Riyozat hokiga har kecha ur bosh,
Yurak qon bogʻlasa, la’l otanur tosh.
Zotan, muhabbat dardida riyozat chekkan yurak qon bogʻlab, la’l toshidek qip-qizil tus oladi.
Soʻfi Olloyorning masnaviy oʻgitlarining aksariyati sermagʻiz yongʻoqqa oʻxshaydi. Uningcha, kerak joyda koʻp soʻzlashdan saqlanish nutq odobidir;
Kalidi ganji mani’kim “zabondur”,
Anga bir nuqta koʻp boʻlsa ziyondur.
Badmuomalalik, sanchib-sanchib gapirish esa, kishini yaxshilar nazaridan qoldiradi, el undan ranjiydi:
Kishi sanchiq soʻz aytsa, sanchiq ondin,
Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin
(Fikrni kuchaytiruvchi ritorik takror, tajnis) Soʻfi Olloyor sabogʻicha xushmuomalalik inson nomini ulugʻlovchi eng muhim fazilatlardandir.
“Sabot ul-ojizin”dagi axloq-odobga doir har bir fao ma’vizada biror abyt, she’riy lavha yoʻqki, unda shoir oʻz fikriga, pand-u oʻgitlariga sayqal bermasin, oʻzbek tilining boy imkoniyatlaridan, nozikliklaridan mahorat bilan foydalangan boʻlmasin, Sofi Olloyor she’riy nutqning imkoniyat va ta’sirini teran tushungan, unga hos boyliklardan oʻz ijodida mohirlik bilan foydalana olgan iste’dod sohibidir. Shoir talqicha, soʻz mulki ma’no hazinasining kalitidir. Undan oʻta noziklik , e’tibor bilan foydalanish har bir komil inson uchun hayotiy zarurat hisoblanadi. Biz Soʻfi Olloyor ijodida uning e’tiqodga toʻla amal qilganini koʻramiz. Shoir oʻz misralariga hayot saboqlaridan kelib chiqqadigan, odamlarga kuchli ta’sir koʻrsata oladigan, ularni fikrlashga, oʻylab ish tutishga undaydigan ma’nolarni, badiiylikni singdira oladi.
Shoir bu boradagi har bir pandini noyob hayotiy-badiiy tashbehlar orqali tushuntirishga intiladi:
Kulub mehmon qoshigʻa chiqqan ey qul
Shajar mevadin oldin koʻrsatur gul.
Mehmon kutar ekansan, avval unga peshvoz chiqib, tabassum hadya et. Zotan, tabiatdan oʻrnak oladigan boʻlsak, daraxt ham meva berishdan avval gul ochadi. Mehmonni noz-u nematlar bilan siylashdan avval unga tabassum hadya etish kerak.
U xushmuomalalikga doir yana shunday hikmatni keltiradi:
Yomon til shumligʻi-ki, jonga urgʻay,
Gahe jondin oʻtab imongʻa urgʻay.
Musulmon oʻgʻligʻa yaxshi qiliq qil,
Tilingni xush, chiroyingni iliq qil.
Soʻfi Olloyarda bunday hikmatomuz shoh baytlar juda koʻpdur. Ular sharqona insonparvarlik va qadriyatlarning goʻzal ifodalaridir.
Asarda, ayniqsa, tilimizda shaklan oʻxshash, lekin koʻp ma’nolarni anglatuvchi tajnis-omonim soʻzlar juda koʻp ishlatiladi.U koʻp ma’noli tajnis soʻzlardan nihoyatda ustalik bilan foydalangan ijodkordir.Dilozorlik bayonida:
Dema, harfiki boʻlsa be’mani,
Agar til zaharlik boʻlsa til ani.
Eshitmak naf’i yoʻq soz, ey, neku zot,
Ani ham goʻsha olma goʻsha chiq, yot.
Bu tunda tut butun iymonimizni,
Sabo qutqar bu tundin jonimizni
Yigirma jifa koʻp yigʻlamoqqa yil, oy,
Boʻlay deb boy bisoting bermagil boy.
Qoʻnoqmiz bir kecha dunyoi hecha,
Na ishlar kechadir bizdan bu kecha.
Do'stlaringiz bilan baham: |