shunchalik tortdiki eng nozik tomirlar-u har bir soch tolasigacha harakatga keldi. Darhol poyiga tiz choʻkdim va unga qoʻl berdim”. Buxoroi sharifning eng nufuzli shayxlari tahsili va ta`sirida boʻlgan Olloyor oʻn ikki yil oʻyib, oʻzi ham shayxlik unvoniga koʻtariladi, dinu dinoyat rahnamolaridan biriga aylanadi. Soʻfi Olloyor bu yillari birin-ketin marifiy yoʻnalishdagi “Maslak ul-muttaqin” (Taqvadorlar maslagi),”Sabot ul-ojizin” (Ojizlar saboti, najoti), “Murod ul- orifin” (Oriflar murodi), “Najot ul-tolifon” (Toliblar najoti) kabi asarlari bilan tanildi. Bu asarlarda biz Soʻfi Olloyorning islom tarixini, fiqh ilmini chuqur bilgan dinshunos olim hamda ularni badiiy soʻz san`ati orqali yuksak mahorat bilan tashviq etishga qodir shoir va adib darajasiga koʻtarilganligiga toʻla qanoat hosil qilamiz. Shu asarlari orqali u shayx va shoir sifatida musulmon bandalariga salaflari- Xoja Ahmad Yassaviy , Sulaymon Boqirgʻoniydek hidoyat va najot yoʻlini koʻrsatib berishga muvaffaq boʻldi.
Bu asarlarida Soʻfi Olloyar dunyoni islom nuri va tasavvuf timsollari koʻzgusida koʻradi, u orqali badiiy bir dunyo kashf etgandek boʻldi.
Ma’lumki, Soʻfi Olloyor va Boborahim Mashrab bir davrning mutffakir soʻz ustalaridir. Har ikkala shoir haqidagi qoʻlyozma manbalarda, shuningdek, ularning oʻz asarlari tarkibida biri soʻfiy, ikkinchisi qalandar sifatida mashhur boʻlgan, bu avliyosifat siymolarning uchrashganliklari, muloqotda boʻlganliklariga doir lavhalar bor.
Mashrab Soʻfi Olloyor bilan diydor koʻrishish orzusida uning tugʻilib oʻsgan vatani Kattaqoʻrgʻon mavzeida, keyinchalik esa, Soʻfi Olloyorning Gʻuzordagi soʻnggi yillar qoʻnim joyi Vaxshivorda boʻlgan. “Devoni Mashrab” da bu ikki buyuk zotning uchrashuviga oid naql-lavhalar keltirilgan. Bu uchrashuvlar tasodif boʻlmagan, albatta. Har ikkala siymoning Haqqa intilishlari, ustodlari darajasida ulkan e`tabor qozonishib, musulmon ummatlarini gunohlardan, noshar`iy harakatlardan saqlanishga da`vat etganlar. Biroq bu maqsadni Boborahim Mashrab asosan Haqning oʻziga erishish, uning yoʻlida riyozat chekishda koʻradi. Shariyat va dinu islomning boshqa aqida va arkonlarigʻa loqayd qaragandek boʻladi. Soʻfi Olloyor esa Olloh taolo yaratgan jannat-u doʻzoxga ham, musulmonchilikning boshqa ham e`tiqod qilgan va ularni kuchli targʻib qilgan mutafakkidir.
Soʻfi Olloyor oʻz umrining oxirgi yillari Buxoro amiri tomonidan akasi Farhod Otaliqning taqib etilishdan xavfsirab Gʻuzor bekligiga ketib, Dehnov muzofatida yashay boshlaydi. U ancha uzoq umr koʻrib, 1724 yili Katta Vaxshivor qishlogʻida qazo qiladi. Soʻfi Olloyorning oʻz jigari Farhod Otaliqqa yozgan bir maktub-muxammasida uning oʻzga yurtlarga ketishining sabablariga doir ishoralar bor. Allomaning bir oʻgʻil va ikki qiz boʻlib, ularning qadamjolari Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanining choʻnqaymish qishlogʻidadir. Soʻfi Olloyor Buxorodan qaytgach, ancha yillar Kattaqoʻrgʻonda yashaganligi, masjid va xonagoh qurdirganligi haqida ma`lumotlar bor. U hayot kechirgan mahallani Soʻfi Guzari deb atashgan, hozir ha m shunday. Soʻnggi yillari Soʻfi Olloyor tavallud topib, ancha yillar yashagan maskanlarda uning sharafiga ilmiy anjumanlar oʻtkaziladi, xotira, yodgorlik maydonlari ochildi, yodgorlik haykallari, Marmar lavhalar ochildi. Soʻfi Olloyorning zamondosh oʻqimishli, orif shoirlardan biri shoir vafotiga bagʻishlab marsiya-tarix yozgan. Bu tarix-she`rdagi tarix moddasidan abjadhisobiga koʻra hijriy 1333, milodiy 1724-1725 yil chiqadi. Shu tarix-marsiyada Soʻfi Olloyorning islom ma`naviyatida tutgan oʻrni yuksak baholanib, “Abu Hanifai vaqt ast”- hanafiy mazhabidagi musulmonlarning sardori Imom A`zam Sunniy (hanafiy) musulmonlarining rahnamosi boʻlib, “Savodi A`zam” ilohiyot kitobida Qur`oni karim va Hadisi sharif asosida shariat aqida hamda ahkomlarni tartibga solgan fikh olimlarning toʻngʻichidir.

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish