Boshimni kesib olgʻil-u xushhol boʻlib ket,
Qonimni toʻkib, lolayi sahro qilayin deb.
Oshiqning sadoqati, muhabbati, ma’shuqaga ishonchi shunchalikki, u jonini omon saqlash haqida orzu ham qilmaydi. Uning uchun ishq yulida qurbon boʻlmoq- saodatga erishmoq bilan teng. Ma’shuqaning bu xil keng qamrovli mazmunga egaligi shoirning boshqa she’rlarida ham uchraydi. Masalan, bu holni uning mashhur she’rlaridan boʻlgan:
Malakdosh yo bashar, yo hur-u gʻilmonsan, bilib boʻlmas.
Bu lutf-u, bu nazokat birla sendin qayrilib boʻlmas.
Matla’li gazalida ham koʻrish mumkin.Oshiq yorning «malak» (farishta) yo «bashar» (odam) yoki xur-gʻilmon (jannat qizlari va xizmatkorlari)ekanini bilolmay ajablanadi. Negaki, ma’shuqa- er yuzidagi odamlarga aslo oʻxshamaydigan darajada goʻzal. Bu ajablanishlarni vahdati vujudning gʻaroyibotlaridan hayratga tushish deb izohlash ham mumkin.
Muallif, iloji boricha, oʻz holatiga ham sirli tuz beradi. Oʻzining boshqalarga oʻxshamasligini, ahvolini hech kim anglay olmasligini uqtirib turadi, «ishq»ining betakrorligiga qayta-qayta ishontirmoqchi boʻladi.
Mutasavvuf shoir gʻazallarning birida Mashrab ochiq-oydin qilib:
Ma’rifat bozorining devonasi, Bul haqiqat ishqining mayxonasi
degandi. Mashrabning oʻziga soʻfiy shoirlaridan farqi shundaki, ular oʻzlarining mutasavvufliklarini u qadar koʻz- koʻz etmagan boʻlsalar, Mashrabda bu tuygʻu jununvash koʻrinish oladi. U allohga boʻlgan muhabbatini yashirib oʻtirmaydi, uni otashin satrlarda oshkora kuylaydi, tasvirda ham pardali ifodalardan koʻra tuygʻular junbushini berishni xush koʻradi:
Oh urib chiqsa, jahonni kuydirar,
Oshiq ahlin ziynat-u sarmoyasi.
Ikki dunyoni koʻzimga ilmadim,
Menki ul diydorning hayronasi.
Shoirning fikrini shunchaki aytish bilan kifoyalanmaydi, balki holatning suvratini ham chizishga urinadi.
Mayxonaga kirdim, bila qoldim kuyarimni,
Masjidga kirib, zoxidi yaxdek qota qoldim.
Ma’lumki, may va mayxona tasavvufiy she’rlarda tez-tez uchraydigan timsollardan. May- alloh vasliga erishish, u bilan birlashish vositasi.
«Yorning jamoli shunchalar oʻtliki, oshiqni yondiradi. Oshiqning mayxonaga kirganda «kuyishi» shundan. Masjid-chi? Mashrab-oshiq. U shariat qoidalariga amal qilish, zohid singari uzlatga chekinish bilan maqsadiga erishmoqchi emas. Bu tadbirlar uni, aksincha, maqsadidan uzoqlashtirishi mumkin. Shuning uchun «zohidi zax», deb ataydi. Oshiqning «masjidga kirib, zohidi zaxdek qota qolishi» ahlida uning dunyoga kelib, «bilmay bota qolgan» «loy»laridan edi. Shuning uchun ham keyingi baytga e’tibor qilsak, shoir zohid bilan boshqacha kurashadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |