Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet24/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Lirikasi. Adabiyotshunos olim Inoyatulla Suvonqulov 1994-yili Soʻfi Olloyorning 80 ga yaqin lirik she’rlarini topdi. Gʻazal, muhammas, ruboiy va tarixlardan iborat she’rlar yaqin yillargacha ilm-ijod ahliga ma’lum emas edi. Bu she’rlar 19-asrning 2-yarmi- 20-asrning boshlarida Gʻallaorolda yashab, ijod etgan shoir Ubaydulla Alamkashda saqalnib qolgan katta bir bayoz tarkibida boʻlgan. Alamkashning oʻzi Soʻfi Olloyorning 18 sufiyona gʻazaliga muhammasalr ham bogʻlagan ekan. “Bayozi Alamkash” deb nomlanishidan bayozni shoirning oʻzi tuzgan. Bu topildiq Soʻfi Olloyor faqat diniy – didaktik asarlar muallifigina emas, shuning bilan birga keng ommaning diqqatini oʻziga torta olgan ist’edodlli lirik shoir ham boʻlganligidan dalolat beradi:
Soʻzi a’lo, fe’li a’lo, koni tamkin-u hayo,
Husni Yusuf, yoshi Yahyo, lutfi Isavorsan..
Soch Suman, gulgun badan, ham lab badaxshon tish yaman,
Shisha koʻngul, guljabin ahr maslahatdin borsan.
Mehri andak ham vafosigʻa jafosu nechaliq,
Feli tojik, zoti oʻzbeklikda turovarsan,
Egri obroʻ, hol xindu, zulf har su mushkboʻ,
Koʻzi jodu, kifrigi otqu, baloraftorsan.
Aytdim, ey, moh, soʻzla zarra, bandani holi taboh,
Gʻamza birla, shukrulloh, dedi: “Ollohyorsan”.
Koʻrinib turibddi- ki, gʻazal ichki musaj’ja qofiyali. Shoirning lirik she’rlarida ham asosan ramziy, majoziy ishq kuylanadi. Ularda tasavvufiy she’rlarda koʻproq qoʻllanuvchi, tagzamini koʻchma ma’noli tashbehlar, badiiy-tasviriy vositalar qoʻllanadi:
Koʻrk uchun tushti ziloli la’la mushkin xatti xol,
Tutti suhbat Xizr ila Kavsar qirgʻogʻinda hilol.
Nargisi masting humori bodadin gulgunmiduroʻ
Yo budurkim-lolazor ichra tushan vahshi gʻizol.
Yorning zilol labi ustiga husn boʻlib tushgan mushkin xatti xoli Kavsar arigʻi boʻyida suhbat tutayotgan Xizr hamda yangi oyni eslatmoqda. Bu baytning oʻzida badiiy san’atlar sintezi mavjud: talmih, yashirin oʻxshatish(tashbehi pushida), musalsal tashbeh qoʻllanilgan. Ikkichi baytda yor yuzi lolazorga qiyoslanadi: koʻzlar esa, boda xumoridan gulgun ekani aytilib, bu qiyos boʻrttirilib, bu koʻzlar yuz, yana lolazor ichida nogahon tushib qolgan ohu- kiyik emasmikan, degan savol qoʻyilgan. Bu oʻrinda bilib-bilmaslikka olish, soʻroq san’atlariga xos goʻzalliklar ham yoʻq emas.
Soʻfi Olloyorning hikmat suvlari bilan yoʻgʻrilgan didaktik she’rlari ham oʻquvchiga ma’rifat bagʻishlay oladi. Uning oʻz afrzandiga nasihat tarzida yozgan she’ri, gʻazallari, ruboiylari shunday. Mana bu gʻazalda ham ohori toʻkilmagan badiiy-tasviriy vositalar, qiyos va oʻxshatishlar ishlatilgan, har bir bayti hikmat darajasida:
Jon chekib, gʻussa yutib, to jigaring qon oʻlmaz,
Maqsading hosil oʻlib, mushkuling oson oʻlmaz.
Boshini dosha urib dona elakdin oʻtmay,
Musht yemay, oʻt ichina solmasalar non oʻlmaz.
Ey yigit, maslahating bilgali bir par kerak,
Bekamon oʻq necha tuzluk bila parron oʻlmaz…
Shoirning: Ey xush ul umre, ki oʻtsa bir necha shaydo bilan, Tanlari xalq ichra boʻlsa dillari olloh bilan bayti ham shoirning ikkala dunyoga-ham foniy, ham boqiy dunyoga umid bilan qaraganligini koʻrsatadi. Bu baytlar Soʻfi Olloyorning Xoja Bahovuddin Naqshband talimotida ilgari surilgan “Dil bayoru dast ba kor” gʻoyalarga oʻxshashdir. Shoirning soʻfiyona-didaktik she`rlari ijtimoiy fikr-gʻoyalardan ham holi emas.
Saltanat birla boʻlub, nafs-u havoni ushlabon,
Har gʻarib-u hastagʻa bedodlik qilmoq arzimas...
Doʻstlar, bu bevafo dunyoda mol-u mulk uchun,
Bir-biringni ogʻritib, noshot qilmoq arzimas.
Mansab-u dunyo uchun ahli hukumat oldida,
Qoʻl qovushtirib turubon, dod qilmoq, arzimas.
Turk-u tojik oʻzbek-u sahroiylarni mol uchun,
Kecha-yu kunduz urub, noshod qilmoq arzimas.
Mazkur baytlarda uch honlik bedodlari hukm surgan davrlardagi ogʻir, kulfatli ahvolga ishora qilinayotgaligi ochiq koʻrinadi.
“ Sabot ul-ojizin” asari. Soʻfi Olloyorning masnaviy ilohiynoma asarlari ichida avval forsiy tilda yaratilgan, keyin oʻzi tomonidan turkiy tilda ham nazm silkiga tushgan “ Sabot ul-ojizin” masnaviysi alohida ahamiyatga egadir. Bu asarida mutaffakir shoir Qur’oni karim oyatlarini, Hadisi sharif hikmatlarini, musulmon ummati uchun farz va sunnat boʻlgan ahloq normalarini masnaviy shaklida ifodalagan. Shu tariqa, sabotga muhtoj ojizlarga toʻgʻri yoʻlni-najot yoʻlini koʻrsatib bergan. Asarda insof-u adolat, tenglik ulugʻlanadi, zulm va shafqatsizlik, xudbinlik, nopoklik, nafs-havoga berilish shariat nomidan qoralanadi, mehr-muruvvat, pokkoʻngillik, himmat va sahovat, xilvat va uzlat gashti, shirin tillilik, kamtarlik fazilatlari madh etiladi.
Ularning ta’rif va tavsiflari uchun diniy muqaddas kitoblardan qanchadan-qancha hikoyalar, rivoyatlar, naqllar, ma’vizalar keltiriladi. Pirning shogirdlarga ma’vizalari, talab va nasihatlari, pir va shogird munosabatlari asar kompozitsion qilishini tahkil qiladi.
“Sabot ul-ojizin” asari shoir yashagan zamondan boshlaboq musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan, maktab va madrasalarda oʻqitilgan. Matbaa paydo boʻlgach, Qozonda, Bokuda, Toshkentda, Xivada qayta-qayta bosilib chiqgan.
“Sabot ul-ojizin” ni oʻziga hos ilohiynoma, din shariat ahkomlaridan bahs etuvchi axloq va pand - nasihat kitobi deyish mumkin. U inson ma’naviy-ruhiy sabotini ulugʻlovchi, inson aql va sabotga tayanganda har qanday oshiqlik kuch va matonatga aylanishini tasdiqlovchi asardir. Bu asarga sharhlar yozilgan. Shunday tafsirsharhlardn biri Rusiyaning bulgʻor qavmidan boʻlgan Tojuddin Yochigʻil qalamiga mansubdir.
1796- 1797-yili yozilgan bu risola 19-asrdayoq Qozon va Istanbulda nashr etilgan. Unda “Sabot ul-ojizin”dagi har bir masnaviy baytning mazmuni, soda sharhi berilgan. Risolada islom dunyosining ba’zi buyuk kishilari haqida lavhalar, hikoyalar, qissalar ham keltiriladi.
Shunday sharhlardan yana biri Ubaydulloh ibn Islomquli qalamiga mansub “Sharhi sufiya” kitobidir. Unda ham Soʻfi Olloyor merosiga oid ilohiy jihatlarning magʻzini, mohiyatini anglab olishga taaluqli jihatlari mavjud. Soʻfi Olloyor “Sabot ul-ojizin”ni yaratishda ikki buyuk chashmadan oziq oldi. Birinchisi, islom ta’limoti va uning muqaddas kitobi Qur’ondagi ezgulik, hadislar, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom, boshqa din tasavvuf namoyondalarining ibratli hayot yoʻli. Ikkinchisi, adabiy an’anlar boʻlib, islom ta’limoti va uning maqsad-mohiyatini targʻib qilgan badiiy asarlar. Bu oʻrinda, ayniqsa, Sulton-ul-orifin shayx Ahmad Yassaviy,Sulaymon Boqirgʻoniy , Nosiriddin Rabgʻuziy, Navoiy, Bobur asrlarining ta’siri sezilarlidir.
Mullifning oʻzi ham “Sabot ul-ojizin” islom dini asarlarini oʻrgatuvchi eng muhim fan boʻlgan aqoid masalalarining turkiydagi sharhi ekanini ta’kidlaydi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish