Kitobni sev, unga do`st tutin



Download 11,02 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi11,02 Kb.
#398253
Bog'liq
Yusupboeva Yasmina Xorazm viloyati Xonqa tumani 34 son 4 a sinf


Kitobni sev , unga do`st tutin

Kitob dunyoda eng yaqin do`stimizdir .Kitob –bu dunyo mavjudodlari sirlari yashiringan olam.Kitob –bu misli oftob , quyosh kabi umr yo`limizni yoritguvchi ziyo nuridir. Kitob o`qishni odat qilmagan oila –ma`naviy qashshoq oiladir degan edi donolarimizdan biri . Ha judayam to`g`ri aytishgan.Qadimda ota-bobolarimiz kitobni qo’llariga olganda, avval o’pib, ko’zlariga surtganlar. Keyin ochib, o’qiganlar. Bu ularning “Bizga bilim berding, seni ko’z qorachig’idek asraymiz”, degan e’tirofi bo’lgan. Ajdodlarimiz kitobni muqaddas boylik deb bilganlar.Rivoyat qilishlaricha :-“O'tgan zamonda bir podsho vaziru ulamolarini yoniga chaqirib ularga "Dunyoda eng zo'r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?" - degan savolni beribdi. Ulamolarning biri qilich desa, ikkinchisi hamma narsadan xabar beruvchi narsa - oynai jahon, debdi. - Uch kun muhlat beraman, - debdi ulamolarining javobidan darg'azab podsho. Qo'shni podsholikda ta'rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Vazir podshoning savoliga shu donishmand javob bera olishiga aqli yetibdi va uni izlab topibdi. Unga podshoning savolini aytibdi. Donishmand hech ikkilanmay: "Kitob. Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa bilimdir", - debdi. Donishmandning vazirga bergan javobi podshoga ma'qul tushibdi.Podshoh donishmandni qimmatbaho sovg`alar bilan siylabdi.”Qissadan hissa shuki aziz do`stlarim juda to`g`ri aytishdi “Kitob- bu inson orqali ko`riladigan dunyodir”,”Kitoblar insoniyat fikru- durdonalarini to`plab avlodlarga yetkazadi”. ‘’Kitob bilim manbai .‘’Kitob - sehrli olam’’. Unga bir sho'ng'isang, qachon chiqib ketishingni bilmaysan. Inson kitob bilan do'st tutinar ekan, u hech qachon to'g'ri yo'Idan adashmaydi. Kitob tufayligina inson olamga boshqacha ko'z bilan boqadi.Har bir insonning o'z sevimli kitobi va yozuvchisi bo’ladi.



Kitob saodat topish uchun o'qilmaydi. Uning o' zi bir soadatdir .Kitob - xazina.Bilim - boylik.

-Barcha mavjudotlar ichida eng oliysi inson. U o’z odobi va ilmi, go’zal qalbi hamda mehnati bilan sharaf sohibidir.

- Biz tarixan ulkan madaniyatga ega xalqning bilimi kuchli ma’naviyati yuksak avlodimiz. Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho' Ipon kabi go'zal qalb sohiblari, aziz kitobxonlar vakilimiz.

“Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql -idrokning, ilmu- donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir", - degan edi buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur.

- Kitob sehrgar. U dunyoni qayta qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining ustuni. Kitobsiz olam yovvoyilar olamidir. Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do'stlardir. Hayotda bizning aqlli bo'lishimizga beminnat xizmat qiladigan ulug' ustoz kitobdir.

Tib ilmining buyuk namoyandasi Ibn Sino bobomiz butun umri davomi-da ijod, ilmu tadqiqot bilan shug'ullanib, 276 ta kitob yozib qoldirgan. Uning kitoblari asosan ilmiy-tahliliy asarlardir. Hajmi ham zamonaviy ilmiy-ommabop kitoblardan bir necha barobar katta bo'Igan. Birgina «Ash-shifo» kitobining o'zi 18 jildni tashkil etgan.

Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan qo'lyozma dunyodagi eng qadimiy kitob hisoblanadi. Hikmatlar yig'indisidan iborat bu kitob, qadimda Misrning Fiva shahrida eramizdan 2600 yil muqaddam topilgan.

Nyu-Yorkdagi muzeylardan birida bo'yi 3 metr, qalinligi 1 metr, og'irligi esa 125 kg keladigan dunyodagi eng katta kitob saqlanmoqda.

"Tib qonunlari" kitobi XII-XVI asrlar oralig'ida 40 marta qayta nashr qilingan. Bu kitobga hozir ham ehtiyoj katta.

Eng ko'p jildli kitob "Fransuz ensikldopediyasi" bo'lib, u 1200 jilddan iborat.

Londondagi birinchi xalq kutubxonasining asoschisi S.Fenkorning talabi bilan kitob varaqlarini buklagan kishilarga nisbatan jazo chorasi qo'Ilanilgan. Qonunga ko'ra, aybdorlar 7 yil qamoqqa hukm qilingan.

Markaziy Osiyo xalqlari kitobni qadim-qadimdan e'zozlab kelganlar. Ushbu hududdagi dastlabki kutubxona eramizning 11 asrida Xorazmda faoliyat ko'rsatgan.

Aziz do`stlarim! Ko'rdingizmi yer yuzidagi ko'plab insonlar kitobni sevib, o'zlariga yaqin do'st bilib, e'zozlar ekanlar. Shunday ekan, siz ham bilimlar xazinasi bo'lgan kitobga mehr qo'ying uni asrab avaylang.Kitob dunyoga eshik ochadi ,til ,el,o`rgatadi.Turfa xil millatlarning urf odatlari ma`naviyati ,madaniyati,yashash sharoitlari,tarixi ,ilm –fan taraqqiyoti haqida bizga ma`lumotlar beradi .Uyimizda o`tirgan holatda boshqa davlat yozuvchilari ertaklari,xalq og`zaki ijodi ,hikoyalari,rivoyatlari,romanlari, asarlari bilan tanishishimiz, ularning urf –odatlarini bilib olishimiz mumkin .Demak biz o`zimizga kerakli ma`lumotlarni kitoblardan topa olamiz.Kitob bizni so`z boyligimizni , nutqimizni , tasavvurlarimizni kengaytiribgina qolmay,xotiramizni ham mustahkamlaydi. O'qib o'rganayotgan kitoblarimizni ko'z qorachig'idek asrab, avaylab saqlaylik. Bu kitoblardan kelajak avlodlar ham foydalansinlar.

-Biz, yoshlar bilimli bo'lib o'sishimiz, ma'nan barkamol bo'lib voyaga yetishimiz lozim . Biz Yurtboshimiz orzu qilganlaridek Vatanimizga munosib farzandlar bo'lib kamol topishimizda ilmga kon kitobning o'rni beqiyosdir. Aziz do`stlarim bilim manbai bo'Imish kitob haqida juda ko'p ma'lumotlarni bilib oldingiz deb o`ylayman. Sizlarga qarata yana aytar so'zim shuki: Kitobni seving, butun umr u bilan do'st bo'lib qoling. U insonni saodat sari eltuvchi mayoqdir.
Download 11,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish