Muhim ahamiyat kasb etgan



Download 18,91 Kb.
bet1/2
Sana18.05.2023
Hajmi18,91 Kb.
#940499
  1   2
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi a


muhim ahamiyat kasb etgan.


2. 5. Ritorik so‟roq


Ritorik so‘roq gap so‘roq gapning turli-tuman ma‘nolarini, his- tuyg‘ularni va so‘zlovchining voqelikka turlicha munosabatini ifodalaydi. Ritorik so‘roq gaplarning mazmunidan tasdiq, xabar mazmuni anglashib turadi, shu sababli ritorik gaplar adabiy tilda emotsional ma‘nolarni ifodalash uchun stilistik vosita bo‘ladi.
Ayrim ritorik soroq gaplardan so‘ng unga javob bo‘la oladigan gaplar ham keladi. Bunday gaplar ritorik so‘roq gaplarga aynan javob tarzida bo‘lmasa-da, mazmunan ularning yakuni ekanligi bilinib turadi. Masalan:
Menga senday bo‗la olur kim? Sen hayotim, seni ko‗rarkan, Dilda behad jo‗shadi mehrim
Badiiy asarlarda yozuvchilar o‘z badiiy niyatini kitobxonga yetkazish
maqsadida ritorik so‘roq gaplardan ketma-ket ravishda foydalanadilar. Masalan:

Nega sevmay, erkalab o‗pmay, Nechun demay uni hayotim?


Nega demay ko‗zimning nuri, So‗zlaganda qandim, novvotim? (Farzand)
Misollar tahlilidan nega olmoshli so‗roq-inkor xarakteridagi gapning ichki
tuzilishida darak-tasdiq axboroti ifodalanishi mumkinligi ham ayon bo‗ldi.
Ritorik so‗roq gap tarkibidagi nima olmoshi darak-tasdiq xarakteridagi yashirin axborotda hamma narsa leksik birligiga muvofiq kelishi mumkinligi ham kuzatiladi. Masalan:
U bor yerda qayg‗u va hasrat Hayotingga begona ekan.
Qani ayting, farzanddan qimmat Bu dunyoda nima bor ekan?

O... farzandim, ko‗zim nurisan,
So‘roq gaplarning ikkinchi guruhida so‘zlovchi uchun uni qiziqtirgan fikrning biror elementi noma‘lum bo‘ladi. So‘zlovchi harakatini bajaruvchi shaxsni belgisi, o‘rni, payti, sababi, maqsadini bilishni istaydi. Bu vaqtda so‘zlovchi uchun noma‘lum bo‘lgan narsaning nomi gapda atalmasdan, unga ishora qilinadi, gap tarkibida so‘roq olmoshlari kiritiladi:
Yashash sening haqqing dedim, Kechir, qoldim g‗aflatda.
Yo‗q edi-ku bo‗lmoq mahrum
Bizning ilk munis ahdda? (Kechir qoldim g‘aflatda.)
Badiiy adabiyotda nutq ta‘sirchanligini oshirish uchun ritorik so‘roq gaplardan keng foydalaniladi. Zulfiya she‘rlarida ham lirik qahramonlarning o‘ziga xos nutqlarini ochib berish uchun so‘roq gaplar keng qo‘llanilgan:
Lekin qolganimda qalbim-la tanho, Tuyg‗ular zoriga solganda quloq, O‗zni zaif, chanqoq sezganda goho, Alamdan beraman javobsiz so‗roq:
Tirik ekan nega tashlab ketmading?(Sensiz.)
Nahot umrimdagi sahargi zavqlar Tark etib izlayman sahardan najot? Birday emasmidi yil, fasl, vaqtlar,
Nedir o‗tib, nedir kelmaydi, nahot? (Sahar men bilan.)
So‘roq olmoshlari yordamida ham so‘roq gaplar tuzilgan gaplar asarda ko‘plab uchraydigan shaxs va narsalar haqida fikr yuritilganda kim, nima olmoshlari qo‘llaniladi.
Bugun senga to‗lmish yetmish yosh, Yarmi bizdan qaylarda kechdi?
O‗ttiz besh bor gul ochib qiyg‗och,
O‗ttiz besh bor o‗riklar pishdi.(O‘riklar gullar.)
So‘roq gaplarning hamma turida o‘ziga xos intonatsiya bo‘ladi. Bu intonatsiya darak, undov, gaplarning intonatsiyasidan tamoman farqlanib turadi. Odatda, so‘roq gaplarda biror narsa, yoki uning belgisi, harakatining bajarilish o‘rni, payti, holati, sababi, maqsadi so‘raladi.
So‘roq gaplarni tuzishda xizmat qilgan vositalar ayrim so‘roq gaplarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bu xil so‘roq gap so‘roq intonatsiyasi yordami bilan tuzuladi.
Baxtiyor sevgini kuylardi sozim, O‗lim xanjariga tegdi-yu sindi. Hijron faryodiday sovuq ovozim, Nahot, lirikaning yolqini tindi?
– mi so‘roq yuklamasi hosil qilingan ritorik so‘roq gaplar qahramon ichki
kechinmalarini ifodalaydi:
Faqat dilga oshno bo‗lgan ajoyib damlar, Tuyg‗ularning zid xohishi berganda alam, Ko‗kraklarni to‗ldirganda orom va ozor Baxtsizmidik? Nahot unut bo‗lar o‗sha dam?
Ritorik so‘roq gaplarda turli ma‘nolar: kinoya, takid, norozilik, achinish,
tanbeh, sevinch, kesatish kabilar ifodalanadi. Biz buni yuqoridagi ritorik so‘roq gaplar orqali ko‘rib chiqdik.
Bundan tashqari, so‘roq gaplar so‘roq yo‘li bilan bildirilgan hayrat, taajjub, hayajon, buyruq, gumon kabi ma‘nolarni ham ifodalashi mumkin.

  1. Norozilik manosi:

«Qani men kelganda kulib qarshilab, Qo‗shig‗i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so‗roqlab» Meni she‘rga o‗rab suqlanib boqqan?
O‗rik gullariga to‗nmaydi nega, Yelda hilpiratib jingala sochin? Nega men keltirgan sho‗x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin? (Bahor keldi seni so‘rog‘lab.)

  1. Hayratlanish ma‘nosi: Bolaning har dardi — tanning og‗rig‗i, Unga tikan kirsa og‗rig‗i sanda.

Oh, onam! Ayting-chi, ona borlig‗i Xuddi shundaymidi yaralgan ondan?
Keltirilgan birinchi misolda xavotir, ikkinchi misolda hayajon, uchinchi
misolda esa achinish kabi ma‘nolar ifodalangan.
Badiiy adabiyotda nutqning ta‘sirchanligini oshirish uchun so‘zlovchining o‘ziga o‘zi savol berish usulidan keng foydalaniladi:
Nahot shuncha ma‘sum, shunday pok Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok, Tamoman lol aql, tushuncha. Tog‗day bor deb bilgan yuragim Qush boshicha qolmadi chog‗i? G‗amni yengarman degan sarim
Yana ortar alami, dog‗i (Ne baloga etding mubtalo?)
Ba‘zan so‘roq gaplar javobi bilan shunday birikib ketadiki, ularni so‘roq va javobga ajratish sun‘iylikka olib keladi. Masalan:
Biz yig‗ladik tepangda shu kun, Keldingmi, deb ko‗tarmading bosh. Ayt-chi, sen-la baxtiyor onlar, Ko‗rganmiding ko‗zimda bir yosh?
Bunday so‘roq gaplar badiiy nutqda juda ko‘p uchraydi. Ular fikrning aniq
va ta‘sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Ushbu so‘roq gap o‘z javobi bilan birikib ketgan va unda ham g‘azab, ham qo‘rquv, ham ta‘kid ma‘nolari uyg‘unlashib keladi.
Ko‘rinib turibdiki, so‘roq gaplarning, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplarning badiiy asarning emotsional-ekspressivligini oshirishdagi roli beqiyosdir. Iste‘dodli
shoira Zulfiya o‘z she‘rlarida ritorik so‘roqdan unumli foydalana olgan. Shoira she‘rlaridagi ritorik so‘roqlar lirik qahramonning ichki kechinmalari-shodligi, iztiroblari; biron vaziyatga munosabati-norozilik, afsuslanish, hayratlanish kabilarni ifodalashga yordam bergan.

Xulosa


Malumki, badiiy nutq kommunikativ va shu bilan birga, estetik vazifani bajaradi. Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajralib turadigan belgisi uning estetik vazifasi, obrazliligi va ekspressivligidir. Bu narsa uning sintaktik qobig‘ini ham belgilaydi. Bunda umumxalq tilining boy sintaktik imkoniyatlaridan foydalanishning o‘rni va ahamiyati muhimdir.
Badiiy asar tilining badiiy - estetik funksiyalarini tilshunoslik aspektida o‘rganish muayyan asar yaratilgan davr tilining o‘ziga xosligi, yozuvchining so‘z boyligi, til vositalaridan foydalanish usullarini, demakki, ―Xalqning ruhi‖ bo‘lgan tilga ijtimoiy ta‘sirlarini tahlil qilish bilan chanbarchas bog‘liq.
Ijodkorning individual uslubini o‘rganish murakkab jarayon bo‘lib, u ham adabiy, ham lingvistik tahlil imkoniyatlarini o‘zida mujjassamlashtiradi va shu tarzda shoir yoki yozuvchi ijodiy tafakkurining o‘ziga xos jihatlarini yuzaga chiqaradi.
Shoira Zulfiya o‘z she‘rlarida badiiylik, hayotiylikni yuzaga chiqarish uchun uslubiy vositalardan biri bo‘lgan antitezadan ham unumli foydalangan.
Antiteza badiiy adabiyotga ma‘lum bir stilistik vazifani bajarish uchun
xizmat qiladigan murakkab stilistik vositadi Antiteza badiiy adabiyotga va notiqlik sa‘natiga aktiv qo‘llanadigan sintaktik-stilistik vosita hisoblanib, unda bir- biriga zid qo‘yiladigan tushunchalar, fikrlar qarama-qarshi qo‘yilishi natijasida nutqning ta‘sirchanligi ortadi, bayon qilinayotgan fikrga nisbatan tinglovchining qiziqishi kuchayadi.
Badiiy nutqda eng ko'p ishlatiladigan stilistik vositalardan biri takrordir. Takror badiiy adabiyotda keng tarqalgan, eng qadimiy stilistik ifoda bo'lib, so'z ustalari undan tasvir etayotgan obyektga bo'lgan sub‘yektiv munosabatlarni ifodalash, unga baho berish, tinglovchi yoki o'quvchining diqqatini tortish maqsadida foydalanganlar.
Takrorning vazifasi muallif nutqini ta'sirchan etish, fikrni konkretlashtirish va eng muhimi, unga tinglovchi yoki o'quvchini ishontirish kabi xususiyatlarni
ifodalashdan iborat.
Sintaktik takror hodisasining yuzaga chiqishi uchun ikki yoki undan ortiq bir tipdagi sintaktik konstruksiyalar parallel holatda qo'llanishi shart. Bunday konstruksiyalarni intonatsion xususiyatlari jihatdan ham bir xarakterga ega bo'ladi. Sintaktik takror semantik-stilistik kategoriya sifatida keng ma'nodagi hodisa bo'lib, u tor-yakka ma'nodagi takror hodisalarning quydagi turlarini o'z ichiga oladi.

  1. Gap bo'laklari takrori - bo'lakli takror.

  2. Soz birikmalari takrori - birikmali takror.

  3. Gap takrori -- predikativ takror.

Sintaktik parallelizm badiiy nutqda keng tarqalgan uslubiy vosita bo‘lib, undan tasvir etilayotgan ob‘yektga so‘zlovchining diqqatini qayta tortish maqsadida foydalaniladi. Sintaktik parallelizmda strukturasi bir xil bo‘lgan ukki yoki undan ortiq gap ketma-ket keladi. Bunday gaplarning bo‘laklari ham, shakli ham bir xil bo‘ladi. Bu sintaktik simmetriya hosil qilib ifodalilikni oshiradi.
Sintaktik parallelizm asosan poetik nutq mahsuli bo‘lib, ifodali nutq vositasi sifatida qo‘llanuvchi maxsus usul hisoblanadi. Shoira Zulfiya ham o‘z she‘rlarida sintaktik parallelizmdan ifodaiylikni oshirish, ta‘sirchanlikni kuchaytirish maqsadida keng foydalangan
Fikrni to'g'ri va ta'sirchan ifodalanganda sintaktik sinonimiya imkoniyatidan keng foydalaniladi. Sintaktik sinonimiya nutq uslublarini farqlashda muhim uslubiy vositadir. Tushuncha yoki fikrning u yoki bu ifoda varianti nuyq uslubining ma'lum turi uchun tipik bo'lsa, boshqasi uchun tipik bo'lmasligi mumkin. Sintaktik sinonimiya konnonativ, bir xil ma'noli sintaktik birliklardir.
Ko‘rinadiki, shoira Zulfiya she‘rlarida sintaktik sinonimlarda ham keng foydalangan. Sinonimlar lirik qahramon holatini, ichki kechinmalarini yoritishga yordam bergan. Shuningdek, sinonimlar ta‘sirchanlikni, ifodaviylikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Ritorik so‘roq gap so‘roq gapning turli-tuman ma‘nolarini, his- tuyg‘ularni va so‘zlovchining voqelikka turlicha munosabatini ifodalaydi. Ritorik so‘roq
gaplarning mazmunidan tasdiq, xabar mazmuni anglashib turadi, shu sababli ritorik gaplar adabiy tilda emotsional ma‘nolarni ifodalash uchun stilistik vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, so‘roq gaplarning, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplarning badiiy asarning emotsional-ekspressivligini oshirishdagi roli beqiyosdir. Iste‘dodli shoira Zulfiya o‘z she‘rlarida ritorik so‘roqdan unumli foydalana olgan. Shoira she‘rlaridagi ritorik so‘roqlar lirik qahramonning ichki kechinmalari-shodligi, iztiroblari; biron vaziyatga munosabati-norozilik, afsuslanish, hayratlanish kabilarni ifodalashga yordam bergan.
Ko‘rinadiki, xalqimizning suyukli farzandi shoira Zulfiya she‘rlari o‘zining serqirraligi, obrazlilikning kuchliligi, badiiy til vositalaridan keng foydlanilganligi bilan ajralib turadi. Shoira uslubiy vositalar-sintaktik takror, antiteza, sintaktik parallelism, sintaktik sinonimiya, ritorik so‘roqdan mahorat bilan foydalangan. Ular vositasida tasvir ta‘sirchanligini oshirishga erishgan.

Download 18,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish