Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet25/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
Yozildi forsiy til birla maktub, Aqitodu furui qurbi mahbub.
Anikim koʻrdilar turkiy yoronlar, Dedilar: “Gar duo qilsa eronlar,
Bitilsa turkey til birla aqida, Koʻngillar boʻlsa ondin oramida”.
“Sabot ul-ojizin” aqida (e’tiqod, ixlos, ishonch) haqidagi kitob ekanligi muallif asarning boshqa oʻrinlarida ham eslatib oʻtadi va oʻz muxlislarini, toliblarni unga sidqidildan unga rioya qilishga da’vat etadi:
Aqida soʻzlarini qildim isbot, Anga qoʻydum “Sabot ul-ojizin” ot,
Oʻzimdek xastalar boʻlgʻaymu deb shod, Nasoyihdan ham andak ayladim yod.
Nasihat tinglamas dil sohta majhub, Koʻkarmas toshga yomgʻur yogʻsa ham koʻb
Topimoq tangrini, tonmoq havodin, Keyin turmoq fioli noravodin.
Aqida bilmagan shaytoni eldur. Uyalma ma’rifatni oʻrganurdin,
Tanur joying boʻlur qolsa tanurdin…
Koʻrinadiki, ilohiyotchi shoir Olloh taoloning ma’rifatli, tavhidi, sifatlari, imon, farishtalar, qabr azobi, qiyomat kuni, paygʻambarimiz shafoati, umrining foniyligi, avliyolar karomati, piru komillar hosiyati, rizo va sabr, ta’ma, dunyo hiylalaridan qochish, kibr-havoli boʻlmaslik, muloyim soʻzlilik, insoniylik, mehr-muruvvat, xudodan umidvorlik kabi komil inson qiyofasini belgilovchi aqida afzalliklarini avomfahm tilda shoirona bayon etadi.
Soʻfi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asaridagi diniy-islomiy qarashlarni Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqirgʻoniy ijodi bilan qiyosan oʻrganganda ular ijodiga xos mushtarak jihatlar bilan farqli jihatlar ham koʻzga tashlanadi. Soʻfi Olloyor oʻzbek adabiyotiga diniy-ilmiy yoʻnalishni olib kirgan muallifdir. Chunki uning kitoblarida ta’riflagan islom arkonlari va ahkomlari islom dinini oʻrganuvchilar uchun muhim qoʻllanma, darslik vazifasini oʻtashi koʻzda tutilgan edi.
“Sabot ul-ojizin” ikki jihati bilan amaliy ahamiyat kasb etishi lozim edi, shunday ham boʻl-di.Birinchidan,u diniy ta’limotni targʻib ,tashviq qildi,xudojoʻy kishilarning Ollohga boʻlgan e’tiqodini kuchaytirdi, din-u shariyatning amaliy shartlarini oʻrganishga koʻmak berdi. Ikkinchidan, u badiiy ijod mahsuli boʻlib, shoirning iste’dodi qirralarini koʻrsatdi. Buning uchun u musulmon ummatlariga ta’sir oʻtkazishning ikkita juda maqbul yoʻlini tanladi. Birinchisi, jonli, obrazli, sodda tilda oʻz aqidalarini tushuntirish, ikkinchisi, Olloh va shariat yoʻlidan chekingan, imoni zaif shaxslarni oxirat, qiyomat azoblari bilan qoʻrqitish, shunday azoblar borligidan ojiz, imoni sust bandalarni ogohlantirish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun musulmon bandasi avval oʻz gunohlaridan poklanishi, soʻng ma’rifat va ahloq tarbiyasini olishi, komillikga intilishi kerak. Shoir yahshi hulqli, diyonatli, imonli, sabr-qanoatli, koʻngli-dili pokinsongina Olloh fayzidan bahramand boʻlajagini ta’kidlaydi.
Koʻngul Haq fayziga boʻlsun desang chok,
Ki avval martaba xulqingni qil pok.
Demak, alloma oʻz ilohiy dasturnomasini yozish va musulmonlarga taqdim etishda ikki maqsadni koʻzlagan, ikkita bir-biri bilan bogʻliq muammoni oʻrtaga qoʻygan. Shu bois asarning birinchi qismi da’vatdan iborat boʻlib, unda gʻaflat uyqusida boʻlgan avom halqni ogohlantirish, tavba qilishga, haq yoʻliga, rasululloh, sunnatlariga qaytishga chaqirish yetakchi boʻlsa, ikkinchi qism ishq, e’tiqod yoʻliga, tariqatga qadam qoʻygan musulmon bandasi uchun zarur boʻlgan axloqiy fazilatlar, ya’ni tariqat odobiga bagʻishlanadi. Shu asosda u tanazzulga yuz tutgan ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, omma mafkurasini noshariy, yot odat va unsurlardan tozalashga kirishadi. Shu taxlit “Sabot ul-ojizin” jamiyat a’zolarida e’tiqodni mustahkamlash dasturi vazifasini bajardi. Asar maktab va madrasalarda oʻqitilib kelindi, har bir solih xonadonning Qur’oni karimdan keyingi doimiy saboq kitobiga aylandi.
Kitob bir qancha fasllarga boʻlinadi. Avliyo hamda paygʻambarlar haqidagi hikoyat va rivoyatlar, kamtarlik, rostgoʻylik, halollik, adolat, sahovat, ma’rifat, musulmonchilik, e’tiqod, imonga bagʻishlangan alohida-alohida masnaviy bandlar, munojot va ruboiylar asar qurilmasini tashkil etadi.
Jahannam uzra bir koʻpruk erur oh, Oʻshal koʻpruk Sirot otli guzargoh.
Qilichdin tez, erur qildin ingichko, Keley, banda oʻzingni sol xudogʻa,
Qazogʻa rozi boʻl, sabr et balogʻa-
kabi Yassaviyona oʻrinlar, pand-u hikmatlar, oxiratda gunoh-u savoblarni oʻlchovchi tosh-u tarozular bayoni bilan birga, ma’rifat, insoniylik fazilatlariga doir koʻpdan-koʻp lavhalar, tajnisli baytlar ham keltiriladi:
Ochiqkoʻngillik kushoda yuz li boʻlgʻil,Muruvvatlik, muloyim soʻzli boʻlgʻil.
Musulmon oʻgʻligʻa yahshi qiliq qil, Tilingni xush, chiroyingni iliq qil.
Gʻaraz ey, odami saqla oʻzingni, Gunoh mahram sari solma koʻzingni,
Agar rutbang erur a’loyi ofoq, Yiqilgan hastalarni holina boq.
Qoracha oʻgʻli xoja oʻgʻlidin kam, Muallim boʻlsa saiddan oʻtar ham.
Keley, tolib koʻzing ibrat bila och, Muhabbatsiz kishidan qush kabi qoch.
Shoir, kibr-havoga berilishni, manmanlikni keskin qoralab, riyokorlik, pastkashlik shulardan kelib chiqib chiqishini eslatadi. Komil boʻlay desang, oʻzingni kamtar tut! Daraxtning mevasi qanchalik koʻp boʻlsa, shunchalik egilib turishidan ibrat ol, deydi u.
Agarchandiki gavhar poradursan, Yaqin bil, bandai bechoradursan,
Hamisha, bandadandur zor qilmoq, Na haddur, boshini yuqori qilmoq.
Tavozu’lik boʻlib, tutgil oʻzing kam Shajarkim boʻlsa mevalik, boʻlur ham.
Terakkim, ul koʻtardi yuqori bosh, Samarsiz boʻldi, koʻrdungmu oni fosh!
Kishikim, xoki rahdur, beriyodur, Yaqin bilgilki, koʻzga toʻtiyodur.
Mutafakkirning xushmuomalalik, shirintillilik haqidagi mana bu hikmatlarga toʻla misralari ham qadrlidir:
Yomon til goh sargʻaytirar yuzingni,
Tuman boshingni, termiltirar koʻzingni…
Musulmon oʻgʻligʻa ayhshi qiliq qil…
Tilingni xush, chiroyingni iliq qil…
Kishi san chiq soʻz aytsa san chiq ondin,
Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin...
Sofi Olloyor e’tiqodicha, insonning ma’naviy jihatdan barkamolligi uning ruhiy olami bilan bogʻliq. Shuning uchun odam yahshi ishlar bilan shugʻullanishi, yahshi, ibratli amallarni oʻzlariga aksb qilib olishi shart. Buning uchun esa, uning ruhiyati musaffo, koʻngli pok boʻlishi zarur:
Hama a’zo raiyatdur, koʻngil-shoh, Amonligʻ boʻlgʻusi shoh adlidin roh.
Agar sulton oʻzi qilsa yomonligʻ, Qachon boʻlgʻay raiyatda omonligʻ.
Ma’lum boʻlayotirki, bu oʻrinda shoir kuchli qiyos, tanbehni qoʻllagan. U inson vujudini harakatdagi jamiyatga oʻhshatib, vujudning a’zolarini xalqqa-raiyatga, koʻngulni esa, xalqni boshqaruvchi shohga-sultonga qiyoslanmoqda.
Agar shoh adolatli boʻlsa, ya’ni koʻngli toza va toʻgʻri boʻlsa, xaloyiqni toʻgʻri yoʻlga boshqaradi, davlat va jamiyat ravnaq topadi va agar shohning oʻzi adolatsiz boʻlsa, davlat va jamiyat tanazzulga uchraydi. Demak, ezgu faoliyat koʻngilni poklashni taqozo etadi; Koʻngilni poklash esa, uzluksiz Olloh yoʻlida imonli boʻlishni, riyozatni talab qiladigan hayotiy jarayondir.Bunga misol yongʻoqdir:
Riyozat mevasidir misli yongʻoq, Agarchi zohiri shax, botini yogʻ.
Maishat zohiri narm, oxiri qahr, Yilonni toshi yumshoqdur ichi zahr…
Shoir talqinicha, rizoyatning mevasi bamisoli yongʻoqdir. Riyozatning tashqi koʻrinishi mashaqqat, ammo ichki mohiyati rohat boʻlaganidek, yongʻoqning ham poʻchogʻi qattiq, ammo magʻzi yogdek yumshoq va yoqimlidir. Aysh-ishrat esa ilonga oʻxshatiladi. Maishatninng tashqi oqibati qahrgʻazab, u ba`zan fojea bilan yakunlanadi. Ilonning ham badani yumshoq, ichi esa toʻla zahar. Shuning uchun shoir riyozat tuprogʻiga har kun bosh qoʻyishga-ibodat qilishga chorlaydi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish